“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2021, 06:33
ЎЗO‘Z

O‘rgimchak uyasi haqida nimalarni bilamiz?

13 мая, 22:30 2 375 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘rgimchak uyasi haqida nimalarni bilamiz?
Ko‘pchiligimiz o‘rgimchak uyasini ko‘rganmiz. Ba’zan o‘zimiz sezmay o‘sha uyani libosimizga ilashtirib olamiz. Qachonki mayin ipi yuzimizga urilgach, darhol yuzimizni silaymiz. Ana shu uya haqida Qur’oni Karimda zikr qilinganidan xabaringiz bormi?

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday deb marhamat qilgan: «Allohni qo‘yib, o‘zga do‘stlar tutganlarning misoli o‘ziga uy tutgan o‘rgimchakka o‘xshaydi. Holbuki, eng zaif uy o‘rgimchakning uyasidir. Koshki bilsalar edi».
(Allohdan o‘zganing yo‘lini tutganlar, uning uyidan o‘zga uyda yashashni ixtiyor qilganlar o‘zlarining o‘rgimchak uyasida yashashni ixtiyor qilayotganlarini koshki bilsalar edi. Ularning tuzgan tuzumlari xuddi o‘rgimchak uyasiga o‘xshab, o‘ta nimjon ekanini bilsalar edi. Takabburliklari ila Alloh qurib bergan ulug‘vor qasrni inkor etib, o‘rgimchak uyasida yashashni ixtiyor qilayotganlarini bilsalar edi. Bu haqiqatni biladilarmi, bilmaydilarmi — ularga farqi yo‘q.) (Ankabut surasi, 41-oyat).

Alloh taolo ushbu oyatda O‘zidan boshqani iloh qilib olganlarni o‘ziga uy tutgan o‘rgimchakka o‘xshatmoqda. Holbuki, eng zaif uy o‘rgimchakning uyasidir. Ushbu uya o‘rgimchakni qishning sovug‘idan, yozning issig‘idan, dushmanning hujumidan saqlay olmagani kabi mushriklar topinayotgan but-sanamlar ham o‘sha mushriklarni hech narsadan himoya qila olmaydi.
Ushbu oyatda bir necha e’joz (aqllarni ojiz qoldiradigan narsa, mo‘’jiza) bor.

Alloh taolo oyatda o‘rgimchakka aloqador fe’lni muannas shaklda keltirib, اتَّخَذَتْ (ittaxozat) degan. Buni qarangki, o‘rgimchakning erkagi emas, faqat urg‘ochisi uya solar ekan. Olimlar bu haqiqatni yaqinda bildilar. Vaholanki, Qur’oni Karim bu haqiqatni o‘n to‘rt asrdan beri aytib keladi.

Alloh taolo o‘rgimchak uyasini “eng zaif uy” dedi. Ushbu zaiflik moddiy va ma’naviy ko‘rinishda ekan.
O‘rgimchak uyasi uy uchun kerak bo‘lgan narsalardan xolidir. Unda xotirjamlik, sokinlik degan narsalar yo‘q. Urg‘ochi o‘rgimchak erkagi bilan qo‘shilgandan so‘ng erkagini o‘ldirib, yeydi. Bolalari tuxumdan chiqqanidan so‘ng bir-birini yeydi. Urg‘ochi o‘rgimchak o‘ljani ovlash, erkagini chaqirish uchun uya to‘qiydi. Bu ma’naviy jihatdan eng zaif uy ekaniga misol.

O‘rgimchak uyasining ipi mayin ipak bo‘lib, unda yashovchini issiq-sovuqdan saqlolmaydi, soyabonlik qilolmaydi, yomg‘ir va qordan pana qilolmaydi, qattiq shamoldan to‘solmaydi, o‘rgimchakni qush kabi dushmanlaridan qutqarolmaydi. Bunisi moddiy jihatdan eng zaif uy ekaniga misol.

 Nozimjon Hoshimjon tayyorladi
Manba: islom.uz



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Ro‘zaning mohiyati nima va kimlar ro‘za tutmasa ham bo‘ladi? 24 apr, 10:46
  • Ko‘z yoshi ne’matdir 20 avg, 20:20
  • Avstraliyada o‘rgimchakning 5 yangi turi aniqlandi 07 sen, 20:29
  • Amerikalik teleboshlovchi elkasidagi ulkan o‘rgimchak bilan jonli efirni olib bordi (Video) 31 iyul, 11:31
  • Ilon va o‘rgimchak jangi (Video) 19 fev, 16:10
  • Video: Fors ko‘rfazining "O‘rgimchak odami" 13 мая, 16:51
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasur Jaloliddinovga Turkiya va Shveysariya klublari qiziqyapti 13 iyun, 00:05 595
  • Nukusda festivaldan so‘ng ommaviy janjal yuzaga keldi 12 iyun, 23:30 640
  • Buxoroda OIV infeksiyasini boshqa bir erkakka yuqtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 12 iyun, 23:00 597
  • Yelizaveta II: Bugun Buyuk Britaniya qirolichasi 95 yoshini nishonladi (foto) 12 iyun, 22:26 239
  • Isroil razvedkasining sobiq rahbari «yopig‘liq qozon»ni ochdi 12 iyun, 22:20 899
  • Koronavirusning asosiy simptomlari o‘zgardi 12 iyun, 20:50 714
  • Bitta hujumchi bilan o‘ynash muammosi 12 iyun, 20:10 445
  • Uyali telefon zararidan himoyalanishda yordam beradigan 4 qoida 12 iyun, 19:36 608
  • Kim Chen In Putinni «Rossiya kuni» bilan tabrikladi 12 iyun, 19:00 568
  • Hisob-kitob: O‘zbekistonning Saudiyaga qarshi o‘yinda qayd etishi kerak bo‘lgan natijasi haqida 12 iyun, 18:23 715
  • «Rossiya kuni» munosabati bilan korpusiga soat va gerb tushirilgan iPhone 12 paydo bo‘ldi 12 iyun, 18:04 252
  • Foto: TIV matbuot xizmati 11 iyun kuni Afg‘onistonning Hayraton shahrida afg‘on tomoniga 1000 dona kislorod ballonlaridan iborat gumanitar yukni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Ushbu in 12 iyun, 17:20 268
  • Bo‘limlar