“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 07:12
ЎЗO‘Z

Buxoroda OIV infeksiyasini boshqa bir erkakka yuqtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

12 iyun, 23:00 2 997 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxoroda OIV infeksiyasini boshqa bir erkakka yuqtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Buxoro viloyatida o‘zida OIV infeksiyasi borligini bila turib bir erkak bilan himoya vositalarisiz jinsiy aloqada bo‘lgan ayol aniqlandi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyatning Jondor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Vobkent tumanida yashovchi 34 yoshli S.D. ismli ayol 2019 yilning may oyidan beri OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan ro‘yxatga olingan. U OIV infeksiyasini boshqa shaxslarga yuqtirish uchun jinoiy javobgarlik mavjudligi to‘g‘risida bir necha marotaba yozma ravishda ogohlantirilgan. Shunga qaramay, ayol Jondor tumani «Dalmunobod» mahallasidagi xonadonlardan birida fuqaro S.Sh. bilan himoya vositasisiz jinsiy aloqada bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan S.D. ismli ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 113-moddasi (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ushbu ayolning boshqa shaxslar hayoti va salomatligini xuddi shu kabi xavf ostiga qo‘ygan-qo‘ymaganini aniqlashga qaratilgan dastlabki tergov hamda tezkor surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 0
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 28
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 180
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 100
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 55
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 235
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 0
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 0
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 0
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 15
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 66
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 28
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 51
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 63
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 156
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 64
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 88
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 94
  • Bo‘limlar