“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2021, 14:09
ЎЗO‘Z

Bosh bilan urish mana bundoq bo‘ladi! Xet-trik qilgan legionerimiz to‘purarlar poygasida yetakchiga aylandi

09 мая, 21:13 2 496 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh bilan urish mana bundoq bo‘ladi! Xet-trik qilgan legionerimiz to‘purarlar poygasida yetakchiga aylandi
Qozog‘iston premer-ligasida “Aktobe” sharafini himoya qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev 10-turning haqiqiy qahramoniga aylandi.

“Jetisu” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda mezbonlar oltinchi daqiqada hisobni ochgan bo‘lishiga qaramay, “Aktobe” o‘zbekistonlik legioner harakatlari evaziga bahsni katta farq bilan yakunladi – 1:5.

Irodali g‘alabaga erishilgan ushbu bellashuvni boshlang‘ich tarkibda boshlagan Igor Sergeyev o‘yinda xet-trik qayd etdi. E’tiborlisi, u uchala golni ham bosh bilan urdi. Bu jahon futbolida ham kamdan-kam kuzatiladigan holat.  

Shu tariqa, Igor Sergeyevning Qozog‘iston premer-ligasida urgan gollari soni oltitaga yetdi. Bungacha, hujumchimiz “Tobol”, “Ordabasi” va “Taraz” jamoalari darvozasini ham ishg‘ol qilgandi. Ayniqsa, “Ordabasi”ga qarshi bahsda mayon markazidan urgan goli ancha shov-shuv bo‘lgani ham bor gap.

“Aktobe” Igor Sergeyev to‘p kiritgan uchrashuvlarda jami besh ochkoga ega bo‘ldi. Umuman olganda esa, “Aktobe” premer-liga doirasidagi o‘nta uchrashuvdan uchtasida zafar quchdi, uch marta durang o‘ynadi, to‘rt bor mag‘lub bo‘ldi. Jamoa jami 12 ochko to‘plagan bo‘lsa-da, Sertifikatsiya komissiyasi tegishli talablarni buzgani uchun klubdan uch ochkoni olib tashlagan.

Hozircha, ushbu jamoa hisobida qolgan 9 ochko bor va ular musobaqa jadvalida o‘ninchi o‘rinda bormoqda.
Igor Sergeyev legioner sifatida birinchi bor xet-trik qayd etdi. Shu orqali premer-liga to‘purarlari poygasida peshqadamlik qilayotgan braziliyalik hujumchi Joao Pauloga yetib oldi. Har ikki to‘purar hisobida oltitadan gol bor. Igor faoliyati davomida avval Xitoy va  Birlashgan Arab Amirliklari chempionatlarida ham to‘p terganini yaxshi bilasiz. “Beyszin Goan” jamoasi safida 14 ta o‘yin bitta gol urgan bo‘lsa, “Az-Zafra” uchun oltita bahsda bitta to‘p kiritgan edi.

“Paxtakor” tarbiyalagan Sergeyev  O‘zbekiston milliy chempionatlari tarixida “sherlar” tarkibida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. U “Paxtakor”da jami 180 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini 101 marta aniq nishonga olgan.

Tajribali hujumchi “Paxtakor” safida to‘rt karra O‘zbekiston chempioni, ikki karra mamlakat kubogi sohibi, bir bor chempionat bronza medali sovrindori bo‘lgan. Bundan tashqari, Igor Sergeyev 2015 yilgi chempionat yakunlariga ko‘ra, musobaqaning eng yaxshi to‘purari  unvoniga sazovor bo‘lgan edi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Igor Sergeyev ayni paytda “Jenoa” sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodovdan keyin ikkinchi hujumchi hisoblanadi. Mohir to‘purar mamlakatimiz bosh jamoasi uchun 54 ta o‘yinda, 17 ta to‘p kiritgan.

Shu o‘rinda, “Aktobe”dagi faoliyati Igor Sergeyev uchun kuchliroq chempionatlarga o‘tishida tramplin bo‘lishi kutilyapti. Yaqinda futbolchimizning agenti Igorga Yevropaning kuchli klublaridan takliflar borligini, transfer bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilayotganini  tasdiqlagan edi.

Shuningdek, Sergeyevning agenti mijoziga Osiyoning grand klublaridan tashqari, Ruminiyaning ikki jamoasidan aniq taklif bo‘lgani, biroq hujumchining o‘zi oldiga Yevropaning kuchliroq chempionatlarida to‘p tepishni maqsad qilib qo‘yganini ham ta’kidladi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Igor Sergeyevga APL klubi qiziqmoqda?! 22 apr, 10:39
  • Igor Sergeyev "Aktobe" futbolchisiga aylandi! 18 fev, 14:41
  • "Paxtakor" Sergeyevning goli evaziga "Persepolis"ni mag‘lub etdi 06 мая, 21:25
  • Aleksandr Geynrixga yangi ish topildi 09 iyun, 22:15
  • «Paxtakor» hujumchisi Igor Sergeev oila qurdi 15 apr, 16:43
  • Aleksandr Geynrix "Ordabasi"da birinchi golini urdi 01 mar, 17:15
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda dam olish kunidan boshlab havo sezilarli darajada salqinlashadi 24 sen, 13:55 4
  • Shavkat Mirziyoyev: Ilgari vaziyat og‘ir edi, hatto o‘z ko‘chamni asfalt qila olmaganman 24 sen, 13:30 138
  • Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi 24 sen, 13:09 90
  • Surxondaryoda mast haydovchi Lacetti’da ikki YPX inspektorini sudrab ketdi 24 sen, 13:06 164
  • Nokia uchtalik kamera va 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi G50 smartfonini taqdim etdi 24 sen, 11:55 295
  • Elbrus fojiasi: alpinistlar halok bo‘ldi 24 sen, 11:28 194
  • «Tolibon» Ashraf G‘anidan olib chiqib ketgan pullarini qaytarishni talab qilmoqda 24 sen, 11:05 493
  • Ozodbek Nazarbekov Davron Kabulovga mukofotni topshirdi 24 sen, 10:42 508
  • Ronaldu qimmatbaho Bentley sotib oldi va o‘ziga qo‘riqchi yolladi 24 sen, 10:39 446
  • Shomurodovga ogohlik qo‘ng‘irog‘i... 24 sen, 10:36 1 166
  • "Roma" "Udineze" ustidan zafar quchdi, Shomurodov 86-daqiqada maydonga tushdi (video) 24 sen, 10:26 366
  • Liviya: Xalifa Haftar endi prezident bo‘lmoqchi 24 sen, 09:50 382
  • Bo‘limlar