“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 17:41
ЎЗO‘Z

"Oltin Asr" bosh murabbiyi: "Birinchi turda durang o‘ynadik, shu bois endi ochko yo‘qotishga haqqimiz yo‘q"

16 мая, 17:55 2 185 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Oltin Asr" bosh murabbiyi: "Birinchi turda durang o‘ynadik, shu bois endi ochko yo‘qotishga haqqimiz yo‘q"
Foto: championat.asia
OFK kubogi 2-turidan o‘rin olgan "Oloy" - "Oltin Asr" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida "Oltin Asr" bosh murabbiyi Yazguli Xojageldiyev va futbolchi Ahmet Atayev ishtirok etdi.
"Birinchi turda ikki ochko yo‘qotdik, shu bois endi ochko yo‘qotishga haqqimiz yo‘q. G‘alaba qozonish va guruhdagi o‘z imkoniyatlarimizni yaxshilashimiz kerak", - deb gap boshladi murabbiy.

- 1-turda ikki futbolchingiz chetlatildi. Jamoadagi intizom to‘g‘rilandimi? Sababi ertaga ham shunday davom etsa, "Nasaf" bilan so‘nggi turdagi o‘yinga futbolchilaringiz yetmay qolishi mumkin...
- (kuladi) yo‘q bunday bo‘lmasa kerak. To‘g‘ri futbolda barcha narsa bo‘lishi mumkin, ammo bungacha olib bormaymiz. Biz yaxshi narsalarga umid qilamiz.

- Birinchi turda "Xo‘jand" bilan durang o‘ynadinglar, tarkibi yangilangan jamoa shunday qarshilik ko‘rsatishini kutganmidingiz?
- Albatta kutgandik. Sababi "Xo‘jand" ayni paytda Tojikiston chempionatida o‘ynamoqda, bizda esa o‘yin amaliyoti yo‘q edi. Ertangi bahsda biz o‘yin tomonlama yanada yaxshi harakat qilamiz va ilk turda yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamaymiz.

- Guruhdagi qaysi jamoani favorit deb hisoblaysi?
- Hech qaysi jamoani alohida ko‘rsata olmayman. Sababi hozir hatto "Oloy"da ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor. Ertangi o‘yinlardan keyin ko‘p narsa oydinlashadi.

- Ilk turdagi durang qaysi jamoaga ko‘proq foyda bo‘ldi? "Oltin Asr", "Xo‘jand" yoki "Nasaf"ga?
- Durang hech qaysi jamoaga minus bo‘lgani yo‘q, sababi ochko olindi. Keyingi ikki turda biz ham, "Xo‘jand" ham ikkita g‘alabaga erishsa guruh g‘olibi bo‘lishi mumkin.

Har qanday musobaqadagi dastlabki o‘yin doim og‘ir bo‘ladi. Keyin esa o‘yindan-o‘yinga barchasi yaxshilanib boradi. "Xo‘jand" bilan durang o‘ynaganimiz noodatiy holat emas, sababi oldingi musobaqalarda ham bu jamoa bilan durang o‘ynagandik. Mezbonlarga qarshi o‘yinlar doim og‘ir o‘tgan. Hech kim ochko yo‘qotishni xohlamaydi, ammo vaziyat shunday ekan uni qabul qilamiz", - deydi Yazguli Xodjageldiyev.

"Ertaga yaxshi kayfiyatda tushamiz, qiziqarli o‘yin bo‘lishi aniq. G‘alaba qozonib Turkmaniston xalqini xursand qilishga harakat qilamiz", - deydi Ahmet Atayev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 0
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 0
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 8
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 23
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 110
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 41
  • So'nggi yangiliklar
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 0
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 0
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 0
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 0
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 0
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 8
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 23
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 13
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 20
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 79
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 85
  • Bo‘limlar