“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2021, 21:06
ЎЗO‘Z

Islom To‘xtaxo‘jayev: "Futbolni tushunadigan inson muammo faqat himoyada emasligini bilib turgandi"

22 iyun, 19:20 2 483 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Islom To‘xtaxo‘jayev: "Futbolni tushunadigan inson muammo faqat himoyada emasligini bilib turgandi"
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Saudiya Arabistonidan uchralgan mag‘lubiyati va Jahon chempionati bilan xayrlashgani hali hamon muhokama markazida bo‘lib turibdi.

Mag‘lubiyatdan so‘ng xatolar, kamchiliklar va aybdorlar qidirilishi odatiy hol. Muvaffaqiyatsizlikning bosh sababchichsi Vadim Abramov ko‘rsatilayotgan bo‘lsa, qolgan omillar ham bu borada o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Birinchi o‘rinda muammoli chizig‘imiz himoya. Xo‘sh, aslida ham gap shundami? Saudiya bilan o‘yindan oldin nima uchun bunchalik xavotir yuzaga keldi? Qayerda xatoga yo‘l qo‘ydik? Shu va boshqa mavzularda tajribali himoyachi Islom To‘xtaxo‘jayevni suhbatga chorladik.

- Saudiya Arabistoni bilan o‘yindan oldin nima uchun bunchalik kuchli xavotir va ishonchsizlik yuzaga keldi? Oldinlari Eron bilan ham, Koreya bilan bunchalik holat kuzatilmasdi...
-  To‘g‘risini aytsam meni ham bu holat hayron qoldirdi. Avvallari bunday darajada ishonchsizlik bo‘lmagandi.

- Balki tashqaridan bo‘layotgan bosim futbolchilarga ta’sir qilganidanmi yoki boshqa sababmi har holda yigitlarning ko‘zida ishtiyoq va olov ko‘zga tashlanmadi. Xuddi o‘yindan oldin mag‘lubiyatga uchrab maydonga chiqishgandek taassurot qoldirishdi...
- Professional sportchiga tashqi omillar ta’sir o‘tkazmasligi kerak. Futbolchilar umuman hamma borini berdi. Mag‘lubiyatdan so‘ng shunday tuyulgan, deb o‘ylayman.

- Biz qachon bosim ostida o‘ynashga o‘rganamiz?
-  Braziliyaliklarga yoki yevropaliklarga o‘xshab yoshlikdan ruhiy jixatdan futboldan zavq olishni o‘rgatishimiz kerak.

- Nima uchundir chempionatimizda o‘zini ko‘rsatayotgan himoyachilar terma jamoaga kelganda yo‘q bo‘lib qoladi? Vadim Abramov bundan 10 yil oldin ham himoya og‘riqli nuqtamiz ekanligini ta’kidlagandi. Shaxsan o‘zingiz mudofaa chizig‘i vakili sifatida mazkur vaziyatga qanday fikr bildirasiz?
- Hammaning fikri shunday. Vadim Abramov terma jamoa boshqaruvini qo‘liga olganidan beri faqat himoyadagi muammolar haqida gapirib kelindi. Futbolni tushunadigan odam muammo faqat mudofaa chizig‘ida emasligini bilib turgandi. Har kimning qarashi turlicha. Yaxshi himoyachilarimiz juda ko‘p. Bir necha yillar oldin himoya chizig‘imizni yaxshi deyishardi. Ayni paytda esa teskarisi. Saudiya Arabistoni bilan uchrashuvda hisob ochilgunigacha zarba berish bir chetda tursin, raqibni maydonning yarimidan o‘tkazmadik. Aytganimdek muammo himoyada emasligi ko‘rinib qoldi.

-  Odil Ahmedovning himoyada o‘ynashini futbolchilar istashgani rostmi? Bu voqeadan qanchalik xabaringiz bor?
- To‘g‘risi bundan xabarim yo‘q. Agar rost bo‘lsa, ochig‘i hayron qoldim. Saudiya Arabistoni bilan o‘yin darajamiz qandayligini ko‘rsatib qo‘ydi. Ular istaganda yana 5-6ta gol urishi mumkin edi.

- Har to‘rt yilda mundial ostonasida qolib ketadigan terma jamoamiz endi uchinchi bosqichga chiqa olmadi. Bu haqiqiy sharmandalik. Biz qayerda xatoga yo‘l qo‘ymoqdamiz?
- Kamchilik va xatoni boshidan izlash kerak. Hozir hamma bosh jamoa natija ko‘rsata olmaganidan aybni qidirmoqda. Oldindlari yoshlar, o‘smirlar terma jamoalarimiz muntazam Jahon chempionatlarida o‘ynardi. Hozir so‘nggi bor qachon katta arenada ishtirok etishganini eslolmayman. Futbol strukturasini yaxshilamay turib Saudiya Arabistoni yoki shunga o‘xshash allaqachon futbol tizimini yo‘lga qo‘yib olgan terma jamoalar bilan raqobatlashishimiz juda qiyin.

- Ektor Kuperni himoyaviy o‘yini, deb ketkazib yubordik. Lekin biz hujumkor futbol bilan Osiyo grandlarini yuta olamizmi? Hujumkor futbol bilan ularga bas kela olamizmi? Bunga tayyormizmi?
- Ektor Kuper kelganida birinchi bo‘lib himoyani to‘g‘irlab olishimizni, keyin sekin-sekin hujumkor uslubga o‘tishimizni aytgandi. Argentinalik murabbiy boshqargan paytda o‘ynagan himoyachilarda mudofaada qanday o‘ynash odatiy holga aylangandi.

- Falastin bilan o‘yinda futbolchilar ataylab yutqazib bergan, degan fikrlar yana katta sahnaga chiqmoqda...
- Tuhmatni gunohi og‘ir bo‘ladi. Dinimizda bunday gaplar gapirgani ehtiyot bo‘lish lozim.

- Ektor Kuperning uslubi tushmadi, dedik. Vadim Abramov nimalar qilganini hamma ko‘rdi. Endi bizga qanday murabbiy kerak?
- Xorijdan yaxshi mutaxassis olib kelib vaqt berishimiz zarur. Ektor Kuperni boshlagan ishini oxiriga yetkazmasdan tezda haydadik. Oddiy misol Karlos Keyrushni Eronni qanday darajaga olib chiqqanini qarang.

- Bu yerda ayb taktika tanlashni bilmagan, futbolchilarni joylashtirishni uddasidan chiqmagan Vadim Abramovdami yoki shuncha yillar davomida yig‘ilib kelingan xatolarning yakunimi?
- Ko‘rgan bo‘lsangiz Yamanni ham qiynalib yutdik. Ayb faqat murabbiyda emas. Hamma futbolga aloqador qanchadan-qancha futbol maydonlarini ko‘paytirish o‘rniga uy qurilishga berib yuborishmoqda. Bizning avlod asfaltda, qumli maydonda to‘p tepib katta bo‘ldi. Yetishib chiqayotgan yoshlarga sharoitlar qilib berishimiz darkor.

- Darhaqiqat bola futboldan chiqadi uyiga keladi, to‘yib ovqatlanadi yoki o‘sha ovqatni ham yemaydi. Hammaning uyida ham qozonida go‘sht qaynamaydi. Klublarimizni esa o‘rinbosarlar, U-18 jamoasidagi futbolchi bilan ishi ham yo‘q...
- Endi shu narsani biz yutishimiz kerak bo‘lgan Janubiy Koreya, Eron, Yaponiya bilan solishtiring. Ularda qanday, bizda qanday.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi




 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Vadim Abramov: «Futbolchilar shunday qilishimni so‘rashdi, rad eta olmadim» 19 iyun, 17:25
  • Vadim Abramov matbuot anjumanida nimalar dedi? 16 iyun, 08:07
  • JCH—2022. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi o‘yinlar Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi 12 mar, 15:08
  • Eldor Shomurodov: "Saudiya Arabistonidan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng yuzimiz yorug‘ bo‘lishi kerak edi" 19 noya, 19:40
  • Vadim Abramov: "Kamchiliklar haqida hozir gapirmoqchi emasman" (matbuot anjumani) 13 noya, 16:38
  • Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi kechagi durangdan so‘ng nima dedi? 11 sen, 22:22
  • So'nggi yangiliklar
  • Tarvuz haqida 8 ta hayratlanarli fakt 02 avg, 20:45 0
  • 1 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlik uchun tosh maydalash-saralash uskunasi xatlab qo‘yildi 02 avg, 20:25 0
  • "Roma"ga transferi sir tutilayotgan Eldor Shomurodov borasida ma’lumot 02 avg, 20:00 0
  • Yoshi kattalar tushundi va oila yarashdi 02 avg, 19:44 41
  • Eldor Shomurodov "Roma"ning Portugaliyadagi yig‘iniga yetib bordi 02 avg, 19:20 99
  • Pashinyan Armaniston bosh vaziri etib tayinlandi 02 avg, 19:00 155
  • Turkmaniston prezidenti yangi qiruvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi 02 avg, 18:30 272
  • DXX tomonidan noqonuniy yer sotish holatlarining oldi olindi 02 avg, 18:25 216
  • Asqar Akayev Qirg‘izistonga qaytdi, u Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida tergov qilinmoqda 02 avg, 17:44 366
  • Respublikachilar COVID laboratoriyada paydo bo‘lgani to‘g‘risida dalillar borligini ma’lum qildi 02 avg, 17:13 400
  • Andijonda hokimiyat oldidagi yo‘lni to‘sgan ayollar jazolandi (video) 02 avg, 16:44 416
  • O‘zbekiston harbiylari Rossiya va Tojikiston bilan mashg‘ulotlarda qatnashadi (video) 02 avg, 16:13 174
  • Bo‘limlar