“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2021, 04:55
ЎЗO‘Z

Davron Fayziyev: Ikki munosib jamoaning to‘qnashuvi va aristokratcha yakun

06 мая, 04:22 1 439 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Davron Fayziyev: Ikki munosib jamoaning to‘qnashuvi va aristokratcha yakun
Tunda UEFA Chempionlar Ligasi yarim finalining so‘nggi o‘yini bo‘lib o‘tdi va unda "Chelsi" "Real"ni taslim etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ushbu uchrashuv haqida taniqli sport jurnalisti va sharhlovchisi Davron Fayziyev o‘z "Telegram" kanalida quyidagicha post qoldirdi:

"Chelsi". Mendi eng og‘ir vaziyatlarda qutqardi. Uchta himoyachi Benzemani to‘xtatdi va Azarga o‘yin bermadi. Markazda Jorjino va Kante Modrich-Kroosdan tezroq o‘ynadi. Maunt esa Kazemironi himoyada vazifalar bilan yuklab tashladi. "Real" qanotga chiqarildi. Ikkinchi qavatni esa "Chelsi" yutib chiqdi. Himoya-hujum-himoya marshrutini "Chelsi" yaxshiroq bosib o‘tdi. Xavers va Verner joy almashib chalg‘itishdi. Tuxelning eng katta ishi "Real"ni bo‘shliqdan mahrum qildi. Chiziqlarni ajratib tashladi va bo‘linganlarni yeb tashladi. Mayda fol taktikasini samarali ishlatdi. 90 daqiqa pressing qildi. Yuksak jismoniy holat namoyish etdi.

"Real". Ramos jarohat bilan o‘ynagani sezildi. Plyus 1-taymda sariq olib uyog‘iga ehtiyot bo‘ldi. "Real" hech qo‘llamagan uslubda o‘ynadi. Markaziy himoyada 3 futbolchi. Faol qanotlar ishlamadi. Mendi hujumda, Vinisius esa himoyada yordam berolmadi. 3 markaziy himoyachi bilan o‘ynaganda kerak payt yana ikkita qo‘shilib, 5 taga aylanadi. Biroq, Real aynan 3 himoyachi bilan o‘ynadi, ular ham juda sekin xarakat qilishdi.

Kazemiro Mauntga bas kelolmadi. Modrichda tezlik, Kroosda esa keskinlashtiruvchi paslar oqsadi. Azar o‘z imkoniyatining yarmini ham ko‘satmadi. Uni maydonda paytidayoq o‘yindan chiqarib yuborishdi. Benzema uch himoyachiga qarshi kurashdi. Qanotdan yordam kelmadi. Shunda ham ikkita vaziyat qildi. "Real" safida yarim final natijasiga ko‘ra bosh egmagan yagona futbolchi.

Ba’zida yarim finallar dramaga aylanadi. Oxirida janjallar chiqadi. Tomoshabinlar ham ancha vaqtgacha emotsiyani bosa olishmaydi. Lekin bu safar "Real"ning ko‘plab adekvat muxlislari ham shunchaki "Chelsi" yaxshiroq o‘ynaganini tan olishdi. Ikki munosib jamoaning to‘qnashuvi va aristokratcha yakun", - deb yozib qoldirdi Fayziyev.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • ECHL. "Chelsi"ga "Real"ning kuchi yetmadi — bizni inglizcha final kutmoqda 06 мая, 02:40
  • Davron Fayziyev PSJ haqida: Na taktika, na iroda, na intizom 05 мая, 10:13
  • Davron Fayziyev: Milliardlar jangi, yulduzlar jangi, orzular jangi 28 apr, 17:25
  • Davron Fayziyev: "Tottenxem" - "Chelsi" o‘yini keskin burilishlardan iborat 22 dek, 18:30
  • Azar “Chelsi”ning ikkita taklifini rad etdi, uning maqsadi — “Real” 06 yanv, 18:54
  • YeChL: Nimchorak final juftliklari “Real” – PSJ, “Chelsi” – “Barselona” va boshqalar 11 dek, 23:40
  • So'nggi yangiliklar
  • Mushaklar spazmi: Oyoqlar tunda og‘rishining 9 sababi 22 iyun, 23:00 453
  • Niqobi yo‘q shaxslar transport vositalari saloniga chiqarilmaydi 22 iyun, 22:22 462
  • Toshkent shahar hokimligi qo‘shiqchi Sanjayga ish taklif qildi 22 iyun, 21:50 785
  • Artem Dzyuba: "Psixologiya — zaif nuqtamiz, bosim ostida o‘ynashni bilmaymiz. Yevropaliklar bundan zavqlanadi, biz esa..." 22 iyun, 21:16 583
  • Tashkilot rahbari muxbir qizni «yotoqqa» taklif qilgani aytilmoqda 22 iyun, 20:30 649
  • Dragan Skochich: "Natijaga qanday erishdik deysizmi? Chunki biz kuniga 20 soat ishladik" 22 iyun, 19:59 978
  • Biolog koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha «aniq maslahat» berdi 22 iyun, 19:28 897
  • Islom To‘xtaxo‘jayev: "Futbolni tushunadigan inson muammo faqat himoyada emasligini bilib turgandi" 22 iyun, 19:20 938
  • Artem Dzyuba: "Bizda hamma qarorlar — orqaga. Bizda darvozabon — pleymeyker" 22 iyun, 18:04 778
  • O‘zbekiston MTJ futbolchisiga Yevropa klublaridan taklif bor 22 iyun, 17:34 1 443
  • Sirdaryoda yengil va yuk mashinalari to‘qnashuvida ikki kishi jabrlandi 22 iyun, 17:00 495
  • «Barsa» prezidenti Ronalduni jamoaga taklif qilmoqchi 22 iyun, 16:26 745
  • Bo‘limlar