“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2021, 15:07
ЎЗO‘Z

Filippinda noyob McLaren buldozer yordamida yanchib tashlandi (video)

21 iyun, 19:25 1 148 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Filippinda noyob McLaren buldozer yordamida yanchib tashlandi (video)
Foto: Facebook / BureauOfCustomsPH
Filippin hukumati 350 nusxada yaratilgan noyob McLaren 620R’ni buldozer bilan yanchib tashladi. Superkar orol-mamlakat hududiga noqonuniy ravishda olib kirilgan — deklaratsiyada avtomobil Porsche Cayman deya ko‘rsatilgan, bu esa mashina egasiga soliq yig‘imlarini tejashga yordam bergan. Biroq firibgarlik fosh etilgan va bojxona boshqarmasi kupeni namoyishkorona yo‘q qilgan, deb xabar beradi Motor.

McLaren 620R — poyga uchun mo‘ljallangan 570S GT4 kupesining oddiy yo‘llarda harakatlanishga qodir maxsus versiyasi. Model 2020 yilning boshidan ishlab chiqarilgan, iyul oyida esa Filippin portida yangi ikki eshikli mashina hibsga olingan.
Buldozer yordamida yo‘q qilingan boshqa avtomobillar qatoridan Bentley Continental Flying Spur, Hyundai Genesis, Lotus Elise, Mercedes-Benz SLK, Porsche 911 va Toyota Camry Solara ham o‘rin olgan. Matbuot jalb etilmagan holda o‘sha kunning o‘zida mamlakat hududida noqonuniy ravishda olib kelingan 14 ta Mitsubishi yo‘ltanlamaslari ham yakson qilingan.

Foto: Facebook / BureauOfCustomsPH
Filippin hukumati kontrabanda avtomobillarini 2017 yildan buyon yo‘q qilib keladi. Bojxona boshqarmasi tez-tez juda noyob va noodatiy modellarni buldozer kovshi ostiga qo‘yadi — hozirga qadar BMW Z1, Ferrari 360 Spider, Lamborghini Ballaro kabi modellar pachaqlangan. Ammo McLaren 620R — to‘rt yil ichida presslangan eng noyob va qimmat mashinalardan biri hisoblanadi.

Foto: Facebook / BureauOfCustomsPH

Foto: Facebook / BureauOfCustomsPH



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHda bezorilar noyob Porsche superkarining rasvosini chiqardi (video) 08 iyun, 12:56
  • Amerikaliklar farzandlariga avtomobil sharafiga ism qo‘ya boshladi: Lexus, Bentley va Nissan 11 apr, 11:26
  • Noyob Ferrari 4,3 million yevroga sotildi 07 fev, 13:54
  • Rossiyada eng ko‘p o‘g‘irlanadigan avtomobillar ma’lum qilindi 05 fev, 07:27
  • Filippinda qimmatbaho mashinalar temir-tersakka aylantirilmoqda (video) 16 mar, 17:12
  • Filippin prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashish usuli: o‘nlab lyuks avtomobillar pachoqlab yo‘q qilindi 07 fev, 13:30
  • So'nggi yangiliklar
  • Olimlar koronavirus yuzaga keltiradigan yangi xavfni ma’lum qildi 03 avg, 14:55 0
  • O‘zbekiston bu yil qovun va tarvuz eksportidan qancha daromad qildi? 03 avg, 14:27 0
  • Avtobuslar harakatini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradigan mobil ilova ishga tushirildi 03 avg, 14:00 0
  • O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar soni 8 mln dozadan oshdi 03 avg, 13:30 57
  • Farg‘onada 11 yoshli bola amakisi tomonidan ikki yil davomida zo‘rlab kelingani ma’lum bo‘ldi 03 avg, 12:55 640
  • Shomurodovning agenti: "Mourinyu u bilan yana bir bor rasmga tushishga tayyorligini aytdi" 03 avg, 12:50 147
  • Shomurodov: «Dunyoning eng katta klublaridan birida nimalarga qodirligimni ko‘rsatishga harakat qilaman» 03 avg, 12:29 303
  • Koronavirus va pnevmoniya: Kunlik kasallanish holatlari 1400dan ortiq, 10 bemor vafot etdi 03 avg, 11:55 210
  • Emlashdan o‘tishni rad etgan xodimni ishdan chetlatishga ruxsat beruvchi qonun imzolandi 03 avg, 11:24 386
  • Test o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilindi 03 avg, 10:52 355
  • "Roma" bosh menejeri: "U Mourinyu istagan sifatlarga ega, uni jamoamizda ko‘rib turganimizdan xursandmiz" 03 avg, 10:01 497
  • Eldor Shomurodov - "Roma" o‘yinchisi. Qaynoq fotolarni tomosha qiling! 03 avg, 09:56 466
  • Bo‘limlar