“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2021, 15:20
ЎЗO‘Z

Eldor Shomurodov Joze Mourino qo‘l ostidagi «Roma»ga o‘tadi

29 iyul, 00:55 3 264 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eldor Shomurodov Joze Mourino qo‘l ostidagi «Roma»ga o‘tadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodov «Roma»ga o‘tishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda jurnalist Janluki di Marsio.

Ta’kidlanishicha, rimliklar 26 yoshli futbolchi uchun «Jenoa»ga 15 million yevro taklif qilgan. Biroq genuyaliklar Shomurodov uchun ko‘proq pul olishni istamoqda. Shuningdek, «Roma» Eldorni sotib olish majburiyati bilan ijaraga olishi ham mumkin.

Bundan tashqari, ushbu ma’lumotni Rossiyaning «RBK» nashri manbalari ham tasdiqlagan.
«Tomonlar transferlar masalasida bir qarorga kelgan. Shu kunlarda futbolchining aniq transfer narxi bo‘yicha yakuniy muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda. Majburiy sotib olish huquqi bilan ijara shartnomasi tuziladi. Ijara narxi rimliklarga 2,5 million yevroga tushadi. Keyingi transfer 16 million yevrodan oshadi», — degan «RBK» nashri manbasi.

Nashrning boshqa bir manbasi esa agar futbolchi yutuqlarga (o‘yinlar va gollar) erishadigan bo‘lsa, transfer summasi 19—21 million yevroni tashkil qilishini ma’lum qilgan.

Qayd etish joiz, avval ham «Roma»dan Shomurodovga qiziqish bo‘lgani va buni Mourinoning shaxsan o‘zi istayotgani haqida xabarlar yangragandi. Biroq futbolchining agentlari bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi haqida ma’lum qilgandi. 2020 yilning yanvar oyida Eldorga «Yuventus»dan qiziqish bo‘lgandi. Avvalroq «Jenoa» bosh murabbiyi Davide Ballardini rahbariyatga 26 yoshli futbolchini sotishni taqiqlagani haqida xabar qilingandi.

O‘zbekistonlik hujumchi 2020/21 yilgi mavsum A Seriyada 31 o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol muallifiga aylangandi.



Mavzuga oid yangiliklar
  • Italiya nashri: Eldor Shomurodov borasida ancha jiddiy taklif bor 23 iyul, 19:56
  • «Yuventus» Shomurodov borasida «Jenoa» bilan bog‘landi 25 iyun, 10:51
  • Eldor Shomurodov «Jenoa»dagi muvaffaqiyatli start haqida: «Men endigina yo‘lning boshidaman» 16 yanv, 21:50
  • Messi yanvarda yangi jamoaga o‘tishi kutilyapti 20 okt, 10:00
  • Shomurodov hamon «Gent»ning asosiy transfer maqsadi bo‘lib turibdi 23 avg, 23:30
  • Tojikiston terma jamoasi a’zosi yangi mavsumni "Nasaf"da boshlashi mumkin 04 yanv, 23:02
  • So'nggi yangiliklar
  • "Men faqat "Nasaf" haqida o‘ylamoqdaman" - Marko Stanoyevich final oldidan 04 dek, 14:55 0
  • Fakt! Cheran maydonga tushmagan o‘yinlarda "Paxtakor" g‘alaba qozonmagan 04 dek, 14:33 2
  • “Roma” Shomurodovdan kamroq yugurishni talab qilyapti! 04 dek, 14:04 3
  • O‘zbekistonda sement narxi arzonlashishi kutilmoqda 04 dek, 13:37 53
  • Belarus tez orada G‘arbga qarshi javob sanksiyalari e’lon qiladi 04 dek, 13:07 99
  • Ringda raqiblar, sudda esa hukumat bilan kurashgan, sport tarixidagi eng buyuk shaxs — Muhammad Ali 04 dek, 12:30 146
  • Idish-tovoq yuvadigan gubkadan unumli foydalanishning 11 usuli 04 dek, 12:00 168
  • Saakashvili davlat pulini o‘zlashtirganlik bo‘yicha sud qilinmoqda 04 dek, 11:27 197
  • 5 dekabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi 04 dek, 10:57 224
  • «Yangi O‘zbekiston islohotchisi» ko‘krak nishoni ta’sis etiladi 04 dek, 10:30 189
  • Moskvada o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi 04 dek, 10:15 355
  • Rossiyada shaxsiy avtomobillardan foydalanishda cheklov o‘rnatiladi 04 dek, 10:11 270
  • Bo‘limlar