“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 15:13
ЎЗO‘Z

G‘azo sektori va Isroil bir-biriga yuzlab raketalar bilan zarba berdi

11 мая, 23:34 18 379 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
G‘azo sektori va Isroil bir-biriga yuzlab raketalar bilan zarba berdi
Foto: Hatem Moussa/AP
Isroil armiyasining xabar berishicha, mamlakat tomon otilgan raketalardan 200tasi «Temir gumbaz» havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi bilan urib tushirilgan, 150tasi G‘azo sektorining o‘ziga tushgan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu zarbalar oqibatida 2 nafar isroillik ayol halok bo‘lgan. Shundan keyin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu HAMAS «qizil chiziqdan o‘tgani» va harakatning ob’ektlariga zarbalar kuchaytirilishini aytgan.

Isroil harbiylari falastinliklarning hujumlariga javoban 11 mayga o‘tar kechasi G‘azodagi 130ta ob’ektni nishonga olgan. Jumladan, aholi yashaydigan turar joylar, HAMAS batalonlari qo‘mondoni uyi va harbiy razvedkasi bosh qarorgohi, o‘q-dori ishlab chiqariladigan joylari, harbiy majmualari hamda jangarilar qo‘llagan ikkita tunnel zarbaga uchragan.

Isroil zarbalari oqibatida G‘azo sektorida 28 falastinlik, jumladan, 10 bola halok bo‘lgan.

Avvalroq HAMAS harakati Isroil harbiylari va falastinliklar o‘rtasida davom etayotgan to‘qnashuvlar ortida Isroilga Quddusdagi Ibodatxona tog‘i va Shayx Jarroh mavzesidan xavfsizlik kuchlarini olib chiqish talabini qo‘ygandi. Aks holda harakat Isroilga qarshi hujumlar sodir etishi bilan tahdid qilgan.

Quddusning eski shahrida Isroil harbiylari va falastinliklar orasidagi to‘qnashuvlar 22 aprelda boshlangan. Bunga Isroil sudining Shayx Jarroh dahasidan bir necha falastinlik oilani chiqarib yuborish qarori sabab bo‘lgan. 10 mayda to‘qnashuvlar davom etib, 305 nafar falastinlik jarohat olgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 1
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 1
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 153
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 231
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 48
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 1
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 0
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 1
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 153
  • Bo‘limlar