“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 22 2021, 13:33
ЎЗO‘Z

Hatto Xitoy Falastinni qo‘llayotganda arab davlatlari jim. Nega?

16 мая, 23:45 2 015 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hatto Xitoy Falastinni qo‘llayotganda arab davlatlari jim. Nega?
Foto: Getty Images
Yaqin Sharqda Falastin hamda Isroil o‘rtasidagi mojaro yana avj oldi. 2014 yildan buyon sodir bo‘lgan bu davlatlar o‘rtasidagi eng yirik to‘qnashuvlarda Falastin yaqqol autsayder. Chunki harbiy jihatdan Isroilga bas kelish oson emas. Boshqa tomondan arab davlatlari Falastinni yolg‘izlatib qo‘ymoqda. Ko‘pchilik arab olami vakillari Isroil bilan yaqindagina tiklangan aloqalarni buzmaslik uchun Falastinni qo‘llamayapti.

Harbiy amaliyotlar bir necha kundan buyon to‘xtamayapti. Har ikki tomon bir-biriga raketa zarbalarini amalga oshirmoqda. Farq shundaki, Isroilning zarbalari aksariyat holatda odamlar juda zich yashaydigan kvartallarga tushayotgan bo‘lsa, Falastinning, aniqrog‘i, HAMASning zarbalari havoning o‘zida yakson qilinmoqda. Janglar yana avj olganidan buyon 132 kishi o‘ldi. Ulardan 32 nafari bola, 21 nafari ayol kishi. Isroil tomonidan 8 kishi o‘ldi.

Yangi urush arab olami va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni yana keskinlashtirdi. O‘tgan yil ko‘pchilik arab davlatlari Isroil bilan uzoq yillik sovuq munosabatlarni iliqlashtirib olishdi. Arab davlatlari hamda Isroil munosabatlari iliqlashishi poydevori bo‘lishi kerak bo‘lgan hujjat 2020 yil BAA, Bahrayn, Sudan va Marokash o‘rtasida AQSh vositachiligida imzolanishi kerak edi. O‘shandan keyin arab davlatlari ilk marta Isroil bilan razvedka va davlat xavfsizligi borasida hamkorlik qilishi haqida e’lon qilishdi.

Isroil va Falastin o‘rtasidagi urushning yana xuruj qilishi esa bu arab davlatlarini juda noqulay ahvolga tushirib qo‘ydi. Ular yaqin-yaqingacha Isroil bilan tibbiyot, iqtisod va turizm sohasida hamkorlik manfaatli ekaniga fuqarolarini ishontirishga urinayotgandi, lekin bu mamlakat fuqarolari televizor orqali Falastindagi uylar qanday qilib raketa hujumiga uchrayotgani, musulmon olami uchun muqaddas bo‘lgan Aqso masjidiga Isroil politsiyasi hujum qilganini ko‘rib turishibdi. Bunday holatda odamlarni yana Isroil bilan ishlash manfaatli ekaniga ishontirish qiyin bo‘ladi.

Ikki stulda o‘tirish
Arab mamlakatlari Isroil va Falastin o‘rtasidagi oldingi urushlarda yahudiylarni keskin qoralar, voqealar qaysidir ma’noda bir tomonlama yoritilardi, ya’ni falastinliklar zulmga uchrayotgani ko‘rsatilardi. Lekin bu galgi urush boshqacha yoritilmoqda. Arab olamidagi davlat telekanallari go‘yoki ikki tomonni ham eshitayotgan bo‘lib, Isroildagilar ham sirena tovushlaridan uxlolmayotgani, HAMAS zarbalaridan qochayotganini ko‘rsatmoqda. BAAning Sky News Arab telekanali Isroil tomonining raketa zarbalari nishoni faqat HAMAS ob’ektlari bo‘layotgani haqidagi bayonotini ko‘rsatdi.

Iordaniya va Bahraynda, shuningdek, dunyoning o‘nlab mamlakatida, xususan, AQShda Falastinni qo‘llab-quvvatlash aksiyalari o‘tkazildi. Musulmon siyosatchilar Falastinni qo‘llashini ma’lum qildi, lekin bu chiqishlar hozircha faqat og‘zaki bo‘lib qolmoqda. Bu galgi ziddiyat mintaqada Eronning ta’siri oshishi xavfi paydo bo‘lgan va arab olami Isroilning mintaqadagi rolini tan ola boshlagan vaqtda sodir bo‘ldi. Bu esa vaziyatni yanada murakkablashtirdi.

Eng qiyin ahvolda BAA hukumati qoldi. Arab davlatlari orasida aynan BAA Isroil bilan munosabatlar normallashganini birinchi bo‘lib rasman e’lon qilgandi. Ba’zi BAAlik siyosatchilar Falastinni qo‘llashi haqida gapirdi, lekin hukumat o‘z bayonotlarida HAMAS va uning yetakchilarini tilga olmayapti.

«BAA Isroil bosqinchiligini qoralab, shimoliy Quddus poytaxti bo‘lgan mustaqil Falastin davlati tuzilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu tarixiy va prinsipial pozitsiya va u o‘zgarmaydi», deb yozdi masalan BAA prezidenti maslahatchisi Anvar Gargash.

Eng keskin bayonotni Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an bildirdi. U Turkiya bo‘layotgan holatga jim qarab turmasligini aytdi: «Uch dinning uyi bo‘lgan muqaddas dargohga hujum qilish orqali Isroil terroristik davlati hamma chegaralarni buzdi. Barchasini hozir to‘xtatmasak, biz bu vahshiylikning qurboniga aylanamiz».

O‘z navbatida, Eron ham jim turmay munosabat bildirdi va insoniyatga qarshi qilinayotgan bu harakatlarga qarshi turish uchun mintaqaviy hamkorlik bo‘lishi kerakligini ma’lum qildi. Biroq Eron ham, Turkiya ham arab davlati hisoblanmaydi. Buning ustiga, Falastinda sunniylar yashagani uchun Eron aytarli qo‘llab-quvvatlov taqdim etishi qiyin.

Arab olami esa Isroil bilan munosabatlar yomonlashishini xohlamaydi, chunki ikki tomonlama ko‘plab manfaatli shartnomalar imzolab qo‘yilgan. Shunga qaramay, Falastinning boshiga ne savdolarni solayotganini ko‘rgan arab davlatlari Isroil bilan munosabatlarda masofani uzoqroq saqlashga ham harakat qilsa kerak. Isroilda ishlagan misrlik sobiq diplomat Ezzedin Chukrining aytishicha, Isroil va Falastin o‘rtasidagi mojaro arab davlatlarini bosim ostida qoldirayotgan bo‘lsa-da, ular azbaroyi Isroil bilan munosabatlari yomonlashmasligi uchun keskin bayonot berishdan ham chekinishadi. Harbiy ekspert Maykl Stivensning aytishicha, BAA Isroil bilan munosabatlar yomonlashishini xohlamaydi, lekin hozirgi voqealar tinchigunga qadar BAA va Isroil munosabatlari ham tarangligicha qoladi.

Dunyo tajribasidan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkinki, bunday vaqtda arab davlatlari Isroil bilan yopiq eshiklar ostida munosabatlarni davom ettiraveradi. Diplomatik uchrashuvlar va matbuot anjumanlaridagi tabassumlarni yaqin o‘rtada ko‘rmasak kerak.

Shu o‘rinda, hatto Xitoy Falastinni qo‘llayotgan bir vaqtda arab dunyosining jim turgani musulmonlarni hayron qoldirmoqda. Chunki Falastindagi mojaro butun islom olamiga aloqador qadriyatni oyoqosti qilishga urinishdan keyin boshlandi. Islom ta’limotiga ko‘ra, oxirzamon payg‘ambari Muhammad sallallohu alayhi va sallam aynan Quddusdagi Masjidul Aqsodan me’rojga ko‘tarilganlar. Isroil islom olamidagi eng muqaddas uch masjiddan biri bo‘lgan Aqsoning oldida yashovchi 70 ta falastinlik oilani u yerdan ko‘chirish haqida harakat boshladi. Shundan so‘ng kelishmovchilik boshlandi va Ramazon vaqti masjidning ichkarisida minglab musulmonlar bo‘lgan holatda Isroil politsiyasi hujum qildi. Masjidning ichida portlash sodir etildi va musulmonlar kaltaklandi.

Shundan so‘ng HAMAS Isroil tomonga havo zarbalarini amalga oshirdi va shu bilan urush boshlanib ketdi. Isroilning havo hujumidan himoya tizimi zarbalarni bitta-bitta parchalayotgan vaqtda na harbiy va na iqtisodiy jihatdan Isroilga yaqinlasha oladigan Falastin musulmonlari bitta-bitta Isroil raketalari qurboniga aylana boshladi. Mana shunday vaqtda arab olami Isroil bilan munosabatlarini o‘ylayotgani achinish bilan qabul qilinmoqda. Axir 1967 yilgi urushda Isroil Iordaniya, Suriya, Misr va Iroq ham arab koalitsiyasi tarkibida Isroilga qarshi jang qilib, o‘z yerlarini boy bergan. O‘sha urushdan Isroil o‘z hududidan 3,5 baravar katta joyni egallab olgan. Isroil armiyasi arab koalitsiyasini olti kun deganda kunpayakun qilib, keyinchalik olti kunlik urush nomini olgan jangda g‘olib bo‘lgandi.

Ko‘pchilik jim turish deganda harbiy harakatlarni tushunishi mumkin, lekin bugun dunyoda diplomatiyaning o‘zi ko‘p narsani hal qiladi. Ko‘p davlatlarning bayonotlari har qanday agressiyani ham tiyib qo‘yishi mumkin.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoy Falastinni Isroil bilan ixtilofda qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi 16 мая, 11:26
  • Trampning kuyovi arab davlatlarini Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga ko‘ndirmoqchi 23 avg, 14:53
  • Arab davlatlari Trampning «asr kelishuvi»ni rad etdi 01 fev, 23:40
  • Isroil Eronga do‘q urdi: “Harbiy operatsiya boshlaymiz!” 12 dek, 17:16
  • Trampning soʻzlaridan soʻng arablar shoshilinch yigʻilish oʻtkazmoqda 31 mar, 15:30
  • BMT Xavfsizlik kengashi Falastinni tan olish to‘g‘risidagi rezolyusiyani bekor qildi 31 dek, 16:06
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoniga yana yutqazdik (video) 22 iyun, 13:06 0
  • Diyor Imomxo‘jayev: Abramovga na shaxs na inson sifatida ishonmayman. U tayyor yetishib turgan "lola"larga gulni uzadigan bog‘bon bo‘lib keldi 22 iyun, 12:23 0
  • Vaziyat keskinlashmoqda. O‘zbek-afg‘on davlat chegarasi yopildi 22 iyun, 11:39 185
  • Yozda tishlar sog‘lom bo‘lishiga hissa qo‘shadigan 10 odat 22 iyun, 11:11 117
  • Kutilmagan g‘alaba. Barcha sobiq prezidentlar qatnashgan saylovda Pashinyan ustun keldi 22 iyun, 11:08 159
  • Prezidentning kino bo‘yicha yangi qarori qabul qilindi 22 iyun, 10:00 158
  • Kelin bu qilmishi uchun uch yilgacha qamalishi mumkin 21 iyun, 23:30 1 386
  • Sherzod Asadov prezident sayloviga nomzodlar e’lon qilinishi haqida 21 iyun, 23:00 1 094
  • “Barselona” Ronalduni transfer qilmoqchi va kelishuvga Grizmann, Koutino, Serxi Roberto qo‘shilishi mumkin 21 iyun, 22:43 1 113
  • O‘zbekiston va Qatar futbol assotsiatsiyalari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi 21 iyun, 22:32 661
  • Toliblar Tojikiston bilan chegaradagi tumanni egallab oldi 21 iyun, 21:00 1 541
  • Filippinda noyob McLaren buldozer yordamida yanchib tashlandi (video) 21 iyun, 19:25 537
  • Bo‘limlar