“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2021, 07:53
ЎЗO‘Z

Toshkentda homilador ayolni sarson qilgan tibbiyot xodimlari vazifasidan ozod etildi

12 мая, 09:26 1 131 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda homilador ayolni sarson qilgan tibbiyot xodimlari vazifasidan ozod etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar 1-son tug‘ruq kompleksiga homilador ayolini olib kelgan turmush o‘rtog‘i tomonidan suratga olingan videomaterial paydo bo‘ldi. Unda aytilishicha, homilasi yetilib, tug‘ruq og‘riqlari boshlangan bo‘lsada, ayolni ushbu tibbiyot muassasasiga qabul qilishmagan hamda unga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilmagan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, mazkur masala yuzasidan sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev tug‘ruqqa ixtisoslashgan shahar va respublika tibbiyot muassasalari bosh vrachlari ishtirokida tezkor yig‘ilish o‘tkazdi. Unda sog‘liqni saqlash tizimining xalqimiz oldidagi obro‘yiga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan bunday salbiy holatlar keskin tanqid qilinib, boshqa uni takrorlanmasligi bo‘yicha qat’iy ogohlantirishlar berildi, vaziyatga oydinlik kiritilib, aybdorlarga tegishlicha choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Vaziyat Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganilib, quyidagilar ma’lum qilindi. Homilador ayol O.S. 2000 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida doimiy ro‘yxatda turib, hozirda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida istiqomat qiladi.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, ushbu voqea tarqalgan xabarlarda aytilganidek, 5 may kuni emas, shu yilning 29 aprel kuni sodir bo‘lgan. Shu kuni soat 04:25 da ayolni turmush o‘rtog‘i X.M. tug‘ruq og‘riqlaridan shikoyat qilgani uchun Toshkent shahar 1-son tug‘ruq kompleksiga olib kelgan. Navbatchi shifokor ayolni ko‘rikdan o‘tkazib, «Homiladorlik 1, 41-xafta. Tug‘ruqning 1-davri latent fazasi» tashxisini qo‘ygan.

Ammo ayolning almashuv varaqasida Yangiyo‘l tumani 69-son qishloq shifokorlik punktida ro‘yxatda turganini inobatga olib, dislokatsiya bo‘yicha Yangiyo‘l tumani tug‘ruq kompleksiga yoki Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-klinikasidagi tug‘ruq bo‘limiga borish tavsiya qilingan.

Shu kuni soat 5:40 lar atrofida homilador ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan chaqirilgan tez tibbiy yordam mashinasida Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-klinikasi tug‘ruq bo‘limiga olib borilgan va u yerda «Homiladorlik 1, 41 xafta. Tug‘ruqning 1-davri» tashxisi bilan qabul qilingan. 2021 yil 29 aprel kuni soat 7:40 da og‘irligi 3700 gr bo‘lgan qiz dunyoga kelgan. Tug‘ruqdan keyingi davr asoratsiz o‘tgan. Shu yilning 3 may kuni ayol farzandi bilan ahvoli qoniqarli holatda uyiga javob berilgan.

Ushbu vaziyat yuzasidan o‘zi mas’ul bo‘lgan yo‘nalishda shunday salbiy holatlarning oldini olish choralarini ko‘rmagani uchun Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda reproduktiv salomatlik bo‘yicha o‘rinbosari R.Haitbayeva bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Tibbiyot muassasasida ushbu qo‘pol holatga yo‘l qo‘yilgani uchun ushbu tug‘ruq kompleksi bosh shifokori R. Alimjanova ham egallab turgan vazifasidan ozod etildi. Shuningdek, o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaragani va homilador ayolga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatmagani uchun qator tibbiyot xodimlariga ham tegishli choralar ko‘rildi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Sog‘liqni saqlash vaziri: «Yurtimizda koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizga yetdi!» 09 dek, 00:04
  • Sog‘liqni saqlash vaziri o‘zgarmoqda 03 noya, 20:43
  • Tibbiyot sohasi boshqaruvidagi xodimlarga ustamalar to‘lanadi, hokimlarga yangi vakolat berildi 05 okt, 07:37
  • Toshkentda koronavirusga chalingan homilador ayol farzandli bo‘ldi 07 мая, 07:30
  • O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1100dan oshdi 30 apr, 17:44
  • Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasidan ozod etildi 21 fev, 21:13
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasur Jaloliddinovga Turkiya va Shveysariya klublari qiziqyapti 13 iyun, 00:05 595
  • Nukusda festivaldan so‘ng ommaviy janjal yuzaga keldi 12 iyun, 23:30 640
  • Buxoroda OIV infeksiyasini boshqa bir erkakka yuqtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 12 iyun, 23:00 597
  • Yelizaveta II: Bugun Buyuk Britaniya qirolichasi 95 yoshini nishonladi (foto) 12 iyun, 22:26 239
  • Isroil razvedkasining sobiq rahbari «yopig‘liq qozon»ni ochdi 12 iyun, 22:20 899
  • Koronavirusning asosiy simptomlari o‘zgardi 12 iyun, 20:50 715
  • Bitta hujumchi bilan o‘ynash muammosi 12 iyun, 20:10 445
  • Uyali telefon zararidan himoyalanishda yordam beradigan 4 qoida 12 iyun, 19:36 608
  • Kim Chen In Putinni «Rossiya kuni» bilan tabrikladi 12 iyun, 19:00 568
  • Hisob-kitob: O‘zbekistonning Saudiyaga qarshi o‘yinda qayd etishi kerak bo‘lgan natijasi haqida 12 iyun, 18:23 715
  • «Rossiya kuni» munosabati bilan korpusiga soat va gerb tushirilgan iPhone 12 paydo bo‘ldi 12 iyun, 18:04 252
  • Foto: TIV matbuot xizmati 11 iyun kuni Afg‘onistonning Hayraton shahrida afg‘on tomoniga 1000 dona kislorod ballonlaridan iborat gumanitar yukni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Ushbu in 12 iyun, 17:20 268
  • Bo‘limlar