“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2021, 15:08
ЎЗO‘Z

Sherzod Asadov prezident sayloviga nomzodlar e’lon qilinishi haqida

21 iyun, 23:00 2 123 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sherzod Asadov prezident sayloviga nomzodlar e’lon qilinishi haqida
Prezident matbuot kotibi OAV uchun o‘tkazilgan an’anaviy brifingda boshlangan haftada davlat rahbari ishtirokida qanday tadbirlar rejalashtirilgani to‘g‘risida ma’lumot taqdim etdi. Shuningdek, Sherzod Asadov jurnalistlardan kelib tushgan savollarga ham javob berdi.

Brifingda ishtirok etgan Amerika Ovozi jurnalisti Navbahor Imomova prezident matbuot kotibidan Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka yana o‘z nomzodini qo‘yishi haqida so‘radi.

Sherzod Asadov saylovga tayyorgarlik jarayoni boshlanganini, O‘zbekiston YEXHTning DIIHB missiyasini bir necha bor qabul qilgani, saylovni jahon standartlari bo‘yicha olib borishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini bildirdi.

«Demak, saylovoldi jarayoni start berilishiga uncha ko‘p vaqt ham qolmadi, bu – iyul oyi oxiri. Nomzodlar kim, qachon o‘z nomzodini ilgari surishini, biz albatta mana shu muddatgacha kutishimiz kerak. Birinchi navbatda, bu har bitta nomzodning, har bir fuqaroning o‘z konstitutsiyaviy huquqi», dedi prezident matbuot kotibi.O‘zbekistonda navbatdagi prezidentlik saylovlari shu yilning oktabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi.
Odatga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentligi saylovlarida asosiy nomzoddan tashqari boshqa partiyalarning yetakchilari ham o‘z nomzodini ilgari suradi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2016 yil dekabridagi saylovlarda Liberal-demokratik partiyadan nomzod bo‘lgandi.

Iyun oyi boshida «Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov partiya prezidentlikka o‘z nomzodini iyun oyida e’lon qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi. 

Bundan tashqari, kuzdagi saylovlarda Adolat» SDP raisi Bahrom Abduhalimov, Xalq demokratik partiyasi raisi Ulug‘bek Inoyatov va Ekologik partiya raisi Narzullo Oblomurodov ham nomzod bo‘lishi kutilmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev 10 iyun kuni Tojikistonga boradi 07 iyun, 13:44
  • Shavkat Mirziyoyevning yangi haftadagi ish rejasi qanday bo‘ladi? 24 мая, 13:26
  • Shavkat Mirziyoyev ushbu haftada Si Szinpin bilan muloqot qiladi 27 apr, 11:30
  • Toshkentdagi har bir mahallaga o‘rtacha 2 mlrd so‘mdan ajratiladi - Sherzod Asadov 26 apr, 17:11
  • Shavkat Mirziyoyevga yangi matbuot kotibi tayinlandi 24 mar, 21:53
  • Jahongir Otajonov prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi (video) 20 yanv, 13:05
  • So'nggi yangiliklar
  • Olimlar koronavirus yuzaga keltiradigan yangi xavfni ma’lum qildi 03 avg, 14:55 0
  • O‘zbekiston bu yil qovun va tarvuz eksportidan qancha daromad qildi? 03 avg, 14:27 0
  • Avtobuslar harakatini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradigan mobil ilova ishga tushirildi 03 avg, 14:00 0
  • O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar soni 8 mln dozadan oshdi 03 avg, 13:30 57
  • Farg‘onada 11 yoshli bola amakisi tomonidan ikki yil davomida zo‘rlab kelingani ma’lum bo‘ldi 03 avg, 12:55 640
  • Shomurodovning agenti: "Mourinyu u bilan yana bir bor rasmga tushishga tayyorligini aytdi" 03 avg, 12:50 147
  • Shomurodov: «Dunyoning eng katta klublaridan birida nimalarga qodirligimni ko‘rsatishga harakat qilaman» 03 avg, 12:29 303
  • Koronavirus va pnevmoniya: Kunlik kasallanish holatlari 1400dan ortiq, 10 bemor vafot etdi 03 avg, 11:55 210
  • Emlashdan o‘tishni rad etgan xodimni ishdan chetlatishga ruxsat beruvchi qonun imzolandi 03 avg, 11:24 386
  • Test o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilindi 03 avg, 10:52 355
  • "Roma" bosh menejeri: "U Mourinyu istagan sifatlarga ega, uni jamoamizda ko‘rib turganimizdan xursandmiz" 03 avg, 10:01 497
  • Eldor Shomurodov - "Roma" o‘yinchisi. Qaynoq fotolarni tomosha qiling! 03 avg, 09:56 466
  • Bo‘limlar