“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2021, 02:15
ЎЗO‘Z

Putin va Lukashenko besh soatlik muzokara o‘tkazdi

14 iyul, 13:30 1 264 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Putin va Lukashenko besh soatlik muzokara o‘tkazdi
Foto: «TASS»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Muzokaralar Sankt-Peterburg atrofida joylashgan Strelna posyolkasidagi Konstantin saroyida bo‘lib o‘tdi, suhbat besh soat-u 20 daqiqa davom etdi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, muzokaralar davomida tomonlar Rossiya 2022 yilda Belarusga gazni 2021 yilgi narxlarda sotishi to‘g‘risida kelishib oldi, narx indeksatsiya qilinmaydigan bo‘ldi.

Shuningdek, Putin va Lukashenko Rossiya neft sanoatida «soliq manyovri bilan bog‘liq kreditni qo‘llab-quvvatlash miqdorini kelishib oldi», dedi Peskov tafsilotlarga to‘xtalmasdan.

Lukashenko Minsk «qanday yo‘l bilan bo‘lmasin» kredit majburiyatlarini bajarishini va’da qilgan, Putin esa Belarusni «ishonchli va barqaror sherik» deb atagan.

Peskovning ta’kidlashicha, muzokaralar ishtirokchilari G‘arbning Belarusga qarshi sanksiyalari mavzusini muhokama qildi, «bojxona, soliqni tartibga solish, energetika kabi sohalarda ishlash bo‘yicha qadamlarni ishlab chiqdi», shuningdek «xalqaro vaziyat, mintaqaviy muammolar to‘g‘risida atroflicha fikr almashdi».

Kreml veb-saytiga joylashtirilgan muzokaralar qismining stenogrammasidan ma’lum bo‘lishicha, suhbat boshida Lukashenko Minskdan Sankt-Peterburgga «hech bo‘lmaganda bu issiqdan uzoq bo‘laman» degan fikrda tashrif buyurgan. Lekin ushbu shahardagi ob-havo Belarusdagidan farq qilmagan. Putin bunga javoban Sankt-Peterburgda havo harorati 30 darajagacha ko‘tarilganini aytdi, Lukashenko esa Belarusda 36 darajagacha bo‘lganini ta’kidladi.

Bu Aleksandr Lukashenko va Vladimir Putinning 2021 yil boshidan beri to‘rtinchi yuzma-yuz uchrashuvi. Birinchisi fevral oyida Sochida, ikkinchisi aprel oyida Moskvada, uchinchisi may oyida yana Sochida bo‘lib o‘tgandi.



Mavzuga oid yangiliklar
  • Peskov: «Putin Lukashenkodan kechirim so‘ramagan» 28 мая, 18:10
  • Lukashenko "Katta og‘a" bilan uchrashish uchun Moskvaga yo‘l oldi 22 apr, 19:34
  • Putin Lukashenkoga nonushtaga suvda tayyorlangan bo‘tqa taklif qildi 07 fev, 23:30
  • Shavkat Mirziyoyev sovg‘a qilgan supada Putin, Rahmon va Lukashenko suhbatlashdi 01 iyul, 07:09
  • Kreml Belarus bilan «qayta birlashish» rejasini izohladi 02 yanv, 09:39
  • Lukashenko va Putin gaz narxi haqida tortishib qoldi 06 dek, 21:38
  • So'nggi yangiliklar
  • YECHL. Dramatik kechgan bahsda "Zenit" "Chelsi" bilan durang o‘ynadi 09 dek, 01:01 272
  • Said Muxtorov Kamila Gimandinovani zo‘rlashga uringani haqidagi aktrisaning iddaosiga munosabat bildirdi 09 dek, 00:40 349
  • Ravshan Ermatov O‘zbekiston U-18 va olimpiya terma jamoalarining keyingi yil rejalari bilan tanishdi 09 dek, 00:00 352
  • Хonanda Muhammadkarim Soipov 58 yoshida vafot etdi 08 dek, 23:40 366
  • Qudratillo Abduqahhorov: "Amerikada kattaroq nomlar bilan jang qilishni hohlayman" 08 dek, 23:00 424
  • Mourino Shomurodovning raqobatchisini tanladi! 08 dek, 22:30 569
  • O‘zbekiston ayollar terma jamoasiga yaponiyalik murabbiy ustozlik qiladi 08 dek, 22:00 468
  • Denovdagi portlashdan zarar ko‘rgan ob’ektlar soni oshkor qilindi 08 dek, 21:30 496
  • O‘zbekiston elektr energiyasi eng arzon 10 ta davlat qatoriga kirdi 08 dek, 21:05 404
  • Napoleonning to‘pponchalari va qilichi 2,9 million dollarga sotildi 08 dek, 20:35 391
  • Toshkentdagi «Aviasozlar» bozorida iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi 08 dek, 20:08 366
  • AQSH butun dunyodagi jurnalistlar himoyasi uchun mablag‘ ajratadi 08 dek, 19:43 288
  • Bo‘limlar