“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 22 2021, 11:38
ЎЗO‘Z

Yevropada 31 nafar mafiya a’zosi hibsga olindi

06 мая, 13:03 1 081 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yevropada 31 nafar mafiya a’zosi hibsga olindi
Foto: La Sentinella
Yevropada politsiya Italiya hamda Germaniyada o‘tkazilgan keng miqyosli operatsiyalardan keyin 31 nafar mafiya a’zosini hibsga oldi. Bu haqda Yevropa ittifoqining «Yevropol» politsiya xizmati xabar tarqatgan.

Taxminlarga ko‘ra qo‘lga olinganlar Italiya hamda boshqa mamlakatlarga ta’sir ko‘rsatuvchi Kalabriya mafiyasining «Ndrangeta» guruhi vakillari hisoblanadi. Guruhning giyohvand moddalar xalqaro kontrabandasi va pul yuvish operatsiyalarida ishtirok etgani gumon qilinmoqda.

Hibsga olinganlarning 2018 yildagi «Pollino» operatsiyasi vaqtida Italiya va Germaniyada ushlangan 84 nafar gumonlanuvchi ishiga aloqadorligi aytilmoqda.

«Operatsiya davomida bir necha ming yevro pullar, qurollar, kokain, qimmatbaho mashinalar va taqinchoqlar musodara qilindi. Musodara etilgan pullarni baholash ishlari davom etmoqda, bankdagi hisob raqamlari muzlatib qo‘yilgan», — deyiladi Yevropol xabarida.

Avval yetti yil davomida huquq-tartibot idoralarining vakillaridan yashirinib yurgan italiyalik mafiya yetakchilaridan biri Mark Feren Klod Biarning YouTube’dagi «kulinariya» blogi orqali topilgani xabar qilingandi. Italiya hukumati 2014 yilda mamlakat janubidagi «Ndrangeta» mafiya guruhi bilan birgalikda noqonuniy kokain savdosini olib borgan Biarni hibsga olish haqida order bergan. U mamlakatdan qochib ketgan va 7 yildan buyon politsiyadan yashirinib yurgan.

Yanvar oyida Italiyaning Lametsiya-Terme shahrida Ndrangeta mafiyasi a’zolarining so‘nggi 30 yil ichidagi eng yirik sud jarayoni boshlangan. Fevralda Italiya huquq-tartibot xodimlari tomonidan o‘tkazilgan ikkita maxsus operatsiya davomida mamlakatdagi eng qudratli «Ndrangeta» mafiyasining jami 45 nafar a’zosi hibsga olingan. Mart oyida esa Ispaniyada «Ndrangeta» mafiyasi yetakchilaridan biri, giyohvand moddalar savdosini olib borgan Juzeppe Romeo qo‘lgan tushirilgan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Italiyalik qochoq mafiozni YouTubedagi kanali fosh etib qo‘ydi 30 mar, 09:56
  • Mafiya bosslaridan biri hibsga olindi 12 mar, 23:58
  • Italiya mafiyasi tez yordam mashinalariga sirenadan foydalanishni taqiqladi 05 fev, 00:13
  • Italiyada 60ga yaqin mafiya a’zosi qo‘lga olindi 09 iyun, 14:30
  • Ispaniyada «Real» va «Atletiko» futbolchilarining uylarini o‘margan jinoiy guruh qo‘lga olindi 23 okt, 08:12
  • Italiyada qiyofasini oʻzgartirgan mafiya boshligʻi qoʻlga olindi 04 mar, 06:32
  • So'nggi yangiliklar
  • Yozda tishlar sog‘lom bo‘lishiga hissa qo‘shadigan 10 odat 22 iyun, 11:11 0
  • Kutilmagan g‘alaba. Barcha sobiq prezidentlar qatnashgan saylovda Pashinyan ustun keldi 22 iyun, 11:08 0
  • Prezidentning kino bo‘yicha yangi qarori qabul qilindi 22 iyun, 10:00 0
  • Kelin bu qilmishi uchun uch yilgacha qamalishi mumkin 21 iyun, 23:30 1 237
  • Sherzod Asadov prezident sayloviga nomzodlar e’lon qilinishi haqida 21 iyun, 23:00 998
  • “Barselona” Ronalduni transfer qilmoqchi va kelishuvga Grizmann, Koutino, Serxi Roberto qo‘shilishi mumkin 21 iyun, 22:43 1 019
  • O‘zbekiston va Qatar futbol assotsiatsiyalari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi 21 iyun, 22:32 629
  • Toliblar Tojikiston bilan chegaradagi tumanni egallab oldi 21 iyun, 21:00 1 410
  • Filippinda noyob McLaren buldozer yordamida yanchib tashlandi (video) 21 iyun, 19:25 489
  • Rasul Kusherbayev: «Uzr»larga quloq ham ko‘nikib qoladi 21 iyun, 18:48 710
  • Qidiruvdagi shaxs topilgach, yarashishga qaror qildi 21 iyun, 18:13 289
  • Qidiruvdagi shaxs topilgach, yarashishga qaror qildi 21 iyun, 18:13 605
  • Bo‘limlar