“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 05:43
ЎЗO‘Z

«Qo‘llarini bog‘lab, ikki soat zo‘rlashgan». Andijonda 18 yoshli kelinni zo‘rlaganlikda olti kishi gumon qilinmoqda

16 мая, 21:06 6 212 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Qo‘llarini bog‘lab, ikki soat zo‘rlashgan». Andijonda 18 yoshli kelinni zo‘rlaganlikda olti kishi gumon qilinmoqda
Foto: Videodan kadr
Andijon viloyatida besh nafar erkak dala shiyponida 18 yoshli kelinni zo‘rlagani, kelinning yaqinlari qonunbuzarlarga chora ko‘rishni so‘rayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi bayonot berib, tegishli ekspertizalar tayinlangani, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etayotganini ma’lum qilgan edi. Bosh prokuratura matbuot xizmati holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2002 yilda tug‘ilgan, «Bobog‘ozi» mahallasi Bog‘ko‘cha ko‘chasida yashovchi O.O. ismli ayolni zo‘rlaganlikda besh emas, balki olti kishi gumon qilinmoqda. Ularning barchasi Andijon tumanida yashaydi, jumladan,O.O. ismli 18 yoshli ayolning tushuntirish xatida ta’kidlanishicha, u 13 may kuni turmush o‘rtog‘i O.O. bilan birga «Qoraqalpoq» mahallasi Zaripak ko‘chasi o‘ramida joylashgan dala shiyponiga dehqonchilik ishlari bilan shug‘ullanish uchun borgan, soat taxminan 16:00 da chaylada bir o‘zi qolgan vaqtda mahalladoshi A.S. mast holatda kelib, uni va erini tanishini, ularning uyiga o‘tin olib berganini aytib, ayolning egnida bo‘lgan ko‘ylak va lozimlarini yechib tashlab, 30 daqiqa davomida jinsiy aloqada bo‘lgan.

Ayolning tushuntirishiga ko‘ra, shundan keyin A.S. sheriklarini chaqirgan, ular ham chayla ichiga kirib, ayolning qo‘llarini ushlab turgan, A.S. esa yana bir soat, undan keyin O.M. ayol bilan yarim soat jinsiy aloqa qilgan (tushuntirish xatida ta’kidlanishicha, O.M. ayolni tovuq katagi ichiga olib kirib, qo‘llarini arqon bilan bog‘lab qo‘ygan). Shundan so‘ng ayol erining oldiga borib, birga qo‘y boqqan, soat 20:30 da esa jinsiy a’zosidan qon kelib, homilasi qimirlamay qolganini bilgan.

«Fuqarolar O.M., A.S., A.M., X.J.va B.A. o‘z ko‘rsatuvlarida haqiqatan ham 13 may kuni soat taxminan 14:00 da ‘Qoraqalpoq’ mahallasi Zaripak ko‘chasi o‘ramida joylashgan dala maydoni tomonga cho‘milish uchun borgani, shu yerdagi Qoradaryo soyida cho‘milishgani, biroq shu kuni O.O. ismli ayolni ko‘rmagani va u bilan jinsiy aloqada bo‘lmaganini bildirgan», — deyiladi rasmiy ma’lumotnomada. Gumon qilinuvchi sifatida ko‘rsatilgan bobog‘ozilik M.J.dan ko‘rsatma olingan-olinmaganiga aniqlik kiritilmagan.

Mazkur holat yuzasidan 16 may kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan (bu haqda hodisaning ayrim tafsilotlari kelinning yaqinlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinganidan so‘ng ma’lum bo‘ldi), dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilgan shaxsar 3 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.

Ayni vaqtda, 118-moddaning 2-qismi «v» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib jinsiy aloqa qilish) bilan aybdor deb topilgan shaxslar 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi belgilangan. Agar nomusga tegish og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa (118-modda 3-qismi «d» bandi), aybdor 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 82
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 276
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 139
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 107
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 87
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 103
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 83
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 52
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 17
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 23
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 152
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 109
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 37
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 191
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 248
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 69
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 162
  • Bo‘limlar