“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 22 2021, 12:29
ЎЗO‘Z

Andijonda 5 oylik kelinchak 5 nafar erkak tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda

16 мая, 20:23 1 292 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andijonda 5 oylik kelinchak 5 nafar erkak tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda
Foto: Videodan kadr
Andijon viloyatida 5 oylik kelinchak besh kishi tomonidan zo‘rlangani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Unda kelin dala shiyponida idishlarni yuvish uchun chiqqanda, uni ko‘rgan 5 nafar spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan erkaklar majburlab shiyponga olib kirib, qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, zo‘rlagani aytilgan. Kelinning yaqinlari uni zo‘rlagan erkaklarga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Tarqalgan xabarlar yuzasidan Andijon viloyati IIB matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 13 may kuni fuqaro O.O. 102 qisqa raqamiga murojaat qilib, shu kuni soat 14:00 larda Andijon tumani, «Qoraqalpoq» MFYda joylashgan dala shiyponida fuqarolar S.A. va O.M. unga nisbatan zo‘rlik ishlatib jinsiy aloqada bo‘lganini ma’lum qilgan.

Foto: Videodan kadr
Holat yuzasidan hodisa sodir bo‘lgan joyga Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi rahbarligidagi tergov-tezkor guruhi voqea joyiga chiqib, hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilgan va videotasvirga olingan.

Tergovga qadar tekshirish harakatlarini to‘laligini ta’minlash maqsadida O.O.ga tegishli bo‘lgan qizil qora rangli ayollar ko‘ylagi va boshqa kiyimlari daliliy ashyo tariqasida xolislar ishtirokida olingan. Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi, sudga oid biologik ekspertiza va sudga oid fizika-texnikaviy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Tarqalgan xabarlarga O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali bo‘lim katta muharriri, Telegram’dagi «Mikrofon ko‘targan ayol» kanali blogeri Aziza Qurbonova munosabat bildirdi.
«Biz egallamagan faqat bitta reyting qoldi: zo‘rlash bo‘yicha yuqori reyting. RAPЕ (ikkinchi tomonning roziligisiz jinsiy zo‘rlik) bo‘yicha jahon reytinglarida hozircha nomimiz yo‘qligiga sabab, shunchaki qurbonlar jim edi. Qurbonlar jim — raqamlar yo‘q — raqamlar yo‘q — reytinglar ham yo‘q. Endi o‘zbek ayollar jamiyati oz-moz (juda oz) tilga kira boshladi. Ayollar gapira boshladi. Qurbonlar gapiryapti — raqamlar bor — jazolar yo‘q — tez orada reytinglar ham uyg‘onib qoladi! Rahmat sizga, aziz va sevikli erkaklar jamiyati!», — deb yozgan u Telegram’dagi sahifasida.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Buxoroda dala shiyponida fohishaxona tashkil qilgan shaxs qilmishi fosh etildi 21 dek, 09:13
  • Tergov departamenti Asakada sodir bo‘lgan pichoqbozlik holati bo‘yicha ma’lumot berdi 03 iyul, 13:10
  • Andijonda maktab direktori o‘qituvchini pichoqlagani haqida tarqalgan xabarlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 08 iyun, 14:30
  • Farg‘ona viloyatida gaz sizib chiqishi natijasida portlash sodir bo‘ldi 18 noya, 17:23
  • Zangiotalik erkak xotini ajrashmoqchi bo‘lgani uchun uni zanjirband qildi (video) 04 okt, 23:05
  • Buxoroda dala shiyponida fohishaxona tashkil qilgan 60 yoshli erkak ushlandi 27 apr, 18:26
  • So'nggi yangiliklar
  • Vaziyat keskinlashmoqda. O‘zbek-afg‘on davlat chegarasi yopildi 22 iyun, 11:39 185
  • Yozda tishlar sog‘lom bo‘lishiga hissa qo‘shadigan 10 odat 22 iyun, 11:11 116
  • Kutilmagan g‘alaba. Barcha sobiq prezidentlar qatnashgan saylovda Pashinyan ustun keldi 22 iyun, 11:08 158
  • Prezidentning kino bo‘yicha yangi qarori qabul qilindi 22 iyun, 10:00 156
  • Kelin bu qilmishi uchun uch yilgacha qamalishi mumkin 21 iyun, 23:30 1 385
  • Sherzod Asadov prezident sayloviga nomzodlar e’lon qilinishi haqida 21 iyun, 23:00 1 090
  • “Barselona” Ronalduni transfer qilmoqchi va kelishuvga Grizmann, Koutino, Serxi Roberto qo‘shilishi mumkin 21 iyun, 22:43 1 113
  • O‘zbekiston va Qatar futbol assotsiatsiyalari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi 21 iyun, 22:32 660
  • Toliblar Tojikiston bilan chegaradagi tumanni egallab oldi 21 iyun, 21:00 1 540
  • Filippinda noyob McLaren buldozer yordamida yanchib tashlandi (video) 21 iyun, 19:25 537
  • Rasul Kusherbayev: «Uzr»larga quloq ham ko‘nikib qoladi 21 iyun, 18:48 791
  • Qidiruvdagi shaxs topilgach, yarashishga qaror qildi 21 iyun, 18:13 312
  • Bo‘limlar