“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 22 2021, 12:54
ЎЗO‘Z

«OTMlarda chet tillari yo‘nalishidagi fakultetlarda qabul kvotalari oshiriladi»

14 мая, 12:37 914 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«OTMlarda chet tillari yo‘nalishidagi fakultetlarda qabul kvotalari oshiriladi»
Oliy ta’lim muassasalarida chet tillari yo‘nalishidagi fakultetlarda qabul kvotalari ikki baravarga, grant o‘rinlar soni uch baravarga oshiriladi. Bu haqda xalqaro press-klubning «Xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha yangi tizim — kelajak uchun mustahkam poydevor» nomli sessiyasida Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Farrux Omonov ma’lum qildi.

Direktor o‘rinbosarining qayd etishicha, shu davrga qadar 25ta oliy ta’lim muassasasida chet tili mutaxassislari uchun 8000ta kvota ajratilgan bo‘lsa, endilikda ularning soni ikki baravarga oshiriladi. Ya’ni qabul kvotalari 16000taga yetkaziladi va grant o‘rinlar soni 3 baravarga oshiriladi. Ingliz tilidan dars beruvchi mutaxassislar uchun metodikani o‘rgatish maqsadida «El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan ham alohida kvotalar ajratilmoqda.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasasiga kirish istagida bo‘lgan yoshlar uchun til o‘rganadigan xususiy o‘quv markazlarining kamligi va ularda narxlarning ancha qimmat ekanligi ham tahlil qilindi.

«Respublikadagi til o‘rganish markazlarini, ya’ni nodavlat ta’lim muassasalarini tahlil qilganimizda ular asosan shahar va viloyat markazlarida joylashgani ma’lum bo‘ldi. Bunday hududlardan uzoqlashilgani sari bunday markazlar soni kamayib boraveradi. Davlat rahbari tomonidan ham faqatgina davlat ta’lim resurslari bilan cheklanib qolmasdan, nodavlat ta’lim muassasalari kuchidan ham foydalanish, ularni ko‘paytirish haqida topshiriq berildi», dedi Farrux Omonov.

Yaqinda tashkil etilgan Xorijiy tillarni ommalashtirish agentligi tomonidan 10ta tilni ommalashtirish bo‘yicha ish olib borishi yo‘lga qo‘yiladi. Bu orqali davlat va nodavlat sektoridagi o‘quv kurslarida xorijiy tillarni o‘rgatish qo‘llab-quvvatlanadi va pulli o‘quv kurslariga bo‘lgan talab qondiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 6 may kuni prezident boshchiligida o‘tkazilgan chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etilishi ma’lum qilingan edi.

Bu agentlik dunyoda samarali natija bergan o‘qitish metodikalari, dastur va darsliklarini ta’lim tizimida joriy etib, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishga ko‘maklashadi. Ta’lim muassasalari, tarmoqlar va hududlarning ehtiyojidan kelib chiqib, kamida 10ta (ingliz, rus, nemis, fransuz, xitoy, koreys, yapon, turk, arab, fors) chet tilini o‘rgatishni tashkillashtiradi.

Bundan tashqari, mazkur yig‘ilishda har bir tuman hokimlariga maktablardagi chet tili xonalarini kerakli jihozlar bilan ta’minlash uchun 1 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratish haqida ko‘rsatma berildi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Chet tillari bo‘yicha qabullar soni 2 baravarga, davlat granti esa 3 baravarga oshiriladi 06 мая, 19:30
  • Ikkinchi mutaxassislikka hujjat qabul qilish 10 avgustdan boshlanadi 08 avg, 19:53
  • 2020/2021 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi 13 iyun, 09:15
  • OTMlarda ikkinchi darajali fanlar soni ikki baravarga qisqartiriladi 02 mar, 22:30
  • Yangi o‘quv yili uchun qabul kvotalari soni keskin ravishda oshirildi 05 iyul, 09:10
  • Oliy ta’lim muassasalarida qabul kvotalari 2 barobar oshiriladi 21 noya, 12:57
  • So'nggi yangiliklar
  • Diyor Imomxo‘jayev: Abramovga na shaxs na inson sifatida ishonmayman. U tayyor yetishib turgan "lola"larga gulni uzadigan bog‘bon bo‘lib keldi 22 iyun, 12:23 0
  • Vaziyat keskinlashmoqda. O‘zbek-afg‘on davlat chegarasi yopildi 22 iyun, 11:39 185
  • Yozda tishlar sog‘lom bo‘lishiga hissa qo‘shadigan 10 odat 22 iyun, 11:11 116
  • Kutilmagan g‘alaba. Barcha sobiq prezidentlar qatnashgan saylovda Pashinyan ustun keldi 22 iyun, 11:08 158
  • Prezidentning kino bo‘yicha yangi qarori qabul qilindi 22 iyun, 10:00 156
  • Kelin bu qilmishi uchun uch yilgacha qamalishi mumkin 21 iyun, 23:30 1 385
  • Sherzod Asadov prezident sayloviga nomzodlar e’lon qilinishi haqida 21 iyun, 23:00 1 093
  • “Barselona” Ronalduni transfer qilmoqchi va kelishuvga Grizmann, Koutino, Serxi Roberto qo‘shilishi mumkin 21 iyun, 22:43 1 113
  • O‘zbekiston va Qatar futbol assotsiatsiyalari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi 21 iyun, 22:32 661
  • Toliblar Tojikiston bilan chegaradagi tumanni egallab oldi 21 iyun, 21:00 1 540
  • Filippinda noyob McLaren buldozer yordamida yanchib tashlandi (video) 21 iyun, 19:25 537
  • Rasul Kusherbayev: «Uzr»larga quloq ham ko‘nikib qoladi 21 iyun, 18:48 791
  • Bo‘limlar