“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 22 2021, 13:10
ЎЗO‘Z

Isroildan G‘azoga eng yirik hujum: 40 daqiqada samolyotlar 150 ta nishonni o‘qqa tutdi (video)

14 мая, 18:30 2 127 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Isroildan G‘azoga eng yirik hujum: 40 daqiqada samolyotlar 150 ta nishonni o‘qqa tutdi (video)
Foto: News Club
Isroil mudofaa kuchlari 14 mayga o‘tar kechasi G‘azo sektorini mojaro avj olganidan buyon eng katta ko‘lamda o‘qqa tutdi. Bu haqda Times of Israel harbiylar vakillariga asoslanib xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, G‘azo shimolidagi 150 ta nishonga taxminan 40 daqiqa ichida 160 ta samolyotdan 450 ta raketa otilgan. Raketa hujumi bilan birga chegara orqali artilleriya va tanklar tomonidan o‘t ochilgan.
Kechaning boshida Isroil armiyasi o‘z Twitter’ida «havo va quruqlik kuchlari G‘azoda hujum uyushtirmoqda» deb yozdi. Tvit asosida ko‘plab ommaviy axborot vositalari G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiya boshlangani haqida xulosa qildi.

Keyinchalik, Isroil armiyasi quruqlikdagi qo‘shinlar sektor chegarasini kesib o‘tmagani va Isroil hududidan turib zarba berish bilan chegaralanganini aytdi. «TASS» xabariga ko‘ra, Isroil mudofaa kuchlarining rasmiy vakili «xatolik» uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.

Isroil harbiylarining ta’kidlashicha, hujumning asosiy nishoni HAMAS jangarilarining harakatlanish va boshpana uchun foydalanadigan tunnellar tarmog‘idir.  HAMAS’ga yetkazilgan zarar ko‘lami hali aniqlanmoqda.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi veb-saytida xabar qilinishicha, Isroilning G‘azo sektoriga havo hujumlari va o‘t ochishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 119 kishiga yetgan, 800 kishi jarohat olgan. Qurbonlarning 31 nafari bolalar, 19 nafari ayollar.

Isroilda halok bo‘lganlar soni 13 may holatiga ko‘ra, yetti kishini tashkil qilgan.
Isroil mudofaa kuchlari xabariga ko‘ra, G‘azo sektoridagi jangarilar, o‘z navbatida, tunda Isroil hududiga raketa hujumlarini davom ettirgan. Kecha davomida G‘azodan 220 ta raketa otilgan, ularning aksariyati «Temir gumbaz» tizimi tomonidan tutib qolingan, ammo bir nechtasi nishonga tegib, bir kishi jiddiy jarohat olgan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Isroil shaharlarida yahudiylar va arablar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi (video) 13 мая, 16:50
  • Armaniston Ozarbayjon qurolli kuchlari Tog‘li Qoraboqqa hujum boshlaganini e’lon qildi 12 dek, 23:34
  • Koronavirus sabab qiyomat bo‘lishidan qo‘rqqan erkak 15 yil oldin o‘g‘irlangan artefaktni joyiga qaytardi 26 mar, 08:18
  • Oyning narigi tomonidan olingan yangi suratlar paydo bo‘ldi (foto) 08 apr, 00:43
  • Suriyada qo‘lga olingan IShID jangarilari orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor (foto) 10 yanv, 17:18
  • Eronda ikkita terrorchilik guruhi zararsizlantirildi 22 noya, 18:12
  • So'nggi yangiliklar
  • Diyor Imomxo‘jayev: Abramovga na shaxs na inson sifatida ishonmayman. U tayyor yetishib turgan "lola"larga gulni uzadigan bog‘bon bo‘lib keldi 22 iyun, 12:23 0
  • Vaziyat keskinlashmoqda. O‘zbek-afg‘on davlat chegarasi yopildi 22 iyun, 11:39 185
  • Yozda tishlar sog‘lom bo‘lishiga hissa qo‘shadigan 10 odat 22 iyun, 11:11 116
  • Kutilmagan g‘alaba. Barcha sobiq prezidentlar qatnashgan saylovda Pashinyan ustun keldi 22 iyun, 11:08 158
  • Prezidentning kino bo‘yicha yangi qarori qabul qilindi 22 iyun, 10:00 158
  • Kelin bu qilmishi uchun uch yilgacha qamalishi mumkin 21 iyun, 23:30 1 386
  • Sherzod Asadov prezident sayloviga nomzodlar e’lon qilinishi haqida 21 iyun, 23:00 1 094
  • “Barselona” Ronalduni transfer qilmoqchi va kelishuvga Grizmann, Koutino, Serxi Roberto qo‘shilishi mumkin 21 iyun, 22:43 1 113
  • O‘zbekiston va Qatar futbol assotsiatsiyalari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi 21 iyun, 22:32 661
  • Toliblar Tojikiston bilan chegaradagi tumanni egallab oldi 21 iyun, 21:00 1 541
  • Filippinda noyob McLaren buldozer yordamida yanchib tashlandi (video) 21 iyun, 19:25 537
  • Rasul Kusherbayev: «Uzr»larga quloq ham ko‘nikib qoladi 21 iyun, 18:48 792
  • Bo‘limlar