“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2021, 12:38
ЎЗO‘Z

Toshkentda singlisini o‘ldirish uchun 5 ming dollarga qotil yollagan ayolga sud hukmi o‘qildi

12 мая, 18:36 3 991 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda singlisini o‘ldirish uchun 5 ming dollarga qotil yollagan ayolga sud hukmi o‘qildi
Toshkentning Yunusobod tumanida o‘z singlisini o‘ldirish uchun 5 ming dollarga qotil yollagan ayolga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda «Darakchi.uz» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2010 yilda Gulsara Rajabova Namangandan Toshkentda yashovchi opasi Halima Rajabova uyiga kelgan. Ular «Abu Saxiy» bozorida sovun va xo‘jalik mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullangan va birgalikda jamg‘argan puliga 2012 yilda Yunusobod tumanidan xonadon sotib olgan. 2019 yilgacha ular ahil yashagan. Halima Rajabova ularga tegishli yuklarni aytilgan joydan olib kelib, bozorga yetkazib berish bilan shug‘ullangan Zoir ismli shaxs bilan tanishib qolib, munosabatlari chuqurlashgach, opa-singil o‘rtasida o‘zaro kelishmovchiliklar yuzaga kelgan.

Muammoning yechimini singlisini qasddan o‘ldirish deb hisoblagan opa buni 5 ming dollar evaziga muqaddam qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etib, jazo muddatini o‘tab chiqqan tanishi Xolida Safarova orqali amalga oshirmoqchi bo‘lgan, ammo rejasi amalga oshmagan.

Xolida Safarova sodir etish uchun taklif etilayotgan bu jinoyatning oqibati juda og‘ir va qiyin ekanligini aytganidan so‘ng, Halima Rajabova undan ushbu qotillikni amalga oshirishda boshqa shaxsni topib berishni iltimos qilgan. Jazo muddatini o‘tab chiqqan ayol bu haqda tanishi Vazira Egamovaga aytgan va ular o‘zaro maslahatlashib, singilning hayotini saqlab qolish maqsadida rejalashtirilayotgan jinoiy harakat hamda unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, Yunusobod tuman IIO FMBga ariza bilan murojaat qilgan.

«Sudlanuvchi Rajabova Halima tug‘ishgan opam bo‘ladi. Shu paytgacha ikkalamiz bir uyda ahil va inoq yashab kelayotgandik. Opam Zoir bilan tanishib, uchrashishni boshlaganidan keyin batamom o‘zgardi. U bizga begona odamga aylandi. Oilali erkak bilan uchrashib yurishi, uyga kelmay qolishi menga yoqmadi. Unga bo‘y yetgan qizi borligini, bu ishi noto‘g‘riligini tushuntirmoqchi bo‘ldim. Zoirga ham bu haqda gapirdim. Ammo ular o‘z bilganlaridan qolishmadi. Mening bor aybim shu», — degan sudda jabrlanuvchi sifatida so‘ralgan Gulsara Rajabova va opasini kechirganini, unga nisbatan da’vosi yo‘qligini aytib, jazo tayinlashda yengillik berishni so‘ragan.

Singlisini o‘ldirmoqchi bo‘lgan Halima Rajabova Jinoyat kodeksining 25 (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 97-moddasining 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash)ni qo‘llab, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Andijonda erini o‘ldirish uchun 30 ming dollarga odam yollagan ayolga sud hukmi o‘qildi 20 okt, 23:45
  • Toshkentda singil o‘z opasini o‘ldirish uchun 5 ming dollarga qotil yolladi 03 iyun, 13:03
  • Namanganda 74 yoshli ayolni urib o‘ldirgan qotil 20 yilga «kesildi» 04 mar, 09:48
  • Erini o‘ldirish uchun 50 ming AQSH dollariga odam yollagan ayol qo‘lga olindi 20 fev, 23:00
  • Namanganda akasini o‘ldirish uchun qotil yollagan singil 29 apr, 12:56
  • Kelinini o‘ldirish uchun killer yollamoqchi bo‘lgan qaynota hibsga olindi 18 мая, 14:42
  • So'nggi yangiliklar
  • Angrenda 10 tonna spirt mahsuloti noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi 20 iyun, 10:33 180
  • Dunyo bo‘ylab qochoqlar soni rekord darajada o‘sdi — BMT 20 iyun, 09:53 304
  • «Paxtakor»ning bir yilda 1,3 million yevro maosh oladigan futbolchisi Eren Derdiyok klubni tark etdi 20 iyun, 09:17 469
  • Rossiyada samolyot halokatga uchradi 20 iyun, 08:39 687
  • OFK O‘zbekiston MTJga taalluqli bo‘lmagan muhim xabarni e’lon qildi 20 iyun, 08:00 1 121
  • Shunchaki dahshat: Bektemir Meliqo‘ziyev prof boksdagi 8-jangida ayanchli nokautga uchradi 20 iyun, 06:29 1 401
  • «Bu insoniyatga qarshi jinoyat...» – Maxfiy lagerlarga doir ma’lumotlar ochiqlandi 20 iyun, 06:21 1 115
  • 20 yoshli ayolning o‘limi siri ochildi: qotilni «aqlli» soat va smartfon topib berdi 19 iyun, 21:36 865
  • Birodar Abduraimov Odil Ahmedovga: «Yugurish kerak, uka. O‘zbekiston terma jamoasida bunday o‘ynash aslo mumkin emas» 19 iyun, 21:09 1 865
  • Arnasoylik 3 nafar fuqaroga kompensatsiya pullari undirib berildi 19 iyun, 20:43 646
  • Ajrashgan oilalar yarashtirildi 19 iyun, 20:15 616
  • Abdusalom Azizov: «Bolalar futbolidan tortib, barcha futbol tizimimizni qayta ko‘rib chiqish lozimligini to‘liq tushunib yetdik» 19 iyun, 19:30 739
  • Bo‘limlar