“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2021, 15:06
ЎЗO‘Z

Ishdan keyin oyoq og‘rishining asosiy sabablari va bundan xalos bo‘lish yechimlari

17 iyun, 21:30 3 109 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ishdan keyin oyoq og‘rishining asosiy sabablari va bundan xalos bo‘lish yechimlari
Foto: Getty Images
Ushbu muammo ko‘plab ayollarga tanish, ayniqsa, yoz mavsumida bu yanada kuchayadi. Buning uchun kasal bo‘lish yoki qandaydir yosh chegarasidan o‘tish shart emas. Ishdan keyin oyoqlaringiz og‘riyaptimi? Bu boradagi tavsiyalarimizga amal qiling.

Kechqurun oyoq og‘rishi: sabab va yechimlari
Noto‘g‘ri poyabzal

Ba’zan oyoqlar noto‘g‘ri poyabzaldan aziyat chekadi, natijada ular juda charchaydi va kechqurun bezovta qiladi. Tor poyabzalda yurmasdan turib ham tovonga og‘irlik tushadi, bu keyinchalik oyoq barmoqlari deformatsiyasiga olib kelishi mumkin. Baland poshnali poyabzal tufayli oyoqda qadoq paydo bo‘ladi va yassioyoqlik kabi patologiyaning rivojlanish xavfi ortadi. Ammo faqatgina tekis taglikdagi modellarni kiyish ham tavsiya etilmaydi.

Qanday qilib to‘g‘ri poyabzal tanlash mumkin?
Poshna balandligi 2-4 santimetr bo‘lgan, old qismi keng, tovoni mustahkam oyoq kiyim eng yaxshi variant hisoblanadi. Bunday poyabzalga fiziologik stressni kamaytiradigan maxsus ortopedik tagliklarni tanlashingiz mumkin. Bunday tagliklarni o‘zingiz bilganingizcha xarid qilmang, buning uchun ortopedga murojaat qiling. Oyoqlar xususiyatlariga asoslanib, shifokor individual tagliklarni tavsiya qiladi. Bunday tagliklari bo‘lgan qulay poyabzalda oyoqlaringiz og‘rimaydi.

Harakatning kamligi
Kun bo‘yi ofisda o‘tirish og‘riq va shishishni keltirib chiqaradi. Agar kechqurun oyoqlar shishib og‘risa, bu qon aylanishi buzilganini bildiradi. Qon tomirlarda pastdan yuqoriga qarab harakatlanadi. Vena tizimining klapanlari qon oqimining yo‘nalishi uchun javobgardir. Ular qonning yurakka oqishini ta’minlaydi va uning teskari yo‘nalishda harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ushbu venoz klapanlarning aksariyati pastki oyoqda joylashgan. Biz harakat qilsak, undagi mushaklar qisqaradi, qonni tomirlardan siqib chiqaradi va uning yurakka chiqishini rag‘batlantiradi. Agar klapanlar yetarlicha yopilmasa, qon oqimi teskari harakatlanadi, venoz tizimdagi bosim ko‘tariladi, tomirlarning devorlari deformatsiyalanadi va cho‘ziladi. Natijada varikoz tomirlari rivojlana boshlaydi.

Nima qilish kerak?
Maxsus trikotaj paypoq bunday muammolardan qochishga yordam beradi. U oyoqning turli qismlariga kerakli bosimni beradi, shunda hech bir joyda qon harakatiga to‘sqinlik bo‘lmaydi va taqsimlangan siqilish ta’siri tufayli uning pastki qismlardan yurakka oqimini rag‘batlantiradi. Bundan tashqari, ish kuni davomida yengil mashq qilish uchun vaqt topishga harakat qiling: tortishish mashqlari, hech bo‘lmaganda ofis atrofida kichik sayr. Qon yurishini rag‘batlantirish uchun tez-tez oyoqlarni ko‘tarib o‘tiring. Ishdan keyin kontrast dush qabul qiling: bunday dush qon aylanishini yaxshilaydi va hujayralarning kislorod bilan to‘yinishiga yordam beradi.

Kuchli bosim
Juda faol sport turlari, masalan, yugurish, doimiy tik turish bilan bog‘liq ishlar tufayli kechga borib oyoqlar charchaydi, tovonlarda og‘riq paydo bo‘ladi. Bir holatda turish tufayli oyoqlardagi qon aylanish yomonlashadi, chunki qon tomirlar tortishish kuchini yengib, pastdan yuqoriga qarab harakatlanadi. Bunday turmush tarzi varikoz tomirlarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Qanday oldini olish kerak?
Oyoqlarda stress kuchaygan hollarda maxsus paypoqni ortopedik tagliklar bilan birgalikda kiyish tavsiya etiladi. Bu noxush alomatlarni yo‘qotishga yordam beradi. Tanangizni juda og‘ir jismoniy ish bilan haddan tashqari qiynamang.

Jismoniy holatning yomonligi
Oyoqlar jismonan zaif bo‘lishi mumkin. Mushak va paylar doimo chiniqtirilishi kerak, aks holda yurish yoki yugurish charchoqni keltirib chiqaradi. Agar mushaklar zaif bo‘lsa, bu oyoqlarning amortizator funksiyasiga ta’sir qilishi mumkin, natijada yassioyoqlik paydo bo‘ladi.

Qanday shug‘ullanish kerak?
Bunday hollarda oddiy mashqlar ham yordam beradi: oyoq uchi va tovonda, oyoqning ichki va tashqi tomonlarida navbatma-navbat yurish, oyoq mushaklari massaji samara beradi. Bunday klassik mashqlar mushaklar faoliyatini rag‘batlantiradi, pay va bo‘g‘imlarni kuchaytiradi.

Oldini olish har doim davolashdan yaxshiroq. Fitnes-zalda muntazam ravishda optimal jismoniy mashqlar qilish butun tanaga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy mashqlar dasturini to‘g‘ri ishlab chiqish uchun murabbiy bilan maslahatlashgan ma’qul.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘ttiz yoshdan keyin salomatlikda muammo bo‘lmasligi uchun qanday tibbiy tekshiruvlardan o‘tish kerak? 06 iyun, 17:00
  • Qanday qilib foydali muzqaymoq tanlash mumkin? 02 iyun, 14:40
  • Yosh 40 dan oshganidan keyin amal qilish kerak bo‘lgan odatlar 23 apr, 15:39
  • Oyoq shishishidan qanday xalos bo‘lish mumkin? 09 apr, 21:12
  • Qanday odatlar gripp va koronavirusdan xalos bo‘lishga to‘sqinlik qiladi? 16 mar, 13:23
  • Ayollar koriga yaraydigan 6 tavsiya 01 yanv, 12:30
  • So'nggi yangiliklar
  • Olimlar koronavirus yuzaga keltiradigan yangi xavfni ma’lum qildi 03 avg, 14:55 0
  • O‘zbekiston bu yil qovun va tarvuz eksportidan qancha daromad qildi? 03 avg, 14:27 0
  • Avtobuslar harakatini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradigan mobil ilova ishga tushirildi 03 avg, 14:00 0
  • O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar soni 8 mln dozadan oshdi 03 avg, 13:30 57
  • Farg‘onada 11 yoshli bola amakisi tomonidan ikki yil davomida zo‘rlab kelingani ma’lum bo‘ldi 03 avg, 12:55 640
  • Shomurodovning agenti: "Mourinyu u bilan yana bir bor rasmga tushishga tayyorligini aytdi" 03 avg, 12:50 147
  • Shomurodov: «Dunyoning eng katta klublaridan birida nimalarga qodirligimni ko‘rsatishga harakat qilaman» 03 avg, 12:29 303
  • Koronavirus va pnevmoniya: Kunlik kasallanish holatlari 1400dan ortiq, 10 bemor vafot etdi 03 avg, 11:55 210
  • Emlashdan o‘tishni rad etgan xodimni ishdan chetlatishga ruxsat beruvchi qonun imzolandi 03 avg, 11:24 386
  • Test o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilindi 03 avg, 10:52 355
  • "Roma" bosh menejeri: "U Mourinyu istagan sifatlarga ega, uni jamoamizda ko‘rib turganimizdan xursandmiz" 03 avg, 10:01 497
  • Eldor Shomurodov - "Roma" o‘yinchisi. Qaynoq fotolarni tomosha qiling! 03 avg, 09:56 466
  • Bo‘limlar