“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2021, 15:55
ЎЗO‘Z

Murod Rizayev: Abramovning eng asosiy xatosi – yettinchi qit’ani kashf qilgani

17 iyun, 22:30 3 569 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Murod Rizayev: Abramovning eng asosiy xatosi – yettinchi qit’ani kashf qilgani
Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston o‘rtasidagi bellashuvdan so‘ng o‘yinga oid turli fikrlar yangramoqda. “Sport” telekanali sharhlovchisi Murod Rizayev ham Vadim Abramov qayerda xatoga yo‘l qo‘ygani borasida gapirib o‘tdi.
- Vadim Abramov yaxshi murabbiy. Hozir hamma unga tosh otishni boshladi. Tarkibni ham yomon tanlamadi. Faqat O‘zbekiston milliy terma jamoasining bo‘sh tomoniga e’tibor qaratmadi. Ya’ni himoya chizig‘iga to‘g‘ri tanlov bo‘lmadi.

Misol uchun, Farruh Sayfiyevni zaxirada ushlab turish uchun bo‘lsa ham olish kerak edi. Shuningdek, Anzur Ismoilovni ham. Chunki o‘yinning borishiga qarab o‘zgartirishi mumkin edi. Eng asosiy xatosi – yettinchi qit’ani kashf qilgani, hamma futbolchilarni o‘z pozitsiyasida o‘ynatmagani. Bir marta Odil Ahmedov sal yaxshi harakat qilgan bo‘lsa, yana nimadir o‘ylab topish shart emasdi.

Ahmedov Saudiyaga qarshi bahsda hujumchi ortida yaxshi o‘ynardi. Xavfli vaziyatlardan samara chiqarardi. Masharipov o‘z qanotiga o‘rgangan. Barcha o‘z chizig‘ida suvdagi baliqdek his qiladi. Terma jamoada 9 yildan beri o‘ynamayotgan Vagiz Galiulin o‘ng tomonga qo‘yilishi juda katta xato edi. Doston Hamdamov bor... Yoki Farruh Ikromov. Ikromovni ko‘zi yonib turgandi. Shu bolada tavakkal qilsa bo‘lardi. Shunda murabbiy tavakkal qildi, deb o‘ylardik. Odil Ahmedovni o‘rtaga qo‘yib, o‘rniga Islom Qobilovni, Odil Hamrobekov o‘rniga Ikrom Aliboyevni tushirish kerak edi.

Agar barcha futbolchilar o‘z chiziqlarida harakat qilganida, nima bo‘lgan taqdirda ham hozir ko‘pchilik Abramovni emas o‘yinchilarni ayblardi. Meni xafa qilgan tomoni, futbolchilarning ham ko‘ngli to‘lmadi. Nega meni bu yerga qo‘yding, deb Masharipov xafa, nega ortga qaytarding, deb Ahmedov xafa... futbolchilar o‘z pozitsiyalarida o‘ynaganida aytardik, eng yaxshi tarkibni olib keldi, lekin raqibga kuchi yetmadi, deb. Barchasi o‘z o‘rnida bo‘lganida fikrimcha, biz keyingi bosqichga chiqardik. Balki Abramov qahramonga aylanishi mumkin edi.

Eksperimentlarni Yaman bilan uchrashuvda qilish kerak edi, Masharipovni tushirmasdan. Chunki Yaman oxirgi o‘rinni olganidan keyin mag‘lubiyatga uchragan taqdirimizda ham bu bellashuv hech narsa bermasdi (oxirgi o‘rindagi jamoaga qarshi uchrashuvlardagi natijalar bekor qilinishi nazarda tutildi). Kuchli jamoaga qarshi bahsda bir narsalar qildi, tushunmay qoldim. Yaman bilan o‘yindan so‘ng ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘ldi, futbolchilarimizning o‘yini qovushmadi. O‘yini qovushmay turganda yana futbolchilarni boshqa joylarda sinab ko‘rib, boshiga balo qildi. Mana endi yaxshi murabbiy yomonga aylandi. Hamma uni yerga uradi, - dedi Murod Rizayev.
Bekzod Isayev.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Vadim Abramov O‘zbekiston terma jamoasining asosiy kamchiligi nimada ekanini aytdi 25 noya, 00:30
  • Odil Ahmedov “Rubin”ga qarshi o‘yin “olti ochkolik” bo‘lganini e’tirof etdi 08 apr, 11:34
  • «Krasnodar» safarda «Ufa»ni engdi. Ahmedovda 90 daqiqa 21 mar, 00:29
  • Ahmedov 18-turning ramziy terma jamoasiga kiritildi 10 mar, 12:02
  • «Eng yaxshi murabbiy» – Samvel Babayan, «Eng yaxshi futbolchi» - Odil Ahmedov 06 mar, 11:55
  • «Lokomotiv» BAAda Ummon klubini 10:1 hisobida mag‘lub etdi 24 fev, 11:56
  • So'nggi yangiliklar
  • 4 avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti 03 avg, 15:30 0
  • Olimlar koronavirus yuzaga keltiradigan yangi xavfni ma’lum qildi 03 avg, 14:55 0
  • O‘zbekiston bu yil qovun va tarvuz eksportidan qancha daromad qildi? 03 avg, 14:27 0
  • Avtobuslar harakatini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradigan mobil ilova ishga tushirildi 03 avg, 14:00 0
  • O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar soni 8 mln dozadan oshdi 03 avg, 13:30 57
  • Farg‘onada 11 yoshli bola amakisi tomonidan ikki yil davomida zo‘rlab kelingani ma’lum bo‘ldi 03 avg, 12:55 644
  • Shomurodovning agenti: "Mourinyu u bilan yana bir bor rasmga tushishga tayyorligini aytdi" 03 avg, 12:50 244
  • Shomurodov: «Dunyoning eng katta klublaridan birida nimalarga qodirligimni ko‘rsatishga harakat qilaman» 03 avg, 12:29 306
  • Koronavirus va pnevmoniya: Kunlik kasallanish holatlari 1400dan ortiq, 10 bemor vafot etdi 03 avg, 11:55 213
  • Emlashdan o‘tishni rad etgan xodimni ishdan chetlatishga ruxsat beruvchi qonun imzolandi 03 avg, 11:24 387
  • Test o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilindi 03 avg, 10:52 356
  • "Roma" bosh menejeri: "U Mourinyu istagan sifatlarga ega, uni jamoamizda ko‘rib turganimizdan xursandmiz" 03 avg, 10:01 499
  • Bo‘limlar