“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2021, 16:18
ЎЗO‘Z

Putin va Bayden uchrashuvda bir-biriga qanday sovg‘a bergani ma’lum bo‘ldi

17 iyun, 19:01 2 792 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Putin va Bayden uchrashuvda bir-biriga qanday sovg‘a bergani ma’lum bo‘ldi
Foto: AP Photo
Jenevadagi uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbiga Rossiya milliy hunarmandchilik naqshlari bilan bezatilgan yozuv to‘plamini, Amerika rahbari Jo Bayden esa Putinga aviator ko‘zoynak va billur haykalcha sovg‘a qildi.

«Milliy naqshlar tushirilgan ‘Moskva’ yozuv to‘plami», — dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning Baydenga sovg‘asi haqidagi savolga javob berib.

Oq uy xabariga ko‘ra, sammit davomida Bayden Putinga maxsus tayyorlangan quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak va billurdan yasalgan bizon haykalchasini hadya qilgan.
«Prezident Bayden prezident Putinga Randolph USA tomonidan tayyorlangan aviator ko‘zoynaklarini sovg‘a qildi», — dedi AQSH ma’muriyati rasmiysi.

Uning ta’kidlashicha, 1978 yildan ushbu kompaniya qiruvchi-uchuvchilar uchun mo‘ljallangan maxsus ko‘zoynaklar ishlab chiqara boshlagan. O‘shandan beri Randolph USA kompaniyasi AQSH va NATO harbiylarini «yuqori sifatli va ishonchli aviatorlar» bilan ta’minlab keladi.

Oq uy vakili ta’kidlashicha, AQSH prezidenti Putinga, shuningdek, Amerika bizonining billur haykalchasini sovg‘a qilgan, bu «mamlakatdagi eng obro‘li sutemizuvchilardan birining ulug‘vor ramzi bo‘lib, o‘zida kuch, birlik va barqarorlikni namoyish etadi».

16 iyun kuni Jenevada Bayden va Putinning davlat rahbarlari sifatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Jenevadagi La Grange villasida o‘tkazilgan. AQSH prezidenti Jo Bayden Jenevaga 15 iyun kuni, Vladimir Putin esa 16 iyun kuni kelgan. To‘rt soat davom etgan uchrashuvda tor va keng doiradagi muzokaralar olib borilgan. Muzokaralardan so‘ng ikki davlat rahbarlari alohida matbuot anjumanlari o‘tkazgan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Bayden Putin bilan munosabatlarni barqarorlashtirish masalasini muhokama qilish niyatida ekani ma’lum qilindi 03 мая, 23:25
  • Bayden Putinga telefon qilib, uchrashishni taklif qildi 14 apr, 08:30
  • Erdo‘g‘on Baydenning Putin haqidagi gaplarini qoraladi 20 mar, 13:23
  • Nega Bayden avvalroq Si Szinpinga emas, Putinga qo‘ng‘iroq qildi? 09 fev, 13:18
  • Peskov hozir Putinga jonli muloqot yetishmayotganini ma’lum qildi 13 apr, 08:38
  • Lukashenko Putinga o‘z tomorqasidan bir necha qop kartoshka sovg‘a qildi (video) 30 dek, 08:37
  • So'nggi yangiliklar
  • 4 avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti 03 avg, 15:30 148
  • Olimlar koronavirus yuzaga keltiradigan yangi xavfni ma’lum qildi 03 avg, 14:55 350
  • O‘zbekiston bu yil qovun va tarvuz eksportidan qancha daromad qildi? 03 avg, 14:27 259
  • Avtobuslar harakatini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradigan mobil ilova ishga tushirildi 03 avg, 14:00 239
  • O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar soni 8 mln dozadan oshdi 03 avg, 13:30 156
  • Farg‘onada 11 yoshli bola amakisi tomonidan ikki yil davomida zo‘rlab kelingani ma’lum bo‘ldi 03 avg, 12:55 1 359
  • Shomurodovning agenti: "Mourinyu u bilan yana bir bor rasmga tushishga tayyorligini aytdi" 03 avg, 12:50 390
  • Shomurodov: «Dunyoning eng katta klublaridan birida nimalarga qodirligimni ko‘rsatishga harakat qilaman» 03 avg, 12:29 483
  • Koronavirus va pnevmoniya: Kunlik kasallanish holatlari 1400dan ortiq, 10 bemor vafot etdi 03 avg, 11:55 313
  • Emlashdan o‘tishni rad etgan xodimni ishdan chetlatishga ruxsat beruvchi qonun imzolandi 03 avg, 11:24 470
  • Test o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilindi 03 avg, 10:52 425
  • "Roma" bosh menejeri: "U Mourinyu istagan sifatlarga ega, uni jamoamizda ko‘rib turganimizdan xursandmiz" 03 avg, 10:01 578
  • Bo‘limlar