“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 13:56
ЎЗO‘Z

Buxoroda yo‘lni to‘sgan ayollarga jazo tayinlandi

16 iyul, 23:00 4 983 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxoroda yo‘lni to‘sgan ayollarga jazo tayinlandi
Foto: IIV
Ijtimoiy tarmoqlarda «Buxoroning G‘ijduvon tumanida ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ygani aytilmoqda» sarlavhasi ostida tarqatilgan videolavha yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Qayd etilishicha, ushbu videolavha Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilganda aniqlanishicha, G‘ijduvon tumani Chorsu mahallasida yashovchi 1978 yilda tug‘ilgan I.M. tumanning Qo‘rg‘on mahallasi hududida 90 o‘ringa mo‘ljallangan xususiy maktabgacha ta’lim muassasasini Buxoro viloyati Ipoteka bankidan olgan 1 milliard 275 million so‘m kredit mablag‘lari hisobiga 2018 yilning 31 dekabr kuniga qadar qurib, o‘z faoliyatini boshlashi kerak bo‘lgan.

Biroq, I.M. ismli tadbirkor ayol o‘zboshimchalik bilan quvvatni oshirib, 90 o‘rinli muassasa o‘rniga 150 o‘ringa mo‘ljallangan binoni qurgan. Bundan tashqari, tadbirkor bankdan qo‘shimcha ravishda 21 foizli 300 million so‘m kredit mablag‘larini ham olgan.

Hozirgi kunda katta miqdordagi qarzdorligi bo‘la turib, har oylik foiz to‘lovlarini to‘lay olmayotgan bo‘lishiga qaramasdan, u yana bankdan yirik miqdorda kredit so‘rab, bank tomonidan unga ishonchsizlik bildirilib kredit mablag‘lari ajratilmayotganligi sababli, tuman hokimligiga kredit mablag‘larining to‘lab berilishi to‘g‘risida noqonuniy talab qo‘yib, joriy yilning 15 iyul kuni o‘ziga tanish bo‘lgan fuqarolar bilan birga xalqaro ahamiyatdagi M-37 avtomobil yo‘lining qatnov qismiga chiqib, yo‘lni to‘sib qo‘ygan.

Ushbu holat yuzasidan I.M. va uning sheriklariga nisbatan G‘ijduvon tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudining 16 iyul kunidagi qarori bilan I.M. va uning 6 nafar sheriklari O‘zbekiston Respublikasi MJtK.ning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 201-moddasi (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ma’muriy javobgarlikka tortildilar.

Jumladan, huquqbuzarlik tashkilotchisi fuqaro I.M. ga nisbatan 11 sutka, uning sherigi X.A.ga nisbatan 15 sutka, Yo.D. va P.F.larga nisbatan 10 sutka, S.D. va Q.M.larga nisbatan 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan bo‘lsa, ularning yana bir sherigi A.M. ga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida, ya’ni 4.900.000 (to‘rt million to‘qqiz yuz ming) so‘m jarima jazosi tayinlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 1
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 276
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 158
  • So'nggi yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 0
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 1
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 2
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 20
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 33
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 55
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 23
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 275
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 24
  • Bo‘limlar