“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2021, 07:30
ЎЗO‘Z

Ibrohim Halil Yo‘ldoshev: Yevropaga ketmoqchi ekanligi, orzulari va Xyuistraning Arveladzedan farqi haqida

13 мая, 15:30 1 238 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ibrohim Halil Yo‘ldoshev: Yevropaga ketmoqchi ekanligi, orzulari va Xyuistraning Arveladzedan farqi haqida
Sports.uz o‘zbek futbolidagi eng iqtidorli yosh futbolchilardan biri - Ibrohim Halil Yo‘ldoshev bilan suhbat uyushtirdi.
- «Bunyodkor» sizni kashf etdi, lekin «Paxtakor» sizni qaytarib oldi. «Qaldirg‘ochlar»ni tashlab ketish qiyin bo‘lmadimi?
- Qiyin bo‘lmadi, ammo menga berilgan imkoniyat uchun Vadim Karlenovichdan minnatdorman. Jamoaga kelishim bilan ikki kundan so‘ng asosiy tarkibda maydonga tashlagandi.

- «Paxtakor» safida «Nasaf»ga qarshi o‘yinda sizni zaxiradan maydonga tushishingiz voqealarni o‘zgartirib yubordi. Aytingchi, natijaga ta’sir ko‘rsataman deb o‘ylaganmidingiz?
- Ochig‘i, kutmagan edim. Boz ustiga, zaxiradan tushib o‘yinni o‘zgartirish haqida o‘ylagan bo‘lsam ham, lekin g‘alaba qozonish haqida o‘ylamagandim. Yaratganni irodasi bo‘ldi.

- Asl pozitsiyangiz himoyachi yoki hujumchi?
- Men himoyachi emasman. Hujumda to‘p surish ko‘proq yoqadi. Shunday bo‘lsada, murabbiylar ko‘rsatmasidan kelib chiqib orqa chiziqda to‘p surishim mumkin.

- Siz Shota Arveladze bilan birgalikda ishlagansiz. Endi Piter Xyuistra qo‘l ostida faoliyat olib boryapsiz. Ularning o‘yin uslubi bir xilmi?
- Tashqaridan bir xildek ko‘rinishi mumkin, ammo o‘yin qurishda farq katta. Futbolchi sifatida aytishim mumkin, ular talab qiladigan narsalar bir-birini qaytarmaydi. Xyuistrani o‘z strategiyasi bor deb hisoblayman.

- Klub bilan MTJ sharafini himoya qilishning qanday farqi bor?
- Farqi katta. Klub o‘z yo‘liga. Terma jamoa libosida siz vatan sha’nini himoya qilishingiz kerak. Klubdagi yutuq jamoaniki. Agar, terma jamoada g‘alaba qozonsangiz, butun xalq xursand bo‘ladi. Mag‘lubiyatlar ham shunday. MTJdagi omadsizlikni hamma yuragiga yaqin oladi. Mas’uliyat katta.

-Bizda «iqtidorli bolalar qishloqlarda qolib ketyapti»,- degan atama bor. Xo‘sh, iqtidorli bolalar o‘zi istasa sizga o‘xshab «yorib chiqishi» mumkinmi? Yoki bunga omad kerakmi?
- Hozir Toshkentdagi katta jamoalarning barchasida viloyatdan kelgan yosh futbolchilar shug‘ullanmoqda. O‘ylashimcha, iqtidorli bo‘lsangiz kifoya. Omad shart emas. Barchasini yengib o‘tish uchun mehnat qilish kerak. O‘z ustida tinimsiz ishlagan futbolchilar bir kun yuzaga chiqadi.

- Siz ham Xojimat Erkinov singari Eldor Shomurodovning agenti bilan shartnoma imzolaganingiz haqida mish-mishlar yuribdi. Bu qanchalar haqiqatga yaqin?
- Keling, shu sir bo‘lib qolsin. Hozirdan biror narsa demoqchi emasman. Vaqti kelganida muxlislar, albatta, bilib olishadi.

- Kelajakdagi rejalar qanday? Xorijga yo‘l olish rejangizda bormi?
- Albatta, bor. Nasib qilsa, chet klublarda to‘p surib mahoratimni yanada oshirmoqchiman. Imkon boricha O‘zbekistonda qolmaslikka harakat qilaman. Asosiy maqsadim ham shu. O‘sishni istagan futbolchi, albatta, legioner bo‘lishi kerak. Ana shunda, yangi darajaga ko‘tarilish mumkin.
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev suhbatlashdi




 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • "Eyr Fors" murabbiyi "Paxtakor" bilan kechgan o‘yin haqida nimalar dedi? 18 apr, 17:57
  • Zahiradan maydonga tushgan Shahboz Umarov 2 daqiqada 2 supergol kiritdi (video) 03 apr, 19:20
  • Zaxiradan maydonga tushgan Masharipov o‘yin taqdirini o‘zgartirib yubordi (video) 27 fev, 10:26
  • Tedesko O‘runov haqida: Uch hafta mashg‘ulot o‘tkazmagan futbolchini maydonga tushira olmayman 10 avg, 09:03
  • «Bunyodkor» o‘z maydonida «Paxtakor»ni yirik hisobda mag‘lub etdi 29 apr, 21:01
  • «Paxtakor» «Bunyodkor»ni engdi va birinchi o‘ringa qaytdi 31 мая, 22:35
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasur Jaloliddinovga Turkiya va Shveysariya klublari qiziqyapti 13 iyun, 00:05 595
  • Nukusda festivaldan so‘ng ommaviy janjal yuzaga keldi 12 iyun, 23:30 640
  • Buxoroda OIV infeksiyasini boshqa bir erkakka yuqtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 12 iyun, 23:00 597
  • Yelizaveta II: Bugun Buyuk Britaniya qirolichasi 95 yoshini nishonladi (foto) 12 iyun, 22:26 239
  • Isroil razvedkasining sobiq rahbari «yopig‘liq qozon»ni ochdi 12 iyun, 22:20 899
  • Koronavirusning asosiy simptomlari o‘zgardi 12 iyun, 20:50 715
  • Bitta hujumchi bilan o‘ynash muammosi 12 iyun, 20:10 445
  • Uyali telefon zararidan himoyalanishda yordam beradigan 4 qoida 12 iyun, 19:36 608
  • Kim Chen In Putinni «Rossiya kuni» bilan tabrikladi 12 iyun, 19:00 568
  • Hisob-kitob: O‘zbekistonning Saudiyaga qarshi o‘yinda qayd etishi kerak bo‘lgan natijasi haqida 12 iyun, 18:23 715
  • «Rossiya kuni» munosabati bilan korpusiga soat va gerb tushirilgan iPhone 12 paydo bo‘ldi 12 iyun, 18:04 252
  • Foto: TIV matbuot xizmati 11 iyun kuni Afg‘onistonning Hayraton shahrida afg‘on tomoniga 1000 dona kislorod ballonlaridan iborat gumanitar yukni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Ushbu in 12 iyun, 17:20 268
  • Bo‘limlar