“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2021, 06:48
ЎЗO‘Z

Chexiya bosh prokurori rus josuslari bilan bog‘liq mojaro ortidan iste’foga chiqdi

14 мая, 21:56 1 253 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chexiya bosh prokurori rus josuslari bilan bog‘liq mojaro ortidan iste’foga chiqdi
Chexiya bosh prokurori Pavel Zeman iste’foga chiqishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Karel Gavlichek ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Lidové Noviny.

Gavlichekning aytishicha, vazirlar mahkamasi uning bu qarorini ma’lumot uchun qabul qilgan, ammo hukumat hozircha Zemanning iste’fosi sabablarini muhokama qilmagan.

Pavel Zeman aprelda Vrbetitsa qishlog‘idagi qurol-aslaha omborlarida 2014 yilda yuz bergan portlashlar terakt emasligini va bu ish bo‘yicha Chexiya konstitutsion tuzumi yoki mamlakat mudofaa salohiyatiga putur yetkazishga urinish aniqlanmaganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu voqealarni siyosat va OAVda qanday tasvirlash "siyosatchilarning ishi".
CT24 telekanalining xabar berishicha, Zemanning bosh prokuror sifatidagi mandati 30 iyunda tugaydi.

Eslatib o‘tamiz, 17 aprelda Chexiya bosh vaziri Andrey Babish mamlakat maxsus xizmatlaridan Vrbetitsadagi hodisaga Rossiya bosh razvedka boshqarmasi xodimlari aloqadorligi haqida axborot olganini ma’lum qildi. Bu ayblovlar Chexiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar taranglashishiga olib keldi.

Vrbetitsadagi portlashlar 2014 yil 16 oktabrda va 3 dekabrda yuz bergan. Portlashlar oqibatida 2ta ombor yo‘q bo‘lgan, 2 kishi
halok bo‘lgan.

Bir yarim oydan keyin birinchi ombordan bir kilometr uzoqlikda joylashgan boshqa omborda kuchli portlash sodir bo‘lgan. Bu yerda 100 tonnaga yaqin o‘q-dori saqlangan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Sadir Japarov Qirg‘iziston bosh vaziri etib tasdiqlandi 10 okt, 21:30
  • Pashinyan mamlakat aholisiga murojaat qilib, Ozarbayjon va Turkiyaning maqsadi armanlarni qirib tashlash ekanini aytdi 04 okt, 07:37
  • BMT Bosh kotibi pandemiya davrida dunyo duch kelgan 3 asosiy xavfni ma’lum qildi 14 avg, 14:20
  • Dunyodagi eng yosh bosh vazir futbolchiga turmushga chiqdi 02 avg, 22:43
  • AQSH bosh prokurori IT-kompaniyalar va Hollivudni Xitoy oldida tiz cho‘kishda aybladi 17 iyul, 17:05
  • Chexiyadagi restoranda noma’lum shaxs 9 kishini otib o‘ldirdi 24 fev, 23:38
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasur Jaloliddinovga Turkiya va Shveysariya klublari qiziqyapti 13 iyun, 00:05 595
  • Nukusda festivaldan so‘ng ommaviy janjal yuzaga keldi 12 iyun, 23:30 640
  • Buxoroda OIV infeksiyasini boshqa bir erkakka yuqtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 12 iyun, 23:00 597
  • Yelizaveta II: Bugun Buyuk Britaniya qirolichasi 95 yoshini nishonladi (foto) 12 iyun, 22:26 239
  • Isroil razvedkasining sobiq rahbari «yopig‘liq qozon»ni ochdi 12 iyun, 22:20 899
  • Koronavirusning asosiy simptomlari o‘zgardi 12 iyun, 20:50 714
  • Bitta hujumchi bilan o‘ynash muammosi 12 iyun, 20:10 445
  • Uyali telefon zararidan himoyalanishda yordam beradigan 4 qoida 12 iyun, 19:36 608
  • Kim Chen In Putinni «Rossiya kuni» bilan tabrikladi 12 iyun, 19:00 568
  • Hisob-kitob: O‘zbekistonning Saudiyaga qarshi o‘yinda qayd etishi kerak bo‘lgan natijasi haqida 12 iyun, 18:23 715
  • «Rossiya kuni» munosabati bilan korpusiga soat va gerb tushirilgan iPhone 12 paydo bo‘ldi 12 iyun, 18:04 252
  • Foto: TIV matbuot xizmati 11 iyun kuni Afg‘onistonning Hayraton shahrida afg‘on tomoniga 1000 dona kislorod ballonlaridan iborat gumanitar yukni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Ushbu in 12 iyun, 17:20 268
  • Bo‘limlar