“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 21:01
ЎЗO‘Z

«Niyat qilib so‘rayotganda o‘zingizga chegara qo‘ymang» — Muhammad Ali Eshonqulov

14 мая, 16:35 5 898 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Niyat qilib so‘rayotganda o‘zingizga chegara qo‘ymang» — Muhammad Ali Eshonqulov
Biznesni boshlayotib, dastlabki oylarda qiyinchilik bo‘lishiga ishongan odam haqiqatan qiyinchilikka uchraydi. Niyatni to‘g‘ri qilish kerak, deydi biznes-murabbiy.Biznes-murabbiy Muhammad Ali Eshonqulov MFaktor loyihasidagi suhbatda niyat, rizq va tadbirkorlik haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Odam o‘z niyatiga yarasha oladi. Xudodan rizqimni halolidan bergin va oson qilib bergin, deb so‘rash kerak ekan. Odam o‘zidan norozi bo‘lishi kerak, lekin ko‘pchilik teskarisi: o‘zini mukammal odam deb hisoblab, xudo bergan taqsimotga norozi bo‘lib yuraveradi. Bu – noshukrlik. Noshukrlik doim hasratni keltirib chiqaradi.

Kim o‘zida bor narsalarga shukr qilsa, Alloh taolo uni unda yo‘q narsalar bilan rizqlantiradi-da. Bir inson qiynalib, kun issiqligidan terlab tepaga yuk tortib chiqayotgan ekan. To‘xtab, xudoga nolibdi: «Ey xudo, men shu bir burda nonni topaman deb jonimni shuncha qiynashim shartmi? Rizqimni kafilligini olgan bo‘lsang, men yotsam-u rizqim o‘zi kelaversa bo‘lmasmidi?»

Sal nariroqda ikki odam urushayotgan ekan. U ularni ajrataman deb kelsa, shu payt mirshablar kelib, uchalasi jamoatchilik tinchini buzyapti deb olib borib qamab qo‘yibdi. Zindonda, sovuqda yotsa, eshik taqillabdi. Qarasa, non bilan suv olib kelishgan ekan. Keyin tavba qilgan ekan: «Ey xudo, bu yerda rizqimni yeb yotgandan ko‘ra, ozodlikda tinchina mehnat qilganim yaxshi edi».

Eng muhimi, niyatni to‘g‘ri qilish. Rejalashtirishda xato qilish – xato qilishni rejalashtirish deyishadi. Shuning uchun insonlar hayotini reja qilayotganda, niyat qilib so‘rayotganda o‘ziga o‘zi chegara qo‘ymasligi kerak.

Bir bahodir cho‘l-u dashtda suvsizlikdan qiynalib, adashib qolibdi. Yurib-yurib, holdan toyay degan payti hovuzni ko‘rib qolibdi. Tip-tiniq, zo‘r hovuz ekan. Kuchini bir joyga yig‘ib, u yerga yetib borib, endi hovuzdagi suvdan ichaman desa, yonida uch boshli ajdar uxlab yotibdi ekan. Qilichini chiqarib, olishib ketibdi. Ancha payt jang qilib, bitta kallasini olibdi. Yana ancha vaqt kurashib, ikkinchi kallasini olibdi. Keyin ikkalasi ham charchab, bir-biriga suyanib qolibdi. Shunda ajdar so‘rabdi: «O‘zi nimaga kelgandingmi?» Bahodir aytibdi: «Suv ichmoqchi edim». Ajdar aytgan ekan: «Ichaversang bo‘lmasmidi, men senga biror narsa dedimmi?»

Ya’ni o‘zimiz yo‘q joydan uch boshli ajdarlar yaratib olmasligimiz kerak. Muammoga o‘zingizni borib urmasangiz, tegmasangiz, muammo sizga tegmaydi. Ong ostida bor narsa: odam kasallikni o‘zi chaqiradi.

Shuning uchun eng avvalo niyatimizni poklab, to‘g‘rilab olishimiz kerak. Masalan, «Shu biznesni boshlayapman, boshida katta qiyinchilik bo‘ladi, 3-6 oylab katta minusga kiramiz, lekin bardam bo‘lishimiz kerak, 6 oydan keyin zo‘r bo‘lib ketadi» desa, u 6 oy aniq foydaga kirmaydi.

Niyatni to‘g‘ri qilib: «Xudo baraka berib qolsa ajab emas, birinchi kundanoq savdo zo‘r bo‘lib ketsa, bozorda «bum» bo‘lsak, oshig‘imiz olchi bo‘lib, pulni eplolmay qolsak» desa, u o‘sha yo‘lni tanlaydi.
Henri Ford aytgan, bir ishni qila olaman deb o‘ylasangiz ham, qila olmayman deb o‘ylasangiz ham, haqsiz», – ta’kidladi u.

Muhammad Ali Eshonqulov inson muvaffaqiyat qozonishida ota-onasining o‘rni katta ekani haqida ham so‘z yuritdi.
«Hayotda hech kim sizga ishonmagan taqdirda ham, oldingizda ota-onangiz ishonch bildirib tursa, oldingizdan chiqqan mashaqqatlar hech narsa emas. Agar o‘z oilangiz ishonmay turgan bo‘lsa, eng mayda narsaga ham qoqilib yiqilib qolaverasiz ekan.

Ota-ona beradigan eng kuchli motivatsiya – qalban rozilik va duo.

Men Diplomatiya universitetiga topshirgan paytimda, mendan kuchli bolalar bor edi, gap-so‘zlaridan bilganman, biroq shu yigitlarni kursdoshlarim safida ko‘rmadim. Biz ulardan aqlliroq yoki kuchliroq bo‘lganimiz uchun emas, ota-onamizning duolari sabab o‘qishga kirdik, deb o‘ylayman.

Eng kuchli motivatsiya – ota-ona duosi. Siz farzandingizni samimiy duo qilarkansiz, u harakat qilsa-qilmasa, biri ikki bo‘lib ketaveradi.

Hozir ota-onalar farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishga vaqti bo‘lmayapti, bunday sharoitda eng zo‘r narsa – bolani kitob bilan oshno qilish kerak. Masalan, 50-100 ta kitob ro‘yxatini qilib, bolaga bir yilda shularni o‘qib chiqsa, bir yaxshi mukofot va’da qilish kerak.

Ayniqsa o‘g‘il farzandga pulni ko‘p berib, mehrni kam bersangiz, uni eplab bo‘lmay qoladi. Teskari effekt beradi. Mehrni ko‘p berib, pulni kamroq bersangiz, o‘zi qiynalib sekin-sekin erishsa, xudo xohlasa hammasi zo‘r bo‘ladi. Demak, bolalarni mehr berib, o‘qitish kerak», – deydi biznes-murabbiy.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 97
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 49
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 241
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 275
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 22
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 96
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 77
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 157
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 88
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 146
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 184
  • Bo‘limlar