“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2021, 21:16
ЎЗO‘Z

Tashkilot rahbari muxbir qizni «yotoqqa» taklif qilgani aytilmoqda

22 iyun, 20:30 2 038 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tashkilot rahbari muxbir qizni «yotoqqa» taklif qilgani aytilmoqda
Qashqadaryo viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i A.Yo. 14 iyun kuni o‘zi ishlaydigan tashkilotga matbuot kotibi sifatida ishga olish uchun fuqaro A.G.ni «yotoqqa» taklif qilgani aytilmoqda. Bu haqda «Nasafnews» xabar bermoqda.

«Bu taklifni menga avval ham bildirgan edi. Keyin esa hazillashdim, deb qo‘ydi. Bir necha kun o‘tgach esa yana shu mavzuda gap ochdi. Men esa endi boshliqning bu gapini tobora jiddiy qabul qila boshladim. Ishdan ko‘nglim sovib, tashkilotga borgim kelmay qoldi», — deydi A.G.

Ma’lum bo‘lishicha, 5 oydan beri rasman ishga olinmagan matbuot kotibi A.G.ga boshqarma boshlig‘i A.Yo. Shahrisabzda tashkil qilingan «Yoshlar festivali» da tashkil qilingan fitobar loyihasini yoritish taklifi bilan chiqqan va Qarshi shahridan o‘z mashinasida olib ketishini aytgan.

Mashinaga mingan muxbir hali ham nega rasman ishga olinmaganing sababini rahbardan so‘ragan. Rahbar esa «Men bilan bir kecha qolasizmi?» deya taklif qilgan. Muxbir nima uchun qolishi sababi bilan qiziqqan. Rahbar «erkaklar bilan bir kecha qolgan vaqtda nima qilishni bilamaysizmi?» deb gapirgan. Shundan so‘ng, muxbir mashinadan tushirib qoldirishlarini so‘ragan.

«Oxirgi marta yana shu haqda ochiqchasiga haydovchisining oldida tap tortmay, uyalmay gap ochganida, taklifi jiddiy ekanligini tushundim va bu yerda boshqa ishlamaslikka qaror qildim. Ochig‘i, menga qilingan bu munosabatdan so‘ng, hamma yosh, o‘qib, ishlab, karera qilaman degan qizlarga nisbatan rahbarlar shunaqa munosabatda bo‘lar ekan, deb kechgacha yig‘lab o‘zimga kela olmadim. Shok holatidaman. Nahotki, men shunaqa qiz bo‘lsam. Yurish-turishim, o‘zimni tutishimda biror kamchilik bo‘lsa, atrofimdagilar aytishgan bo‘lardi. Unaqa tarbiya olmaganim uchun bu holat ruhiyatimga shunaqa ta’sir qildiki, haligacha o‘zimga kela olmayapman», — deydi qiz.

Oradan bir necha kun o‘tib, matbuot kotibi sifatida ishga olinishi aytilgan qiz O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi matbuot kotibiga voqea haqida xabar bergan. Voqeadan Qashqadaryo viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi mas’ul xodimi ham xabar topib, muxbirni tinchlantirishga uringan. Boshqarma mas’ul xodimi muxbirga avvaliga telefon qilgan, keyinchalik SMS xabar yozib, boshqarma boshlig‘ining ukasi «katta joyda ishlashini» va tinch yurmasa o‘ziga qiyin bo‘lishini aytgan.

Nashr muxbiri holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi matbuot kotibi bilan bog‘langan. Matbuot kotibi holatni rad etmagan.

«Ha, xabarim bor. Eshitgan kunimoq buni tegishli tartibda rahbariyatga bildirganman. Hozir shu ish bo‘yicha surishtirishayapti. Yaxshi ish bo‘lmabdi. A.Yo.ning o‘zi bilan gaplashganimda «Hazillashdim, shunchaki hazillashdim», — deb javob berdi. Qizni singlimdek ko‘raman. Bo‘lib o‘tgan ishdan afsusdaman. «Komandirovka»ga ketib qolgan edim. Endi masalani to‘liqroq o‘rganaman», — degan u.

Tahririyatning bildirishicha, o‘sha «oshiq rahbar» audio yozuvining qolgan qismi va boshqarma xodimining maslahatmonand «tahdidi» ham bor.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Jizzaxdagi qurilishda ishlaydigan 23 yoshli yigit o‘zini kranga osib qo‘ydi 24 iyun, 08:36
  • Internetda «yozishma»lari tarqagan Andijon hokimi matbuot kotibi ishdan ketgani aytilmoqda 01 mar, 12:30
  • Fermerga zo‘ravonlik qilgan Qarshi tuman IIB boshlig‘i ishdan olindi 24 avg, 23:53
  • Kun.uz muxbiri hokim o‘rinbosarini tuhmatda ayblab, prokuraturaga murojaat qildi 17 avg, 00:04
  • Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i ishdan ketdi 17 iyul, 22:07
  • Qashqadaryo viloyatida to‘rt hokim ishdan olindi 14 dek, 19:23
  • So'nggi yangiliklar
  • Tarvuz haqida 8 ta hayratlanarli fakt 02 avg, 20:45 0
  • 1 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlik uchun tosh maydalash-saralash uskunasi xatlab qo‘yildi 02 avg, 20:25 0
  • "Roma"ga transferi sir tutilayotgan Eldor Shomurodov borasida ma’lumot 02 avg, 20:00 0
  • Yoshi kattalar tushundi va oila yarashdi 02 avg, 19:44 41
  • Eldor Shomurodov "Roma"ning Portugaliyadagi yig‘iniga yetib bordi 02 avg, 19:20 99
  • Pashinyan Armaniston bosh vaziri etib tayinlandi 02 avg, 19:00 155
  • Turkmaniston prezidenti yangi qiruvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi 02 avg, 18:30 272
  • DXX tomonidan noqonuniy yer sotish holatlarining oldi olindi 02 avg, 18:25 216
  • Asqar Akayev Qirg‘izistonga qaytdi, u Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida tergov qilinmoqda 02 avg, 17:44 366
  • Respublikachilar COVID laboratoriyada paydo bo‘lgani to‘g‘risida dalillar borligini ma’lum qildi 02 avg, 17:13 400
  • Andijonda hokimiyat oldidagi yo‘lni to‘sgan ayollar jazolandi (video) 02 avg, 16:44 416
  • O‘zbekiston harbiylari Rossiya va Tojikiston bilan mashg‘ulotlarda qatnashadi (video) 02 avg, 16:13 174
  • Bo‘limlar