“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 11 2024, 08:16
ЎЗO‘Z

Shomurodov yo‘qolib qoldi!

10 мая, 10:53 3 745 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shomurodov yo‘qolib qoldi!
Italiya A Seriyasining 35-turida “Jenoa” o‘z maydonida “Sassuolo”ni qabul qilib, 1:2 hisobida alamli mag‘lubiyatga uchradi. Aslida joriy mavsumda raqib ancha kuchli o‘yin ko‘rsatyapti va haqli ravishda Yevropa ligasi yo‘llanmasi uchun kurashmoqda.

“Sassuolo” joriy mavsumda safar o‘yinlarida nafaqat “Jenoa”, “Spetsiya”, “Bolonya”, “Verona”, “Krotone”, “Benevento” kabi kamtarroq jamoalar, balki “Napoli”,  “Sampdoriya”, “Milan” singari nomdor va kuchli klublari maydonidan ham uch ochkodan olib qaytgani e’tiborga molik.

Genuyadagi uchrashuv ham to‘liq ravishda “Sassuolo” futbolchilari ustunligida o‘tdi. Roberto De Dzerbi shogirdlaridan Jakomo Raspadori va Domeniko Berardi mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi. "Jenoa"ning yagona javob to‘pi himoyachi Davide Dzappakosta hisobiga yozildi.
Ko‘rinib turibdiki, “Jenoa” bosh murabbiyi Davide Ballardini shu kuni tarkibdagi deyarli barcha hujumchilar – Goran Pandev, Mattia Destro, Eldor Shomurodov, Janluka Skamakka, Marko Pyatsa xizmatidan foydalangan bo‘lsa-da, ulardan hech biri raqib darvozasi tomon yo‘l topa olmadi.

Avvalgi ikkita uchrashuvda ikkita gol urgan Eldor Shomurodov o‘yinga ikkinchi bo‘limda qo‘shildi. Biroq, legionerimiz ham butun jamoa singari o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmadi. Genuyalik muxlislar Shomurodovning o‘yiniga turlicha munosabat bildirmoqda.

E’tiboringizga “Jenoa” ishqibozlarining hamyurtimiz haqidagi firk-mulohazalarini havola etamiz.

Gianni Riselli: Men bosh murabbiy Eldor Shomurodovni nega boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirmaganini umuman tushunmadim. O‘zbek legioneri oxirgi ikkita uchrashuvda bir juft gol urdi. Lekin Davide Ballardini qariya Goran Pandevga nimanidir eplashini kutmoqda.

Vincenzo Cembrola: Pandev oxirgi 11 ta uchrashuvda erishgan natijasini Shomurodov butun mavsumda qayd etolmaydi.

Luca Perfetto: Shomurodov maydonda hech narsa qila olmadi. Skamakka va Pyatsaga ko‘proq vaqt berish kerak edi.

Tony Napolano: Oldin Shomurodov ikkinchi bo‘limda maydonga tushsa, zo‘r o‘ynaydi, deb ishonardim. Bu gal u yo‘qolib qoldi.

Davide Nappi (Tony Napolano fikriga javoban): “Sassuolo”ga qarshi uchrashuvda faqat Shomurodov emas, butun jamoa ko‘ringani yo‘q. Bunaqa vaziyatda zaxiradan tushib, nimgadir erishish juda qiyin.

Carmine Auletta: Biz hisobda ortda qolayotganimizda Ballardini zaxira imkoniyatlaridan noto‘g‘ri foydalandi. Birinchi bo‘lib Marko Pyatsani maydonga tashlash kerak edi. Keyinroq, Shomurodov va Skamakkani o‘yinga tushirganida foyda ko‘proq bo‘lardi.

Salvino Ferrarini: Hujumda butunlay parokandalikka uchradik. Bu tarkib noto‘g‘ri tanlaganining oqibati. Pandevni o‘yinga tushirish kerak emasdi. Hujumga ilk daqiqalardan Destro va Shomurodovni qo‘yganda yaxshi bo‘lardi. Eldor oxirgi ikki bahsda ikkita gol urgandi.

Renato Benincasa: Shomurodov topishmoq o‘yinchi. Ikkita uchrashuvda, bir juft gol urgandi, uchinchi o‘yinda to‘pga tekkani ham yo‘q. Uning beqaror o‘yini o‘zida bor iste’dodning to‘liq ochilishiga to‘sqinlik qilyapti.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rivaldo YECHL finalida "Borussiya" g‘alaba qozonishi sababini aytdi 11 мая, 06:43 39
  • Kuala-Lumpur shahrida terma jamoalar murabbiylari uchun konferensiya o‘tkazildi 10 мая, 23:47 82
  • The Ring: Naoya Inoue P4P reytingi yetakchisiga aylandi 10 мая, 15:35 85
  • Anchelotti «Real» Chempionlar ligasi finaliga chiqqach Peresni maqtadi 10 мая, 12:31 108
  • Toxir Kapadze: "Bu yigitlar o‘zbek futbolining kelajagi" 10 мая, 12:08 210
  • Germaniyaning «Bayer» klubi 60 yillik rekordni yangiladi 10 мая, 09:04 154
  • So'nggi yangiliklar
  • Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi 11 мая, 07:31 3
  • Tojikiston va AQSH terrorchilar harakatini kuzatish tizimini joriy etadi 11 мая, 07:06 10
  • Rivaldo YECHL finalida "Borussiya" g‘alaba qozonishi sababini aytdi 11 мая, 06:43 39
  • Tishlarni qachon yuvgan ma’qul: nonushtadan avvalmi yoki keyin? 11 мая, 06:00 48
  • Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi” 11 мая, 00:11 58
  • Kuala-Lumpur shahrida terma jamoalar murabbiylari uchun konferensiya o‘tkazildi 10 мая, 23:47 82
  • Xarkiv oblasti chegarasida vaziyat keskin yomonlashdi. Bu haqda nimalar ma’lum? 10 мая, 23:23 436
  • Afg‘onistonda uch million bola to‘yib ovqatlanmaydi 10 мая, 23:00 62
  • Quvayt Xotin-qizlar jamiyati raisi o‘rinbosari: "Shavkat Mirziyoyev BMTning 78-sessiyasida Osiyo xotin-qizlar forumini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan" 10 мая, 22:36 60
  • AQSHda 9 yoshli bola millionerni uysiz deb o‘ylab, unga bor puli — 1 dollarini berdi 10 мая, 22:36 366
  • Inson huquqlari bo‘yicha Malayziya komissiyasi komissari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan forum haqida nimalar dedi? 10 мая, 22:14 61
  • Belarus ayollar ittifoqi raisi: Belarus va O‘zbekiston ayollari o‘rtasida azaldan do‘stona munosabatlar mavjud 10 мая, 21:47 59
  • Bo‘limlar