“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2021, 14:34
ЎЗO‘Z

MIB: Oqoltin tumanida uch yoshli bola onasi tarbiyasiga olib berildi

17 iyun, 22:06 1 221 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
MIB: Oqoltin tumanida uch yoshli bola onasi tarbiyasiga olib berildi
Oilada, odob-axloq va ta’lim-tarbiyaga e’tibor qon-qonimizga singib ketgan burchlarimizdandir. “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona” degan ibratli maqol ham aynan xalqimizga xos.

Qonun mazmuniga ko‘ra, bolalarni tarbiyalash bilan bog‘liq ishlarga doir sudning hal qiluv qarorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ijrochisi tomonidan ijro qilinadi.

Bolani olish va uni boshqa shaxs (shaxslar)ga berish bilan bog‘liq sudning hal qiluv qarorlarini majburiy tartibda ijro etish albatta vasiylik va homiylik organining hamda bola tarbiyalashga berilayotgan shaxs ishtirokida, zarur hollarda esa, ichki ishlar organi vakili ishtirokida amalga oshirilishi lozim.

Xususan, Byuroning Oqoltin tumani bo‘limiga fuqarolik ishlari bo‘yicha Oqoltin tumanlararo sudining 20.04.2021 yildagi qaroriga asosan, qarzdor M.M.dan  2018 yilda tug‘ilgan Murodjonni onasi M.N. tarbiyasiga olib berish to‘g‘risida ijro hujjati 25.05.2021 yilda kelib tushgan va shu kunning o‘zida davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qarorlar qabul qilingan.

Majburiy ijro byurosi davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga voyaga yetmagan bolalarni onasiga ixtiyoriy ravishda topshirish to‘g‘risida ogohlantirish xatlari yuborilgan. Lekin qarzdor farzandini onasiga berishdan bosh tortgan.

Natijada, davlat ijrochisi tomonidan vasiylik va homiylik organi, ichki ishlar organi vakillari va xolislar ishtirokida karantin qoidalariga rioya qilingan holda voyaga yetmagan bolani onasi M.N. tarbiyasiga olib berilib, ijro hujjati amalda tamomlandi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Andijonda ona bolasini kaltaklab, tilanchilik qilishga majburlab kelgani aytilmoqda 13 iyun, 18:06
  • Mast o‘g‘il o‘z onasining qotiliga aylandi 23 мая, 13:33
  • Toshkentda sevgan qiziga narsa olib berish uchun telefon o‘g‘irlagan yigit ushlandi 27 fev, 14:07
  • Toshkentda «kattalar» orqali «ish bitiradigan» shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 23 okt, 14:45
  • Sirdaryoda MIB nomdor avtomashinalarni sotuvga chiqardi 06 iyun, 16:26
  • Gulnora Karimovaning jiyani Akbar Abdullayevga tegishli yirik koʻchmas mulk auksionga qoʻyildi 11 apr, 11:18
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston bu yil qovun va tarvuz eksportidan qancha daromad qildi? 03 avg, 14:27 0
  • Avtobuslar harakatini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradigan mobil ilova ishga tushirildi 03 avg, 14:00 0
  • O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar soni 8 mln dozadan oshdi 03 avg, 13:30 57
  • Farg‘onada 11 yoshli bola amakisi tomonidan ikki yil davomida zo‘rlab kelingani ma’lum bo‘ldi 03 avg, 12:55 640
  • Shomurodovning agenti: "Mourinyu u bilan yana bir bor rasmga tushishga tayyorligini aytdi" 03 avg, 12:50 146
  • Shomurodov: «Dunyoning eng katta klublaridan birida nimalarga qodirligimni ko‘rsatishga harakat qilaman» 03 avg, 12:29 302
  • Koronavirus va pnevmoniya: Kunlik kasallanish holatlari 1400dan ortiq, 10 bemor vafot etdi 03 avg, 11:55 210
  • Emlashdan o‘tishni rad etgan xodimni ishdan chetlatishga ruxsat beruvchi qonun imzolandi 03 avg, 11:24 386
  • Test o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilindi 03 avg, 10:52 354
  • "Roma" bosh menejeri: "U Mourinyu istagan sifatlarga ega, uni jamoamizda ko‘rib turganimizdan xursandmiz" 03 avg, 10:01 497
  • Eldor Shomurodov - "Roma" o‘yinchisi. Qaynoq fotolarni tomosha qiling! 03 avg, 09:56 466
  • Tokio—2020. Rustam Assakalov gruziyalik kurashchini yengib, chorak finalga chiqdi 03 avg, 09:44 454
  • Bo‘limlar