“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 21:16
ЎЗO‘Z

Sayohatni rejalashtirishda hisobga olinishi kerak bo‘lgan kutilmagan xarajatlar

10 мая, 08:39 1 522 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sayohatni rejalashtirishda hisobga olinishi kerak bo‘lgan kutilmagan xarajatlar
Foto: Travel Ask
Nafaqat sayyohlar, balki har qanday inson safarga otlanganda sarflanishi mumkin bo‘lgan taxminiy mablag‘ hisob-kitob qilinadi. Ammo aniq miqdor ma’lum bo‘lmaydi. Har doim e’tibordan chetda qolgan narsa yuz berishi yoki xarajat kutilganidan qimmatroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, rejaga kiritilmagan hodisalar ham chiqib qolishi hech gap emas.

Garchi yuqoridagilarning barchasi inobatga olingan taqdirda ham sayohat uchun mo‘ljallangandan ko‘proq pul olish tavsiya etiladi. Quyida esa bu nima uchun muhim ekanligi bilan tanishib chiqish mumkin.

Dastlabki xarajatlar
Inson hamisha kutilmagan vaziyatlar uchun ham tayyor bo‘lishi kerak. Agarda parvoz kechiktirilsa, oziq-ovqat va ichimliklar uchun xarajatlar ta’minlanishi kerak. Ushbu holat, ayniqsa, bolalar bilan oilaviy sayohat vaqtida hisobga olinishi joiz. Shuningdek, o‘zingiz bilan mazkur mahsulotlarni olib kelish yaxshi emas, bu yuk ortishi va sifat o‘zgarishiga ham olib keladi.

Keyingi kutilmagan xarajatlar manzilga yetib borgach ham paydo bo‘lishi mumkin. Yaxshisi, bu haqda yashash manzilidayoq o‘ylab qo‘yish kerak, agar sayohatga jamoat transportida borishga to‘g‘ri kelsa, u holda yanada ko‘proq qiyinchiliklarga tayyor turish tavsiya etiladi. Shunday qilib, bir yuk chamadon bilan sayohatga chiqish qulay emas. Ushbu muammo taksilarda yuzaga kelmasligi mumkin, ammo u tabiiy ravishda avtobusga qaraganda qimmatga tushadi.

Kutilmagan shaxsiy xarajatlar
Sayohat vaqtida pulning asosiy qismi ovqatga sarflanadi. Bundan tashqari, maxsus vaucherlar bo‘lsa ham, ular faqat mehmonxona hududigagina tegishli bo‘lishini yodda tutish lozim. Shunchaki shahar ko‘chalarida sayr qilishdan keyin kafe yoki oshxonalarda ovqatlanish navbatdagi xarajatni keltirib chiqaradi. Qolaversa, ko‘plab mehmonxonalarda faqatgina nonushta mavjud. Bu, albatta, zarar qilmaydi, lekin kun davomida ovqatlanish ham qo‘shimcha mablag‘ni talab etadi.

Sayohatning eng asosiy qismi — bu sovg‘alar xarid qilish. Yaqinlar uchun sovg‘aga sotib olinadigan esdalik buyumlar cho‘ntakning hajmini kichraytirishi turgan gap. Shuningdek, qolgan mablag‘ hisobiga ko‘ngil ochish maskanlari, ekskursiya va muzeylarga tashrif buyurish kuzatiladi.

Shuni yodda tutish kerakki, eng ehtiyotkor odamlar ham muammoga duch kelishi mumkin. Ularning ham hattoki, hamyon va hujjatlari shu qadar professional tarzda o‘g‘irlanadiki, buni sezish mumkin emas. Shuning uchun pulni bir necha joyga puxta yashirish va firibgarlar o‘ljasiga aylanib qolmaslik kerak.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 0
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 184
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 132
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 61
  • So'nggi yangiliklar
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 0
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 0
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 47
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 124
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Bo‘limlar