“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 08:53
ЎЗO‘Z

Moskvada G‘alaba paradlari turli yillarda qanday o‘tgan?

09 мая, 09:30 2 847 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Moskvada G‘alaba paradlari turli yillarda qanday o‘tgan?
Rossiyada 9 may paradlari 1995 yildan boshlab muntazam o‘tkazilib kelinadi. Sovet va Rossiya paradlari tarixi haqida Sputnik kolumnisti Aleksandr Xrolenko yodga oladi.

Qizil maydonda mamlakatning asosiy harbiy paradiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bir necha oy davom etadigan va milliardlab rublga tushadigan murakkab tadbirdir. Harbiylarning saf tortib o‘tishi go‘zalligini aysberg uchiga qiyoslash mumkin, axir bu o‘n minglab odamlarning haftalab davom etadigan mashqlari va fantastik logistika natijasi-da.

G‘alaba Paradiga tayyorgarlik an’anaviy ravishda aprel oyining boshlarida Rossiyaning turli nuqtalaridan to‘planadigan 15 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar ishtirokida Moskva yaqinidagi Alabino poligonida boshlanadi. Misol uchun, o‘tgan yili Jukovskiy va Gagarin nomidagi Harbiy-havo akademiyalarining 1500 nafar ofitserlari va kursantlari Harbiy-transport aviatsiyasining Il-76 reylari orqali Voronejdan Podmoskovega olib kelingan edi.
Parad "korobkalarining" saf tortish bo‘yicha tayyorgarliklari qo‘shinlar doimiy dislokatsiyasi manzili bo‘yicha va oliygohlarda dekabr-yanvar oylaridayoq boshlanadi.

Harbiy safning aql bovar qilmas birligi va izchilligiga shu tariqa erishiladi. Piyoda parad raschetlaridan tashqari, quruqlikdagi qo‘shinlar va aviatsiya jangovar texnikalari (jami 400 dona) ekipajlari ham mashg‘ulot o‘tashadi. Qoidaga muvofiq, Podmoskovedagi Alabino poligonida paradning 10dan ortiq "zachet" repetitsiyalari bo‘lib o‘tadi, undan so‘ng yana uchta asosiy repetitsiyalar Moskvada (aprel oyi oxiri va may oyi boshlarida) o‘tkaziladi.

Saf an’analari
G‘alaba Paradlari muntazam ravishda yaqin yillardan boshlab o‘tkazila boshlagan. Ikkinchi Jahon urushi tugagandan so‘ng, bunday tadbirlar ko‘pincha sotsialistik bayramlar - Mehnat kuni (1 may) va Oktabr inqilobi bayrami (7 noyabr) bilan birgalikda o‘tkazilgan. Ehtimol, SSSRdagi ulkan tashkiliy yuk va o‘ta yuqori xarajatliligi tufayli Qizil maydonda G‘alaba kuni sharafiga harbiy paradlar atigi to‘rt marta - 1945, 1965, 1985 va 1990 yillarda o‘tkazilgan.

Bugun kunda bu aql bovar qilmas ishdek ko‘rinadi, ammo 1945 yildan keyin Moskvada 20 yil davomida G‘alaba kuni hech qanday harbiy parad bo‘lmagan. 1947 yilda SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi 9 mayni (17 yil davomida) ish kuni deb hisoblash to‘g‘risida qaror qabul qildi va faqat 1965 yilda G‘alaba kuni yana bayramga aylandi (birinchi marta G‘alaba bayrog‘i chiqarildi va Moskva "Qahramon-shahar" unvonini oldi).

Tarixiy kolliziyani mamlakatda o‘tgan asrning 40-yillar oxiri va 50-yillar boshlarida hukm surgan murakkab tashqi siyosiy shart-sharoitlar va ichki siyosiy ahvol bilan izohlashga urinishadi. Sovuq urush boshlangan, barcha kuch va vositalar mudofaani mustahkamlashga yo‘naltirilgan. Hukumat G‘alaba marshali Georgiy Jukovning xalq orasidagi mashhurligini xolisona baholashgan.

Bundan tashqari yo‘qotishlar alami hali juda katta edi – urushda halok bo‘lgan millionlab qizil armiya askarlarining bevalari va farzandlari 9 mayni avvalo xotira va motam kuni sifatida qabul qilardilar. Bugungi kunda sobiq ittifoq makonidagi aksariyat odamlar uchun ushbu bayram bugun ham "ko‘zda yosh bilan" nishonlanadi. Tarixchilar hanuzga qadar urushda halok bo‘lgan sovet kishilari soni haqida qizg‘in bahs olib borishadi, ular 28 million raqamini tilga oladilar. Har ne bo‘lgan taqdirda ham, urushdan 20 yil o‘tib, urush dahshatlarini bilmagan sovet odamlari avlodi ulg‘aydi, hayot bo‘lgan veteranlar endi yoshlar ongiga unchalik faol ta’sir o‘tkazmasdilar.

G‘alaba kuni qo‘shinlarning tantanali paradlari jamiyatni ko‘proq birlashtirdi, vatanparvarlik va harbiy mehnatga bo‘lgan hurmatni shakllantirdi. Rossiyada 9 may kuni bo‘lib o‘tadigan paradlar 1995 yildan beri muntazam bo‘lib kelmoqda, harbiy aviatsiya esa 2005 yilda tantanali tadbirlarda o‘z ishtirokini qayta tikladi.

Vaqt o‘z hukmini o‘tkaza olmaydi
1945 yil 9-mayda Moskvada harbiy parad va alvonrang chinnigullar bo‘lmagan, shahar aholisi shunchaki xursand edi, ular yig‘lar va hatto besh-begonalar bir-birlari bilan ko‘chalarda quchoqlashardi. Sovet qo‘shinlarining Berlindagi paradi 1945 yil 4 mayda Brandenburg darvozasi oldida bo‘lib o‘tgan va uni Berlin harbiy komendanti general Nikolay Berzarin qabul qilgan. Moskvadagi birinchi G‘alaba paradi 1945 yil 24 iyunda marshal Konstantin Rokossovskiy qo‘mondonligida bo‘lib o‘tgan va paradni marshal Georgiy Jukov olib borgan. 

12 ta birlashtirilgan polk qatnashgan - 10 ta frontdan va Harbiy-dengiz kuchlari va Mudofaa Xalq Komissariyatidan. Jami janglarda o‘z xizmati bilan ajralib turgan 12 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar chiqishgan - Sovet Ittifoqi Qahramonlari va "Shuhrat" ordeni to‘la kavalerlari. Parad yakunida Kreml devorlari tagiga tor-mor etilgan nemis-fashist qo‘shinlarining 200ta bayrog‘i uloqtirilgan. Eslatib o‘tish joizki, xuddi shu yili 16 sentabr kuni Xitoyning Xarbinida sovet qo‘shinlarining Yaponiya ustidan qozonilgan G‘alabaga bag‘ishlangan paradi o‘tkazilgan.

Bir-biriga o‘xshash paradlar bo‘lmaydi, ularning har biri o‘ziga xos tarzda o‘tkaziladi, ammo 1995 yil 9-mayda Qizil maydonda 1945 yilgi tarixiy G‘alaba Paradi qayta tiklangan. Faxriylarning birlashtirilgan polklari o‘zlarining jangovar bayroqlari bilan urush yillaridagi jami 10 ta frontni taqdim etganlar. 19-may kuni esa Federal qonun qabul qilinib, unga ko‘ra harbiy G‘alaba paradlari har yili Moskvada, qahramon-shaharlarda va harbiy okruglar, flotlar, qurollangan armiyalar va Kaspiy floti shtab-kvartirasi joylashgan shaharlarda o‘tkaziladi.

Harbiy paradlar yillar o‘tgani sayin texnologik va siyosiy jihatdan yanada murakkab va tomoshabop ko‘rinishga ega bo‘lmoqda. 2005 yilda G‘alabaning 60 yilligi nishonlandi va birinchi marta nafaqat g‘oliblar, balki Germaniya kansleri Gerxard Shreder bilan birga kelgan Vermaxt faxriylari ham Qizil maydonda qatnashgan edilar. Paradda 4 ming Rossiya urush qatnashchilari va 7 ming amaldagi harbiy xizmatchilar qatnashishgan.

2008 yilning may oyida Qizil maydondan birinchi marta Rossiya og‘ir jangovar texnikasi, jumladan, "Iskander" va T-90 tanklari o‘tkazilgan. 2010 yil 9 mayda Qizil maydondan Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Polsha va MDH davlatlaridan bo‘lgan chet el harbiy xizmatchilari saf tortib o‘tishgan. 2011 yil paradi rekord darajadagi – 20 ming sonli harbiy xizmatchilar ishtiroki bilan yodda qolgan.
2014 yildagi G‘alaba paradida Federal qo‘riqlash xizmatining Prezident kavalerchilari polki qatnashgan, 2015 yilda esa – kuban kazaklari ishtirok etganlar.

Ba’zi harbiy marosimlarni tezkor bekor qilish yoki kechiktirishga keladigan bo‘lsak, G‘alaba kuni shunaqasi ham bo‘lib turgan. Masalan, 1945 yil 24-iyun kuni ob-havo sharoiti tufayli paradning aviatsiya qismi bekor qilingan. Xuddi shu holat 2017 va 2019 yillarda ham takrorlangan.

2020 yilda xavfli epidemiologik vaziyat tufayli an’anaviy tarzda 9 may kuni o‘tkaziladigan parad sanasidan voz kechishga to‘g‘ri keldi. Shu kuni paradning faqat havo qismi bo‘lib o‘tdi - 75 ta samolyot va vertolyotlar Qizil maydon bo‘ylab uchib o‘tdi. Asosiy qism 24-iyun kuni bo‘lib o‘tdi - o‘sha paytda 1945 yilda Qizil maydonda afsonaviy G‘alaba Paradi bo‘lib o‘tdi. G‘alaba bundan o‘z jilosini yo‘qotmaydi.

Ulug‘ Vatan urushida Sovet ittifoqi erishgan G‘alaba sharafiga harbiy parad qachon o‘tkazilmasin, bizning umumiy tariximizni "siljitib" yoki qayta yozishning imkoni yo‘q: 1945 yil 8 may kuni markaziy Yevropa vaqti bilan 22:43da (Moskva vaqti bilan 9 may kuni 0:43 da) Berlin yaqinida general-feldmarshal Vilgelm Keytel, Lyuftvaffe vakillari general-polkovnik Shtumpf va Krigsmarin admiral fon Frideburg Germaniyaning to‘liq kapitulyatsiyasi haqidagi aktni imzolaganlar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 0
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 1
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 127
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 683
  • Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi» 23 apr, 20:00 712
  • Xitoyda poraxo‘r amaldorlarni qidirish bo‘yicha “Tulki ovi” operatsiyasi boshlandi 23 apr, 18:29 189
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 1
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 3
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 21
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 8
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 23
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 73
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 180
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 385
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 118
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 124
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 93
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 144
  • Bo‘limlar