“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 22 2021, 13:31
ЎЗO‘Z

A Seriya skautlari Shomurodovni maqtayapti

06 мая, 13:30 1 397 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
A Seriya skautlari Shomurodovni maqtayapti
Yozgi transferlar oynasi ochilishiga qisqa muddat qoldi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, joriy mavsum yakunlanishi bilan Rossiya premer-ligasida o‘zini ko‘rsatayotgan futbolchilarga Yevropa klublaridan odatdagidan ko‘proq e’tibor qaratilishi kutilmoqda. Ayniqsa, Italiya jamoalaridan alohida faollik kutilyapti. Bunda Eldor Shomurodovning hissasi katta bo‘layotganini alohida e’tirof etish kerak.

O‘tgan yilning yozidan beri Rossiya chempionatidan A Seriyaga to‘rt nafar futbolchi yo‘l oldi. “Lokomotiv” yulduzi Aleksey Miranchuk “Atalanta”ga, “Rostov”ning asosiy hujumchisi Eldor Shomurodov “Jenoa”ga, “Spartak”da o‘zini ko‘rsata olmagan Aleksandr Kokorin “Fiorentina”ga va SSKAda o‘yini ochilmagan Adolfo Gaych “Benevento”ga taklif etildi.

A Seriya skautlaridan biri Aleks Velikix ayni paytda Italiya klublari  Rossiya premer-ligasining qaysi futbolchilariga qiziqayotgani va buning sabablari haqida gapirdi.  Uning aytishicha, birinchi navbatda, “Rubin” yetakchisiga aylangan Gruziya terma jamoasi yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliyaning xaridori ko‘p. SSKAning xorvatiyalik legioneri Nikola Vlashich ham anchadan beri katta klublar nishonida turibdi. “Zenit” g‘alabalarini ta’minlayotgan bu yilgi chempionat to‘purari eronlik Sardor Azmun ham ikki yildan beri o‘ziga bo‘lgan qiziqishni saqlab turibdi.

Shuningdek, italiyalik skautlar SSKAdagi yosh futbolchilar – Konstantin Maradashvili, Igor Diveyev va Vadim Karpovning o‘yinlarini ham sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.

Rossiya jamoalaridan A Seriyaga yo‘l olgan futbolchilar orasida o‘ziga bo‘lgan ishonchni oqlab kelayotgani Shomurodovdir. Buni Aleks Velikix ham alohida ta’kidladi.  
- Shomurodovning debyut mavsumida katta muvaffaqiyatga erishayotganini alohida e’tirof etaman. Bu omil ba’zan o‘zi o‘ynayotgan chempionatda reklama qilinmagan futbolchilarga ham e’tibor qaratish kerakligini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, futbolchilar uchun ham xorij chempionatlaridagi faoliyatini kamtarroq klublardan boshlagani ma’qul ekanini ham Eldorning misolida ko‘rishimiz mumkin, - dedi Aleks Velikix.

Eldor Shomurodov joriy mavsumda “Jenoa”ning o‘ndan ziyod gollarida bevosita ishtirok etdi. O‘zbek futbolchisining o‘zi A Seriyadagi ilk mavsumida 27 ta uchrashuvda qatnashib, besh marta to‘p kiritdi va bu borada Rossiyadan kelgan o‘yinchilar orasida yaqqol peshqadam.
“Atalanta” bilan sovrindorlar qatoridan joy olishga tayyorlanayotgan Aleksey Miranchuk chempionatda 21 ta uchrashuvda o‘z nomiga uchta golni rasmiylashtirdi. Adolfo Gaych esa “Benevento”da 11 bor maydonga tushib, bir juft golga mualliflik qildi. Aleksandr Kokorin “Fiorentina”da o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. U atigi uchta o‘yinda qatnashdi xolos.

“Jenoa”da mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazayotgan Eldor Shomurodovga yozda boshqa jamoalardan taklif bo‘lishi kutilmoqda. Hamyurtimizga qishki transferlar vaqtida “Yuventus”dan qiziqish bo‘lgani, Turin superklubi Shomurodov masalasida “Jenoa”ga bog‘langani haqida ko‘pchilik yaxshi xabardor. Keyinroq, katta o‘zgarishlar arafasida turgan “Yuventus” hali ham Shomurodovni o‘z nishonida ushlab turgani to‘g‘risida ham ma’lumotlar chiqdi.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, Shomurodov o‘z o‘yini bilan Rossiya futbolida pishgan futbolchilar Yevropaning kuchli beshlik chempionatlari jamoalarida ham o‘ynay olishini isbotlab berdi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Eldor Shomurodov «Jenoa»dagi muvaffaqiyatli start haqida: «Men endigina yo‘lning boshidaman» 16 yanv, 21:50
  • «Jenoa» so‘nggi soniyalarda gol o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi (video) 08 dek, 08:28
  • Shomurodovni olishni istagan Rossiya klublari "Jenoa"ga yaqinlasha olmadi! 24 noya, 07:00
  • Eldor Shomurodov Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tishi mumkin 29 sen, 16:14
  • Eldor Shomurodov va «Rostov» Yevropa Ligasini qaysi bosqichdan boshlashi ma’lum bo‘ldi 26 iyul, 13:12
  • Italiya “A” seriyasidagi jamoalar soni qisqarishi mumkin 27 dek, 19:57
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoniga yana yutqazdik (video) 22 iyun, 13:06 0
  • Diyor Imomxo‘jayev: Abramovga na shaxs na inson sifatida ishonmayman. U tayyor yetishib turgan "lola"larga gulni uzadigan bog‘bon bo‘lib keldi 22 iyun, 12:23 0
  • Vaziyat keskinlashmoqda. O‘zbek-afg‘on davlat chegarasi yopildi 22 iyun, 11:39 185
  • Yozda tishlar sog‘lom bo‘lishiga hissa qo‘shadigan 10 odat 22 iyun, 11:11 117
  • Kutilmagan g‘alaba. Barcha sobiq prezidentlar qatnashgan saylovda Pashinyan ustun keldi 22 iyun, 11:08 159
  • Prezidentning kino bo‘yicha yangi qarori qabul qilindi 22 iyun, 10:00 158
  • Kelin bu qilmishi uchun uch yilgacha qamalishi mumkin 21 iyun, 23:30 1 386
  • Sherzod Asadov prezident sayloviga nomzodlar e’lon qilinishi haqida 21 iyun, 23:00 1 094
  • “Barselona” Ronalduni transfer qilmoqchi va kelishuvga Grizmann, Koutino, Serxi Roberto qo‘shilishi mumkin 21 iyun, 22:43 1 113
  • O‘zbekiston va Qatar futbol assotsiatsiyalari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi 21 iyun, 22:32 661
  • Toliblar Tojikiston bilan chegaradagi tumanni egallab oldi 21 iyun, 21:00 1 541
  • Filippinda noyob McLaren buldozer yordamida yanchib tashlandi (video) 21 iyun, 19:25 537
  • Bo‘limlar