“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 22 2021, 12:25
ЎЗO‘Z

Ushbu infeksiyalar bilan og‘rigan bo‘lsangiz, yuragingiz alohida parvarishni talab etadi

16 мая, 19:45 1 533 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ushbu infeksiyalar bilan og‘rigan bo‘lsangiz, yuragingiz alohida parvarishni talab etadi
Foto: «Domashniy ochag»
Turmush tarzi, irsiyat, ovqatlanishning barchasi yurak salomatligiga ta’sir qiladi va yurak xuruji xavfini sezilarli darajada oshiradi. Ammo yurakka zararli deb hisoblangan yana bir omil mavjud, u infeksiyalardir. Shifokorlar agar quyidagi infeksiyalar bilan kasallangan bemorlar bo‘lsa, yurak salomatligiga e’tiborli bo‘lishini maslahat beradi.

Infeksiya yurakka qanday ta’sir qiladi?
Kardiologlarning fikriga ko‘ra, infeksiyalar yurak sog‘ligiga ikki yo‘l bilan ta’sir o‘tkazadi. Birinchisi, infeksiya doimo tanani intensiv ishlashga majbur qiladi va yurak zaiflashgan bo‘lsa, kuchaygan stress xurujni qo‘zg‘atish mumkin. Ikkinchidan, infeksiya tanadagi yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi, bu esa o‘z navbatida tomirlarda tromblarni paydo qiladi va qon aylanishida buzilishlarga olib keladi.

Gripp
Gripp infarkt va insult xavfini sezilarli darajada oshiradigan kasalliklardan biridir. Londonlik mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, tashxis qo‘yilganidan keyingi dastlabki kunlarda xavf keskin oshadi. Shuningdek, emlashlar xavfni kamaytirishga yordam beradi va nafaqat grippdan, balki yurak xurujidan ham himoya qiladi.

Bronxit
Ushbu nafas olish yo‘llari infeksiyasi yurak xurujini besh baravar, insultni uch barobarga oshiradi. Eng xavfli davr kasallikning ilk kunlari bo‘lib, organizm tiklanganidan keyingi uch oy ichida asta-sekin yo‘q bo‘lib ketadi. Shuning uchun bronxit bilan kasallangan bemorlar kamida uch oy yurak salomatligiga e’tiborli bo‘lishi zarur.

Pnevmoniya
Ma’lumotlarga ko‘ra, pnevmoniya bilan kasallangan bemorlarda yurak xuruji xavfi olti marta oshadi. Shuningdek, xavfning oshishi kasallikka chalingandan so‘ng kamida besh yil davomida saqlanib qoladi. Pnevmoniya bilan og‘rigan insonlar yurak bilan bog‘liq muammolarni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak.

Peshob yo‘li infeksiyasi
Olib borilgan tadqiqotda 35 mingga yaqin bemor ishtirok etib, peshob yo‘li infeksiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yurak xuruji va insult xavfini 40 dan 150 foizgacha oshiradi.

Sepsis
Qonga infeksiya tushgan odamlarda yurak kasalliklari va insult xavfi tuzalgandan keyin ham anchagacha saqlanib qoladi. Chunki sepsis tizimli yallig‘lanishni keltirib chiqaradi. Ushbu infeksiya davolanganidan keyin tanada uzoq vaqt saqlanib qoladi va insult va infarktning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Og‘iz bo‘shlig‘i infeksiyasi
Tish salomatligi yurak sog‘lig‘i bilan bevosita bog‘liq. Masalan, tish kasalliklari, gingivit va periodontit yurak kasalliklarini rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi. Shuning uchun tish shifokoriga yiliga ikki marta tashrif buyurish va og‘iz gigiyenasiga e’tiborli bo‘lish kerak. Bu bilan nafaqat og‘iz bo‘shlig‘i, balki yurakka ham g‘amxo‘rlik qilinadi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Bevaqt o‘lim xavfini yuzga keltiruvchi uglevodlarga boy 5 mahsulot 06 apr, 23:00
  • Yurakni hujumlardan asrang: yurak xurujini keltirib chiqaradigan 7 omil 19 mar, 12:17
  • Tishlar o‘z vaqtida davolanmasa, inson organizmida qanday o‘zgarishlar yuz beradi? 03 sen, 11:15
  • Issiq vanna yurak xuruji va insult xavfini kamaytiradi 30 mar, 07:14
  • Shifokorlar: Har kuni yuvinish xavfli 04 noya, 20:53
  • Olimlar: Qahva yurak xastaliklaridan himoya qiladi 23 iyun, 11:30
  • So'nggi yangiliklar
  • Vaziyat keskinlashmoqda. O‘zbek-afg‘on davlat chegarasi yopildi 22 iyun, 11:39 185
  • Yozda tishlar sog‘lom bo‘lishiga hissa qo‘shadigan 10 odat 22 iyun, 11:11 116
  • Kutilmagan g‘alaba. Barcha sobiq prezidentlar qatnashgan saylovda Pashinyan ustun keldi 22 iyun, 11:08 158
  • Prezidentning kino bo‘yicha yangi qarori qabul qilindi 22 iyun, 10:00 156
  • Kelin bu qilmishi uchun uch yilgacha qamalishi mumkin 21 iyun, 23:30 1 385
  • Sherzod Asadov prezident sayloviga nomzodlar e’lon qilinishi haqida 21 iyun, 23:00 1 090
  • “Barselona” Ronalduni transfer qilmoqchi va kelishuvga Grizmann, Koutino, Serxi Roberto qo‘shilishi mumkin 21 iyun, 22:43 1 113
  • O‘zbekiston va Qatar futbol assotsiatsiyalari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi 21 iyun, 22:32 660
  • Toliblar Tojikiston bilan chegaradagi tumanni egallab oldi 21 iyun, 21:00 1 540
  • Filippinda noyob McLaren buldozer yordamida yanchib tashlandi (video) 21 iyun, 19:25 537
  • Rasul Kusherbayev: «Uzr»larga quloq ham ko‘nikib qoladi 21 iyun, 18:48 791
  • Qidiruvdagi shaxs topilgach, yarashishga qaror qildi 21 iyun, 18:13 312
  • Bo‘limlar