“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 22 2021, 12:30
ЎЗO‘Z

Lukashenko ommaviy ravishda Belorus kuch ishlatar tizimlari xizmatchilarini unvonlaridan mahrum qildi

06 мая, 10:30 1 146 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lukashenko ommaviy ravishda Belorus kuch ishlatar tizimlari xizmatchilarini unvonlaridan mahrum qildi
Belorus prezidenti Aleksandr Lukashenko ichki ishlar idoralarining sobiq xodimlari va harbiy xizmatchilarini harbiy va maxsus unvonlardan ommaviy ravishda mahrum qildi. U bu boradagi tegishli farmonni 4 may, seshanba kuni imzoladi, deya xabar bermoqda «BelTA» axborot agentligi.

Ta’kidlanishicha, bu xavfsizlik xizmatining 80 dan ortiq amaldorlariga tegishli. Hujjat matniga ko‘ra, ular mamlakatda ijtimoiy-siyosiy vaziyatning og‘irlashishi davridagi «harakatlari» uchun unvonlaridan mahrum etilgan.

«Ayrim harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari jamiyatdagi norozilik kayfiyatini qamchiladilar, ruxsatsiz tadbirlarni uyushtirdilar va qatnashdilar, Internetda ekstremistik materiallarni joylashtirdilar va radikal choralar ko‘rishga chaqirdilar», deyiladi hujjat matnida.

Shuningdek, ushbu shaxslar jurnalistlar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va davlat xizmatchilarining shaxsiy ma’lumotlarini oshkor etishda gumon qilinmoqda. Xavfsizlik xizmatining sobiq amaldorlarining ayrimlariga qarshi allaqachon jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan. «Bunday harakatlar harbiy xizmatchi va xavfsizlik bo‘limi xodimi maqomiga mos kelmaydi», deyiladi hujjatda.
Ma’lum qilinishicha, bunday tadbir tashabbuskorlari huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari bo‘lgan.

Belorusda norozilik namoyishlari 2020 yil 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyin davom etmoqda. Namoyishlar xavfsizlik kuchlari tomonidan bostirilmoqda. O‘n minglab odamlar hibsga olingan. Xavfsizlik xodimlari bilan to‘qnashuvlarda to‘rt kishi halok bo‘ldi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Lukashenko "Katta og‘a" bilan uchrashish uchun Moskvaga yo‘l oldi 22 apr, 19:34
  • “Ishtonimgacha titib ko‘rishdi”: Lukashenko o‘zi haqidagi filmning "ag‘dar-to‘ntarini" chiqardi 13 mar, 21:30
  • Aleksandr Lukashenko o‘z xalqiga avtomatdan o‘q otmasligini aytdi 30 avg, 09:13
  • «33 pahlavon» ishi: Lukashenko Rossiya va Ukraina bosh prokurorlarini Minskka chaqirmoqchi 06 avg, 17:23
  • Kreml Lukashenkoning “Vagner” jangchilari to‘g‘risidagi so‘zlariga javob qaytardi 30 iyul, 18:37
  • Lukashenko jangarilar qo‘lga olinganidan so‘ng, zudlik bilan Xavfsizlik kengashini yig‘di 29 iyul, 22:10
  • So'nggi yangiliklar
  • Diyor Imomxo‘jayev: Abramovga na shaxs na inson sifatida ishonmayman. U tayyor yetishib turgan "lola"larga gulni uzadigan bog‘bon bo‘lib keldi 22 iyun, 12:23 0
  • Vaziyat keskinlashmoqda. O‘zbek-afg‘on davlat chegarasi yopildi 22 iyun, 11:39 185
  • Yozda tishlar sog‘lom bo‘lishiga hissa qo‘shadigan 10 odat 22 iyun, 11:11 116
  • Kutilmagan g‘alaba. Barcha sobiq prezidentlar qatnashgan saylovda Pashinyan ustun keldi 22 iyun, 11:08 158
  • Prezidentning kino bo‘yicha yangi qarori qabul qilindi 22 iyun, 10:00 156
  • Kelin bu qilmishi uchun uch yilgacha qamalishi mumkin 21 iyun, 23:30 1 385
  • Sherzod Asadov prezident sayloviga nomzodlar e’lon qilinishi haqida 21 iyun, 23:00 1 093
  • “Barselona” Ronalduni transfer qilmoqchi va kelishuvga Grizmann, Koutino, Serxi Roberto qo‘shilishi mumkin 21 iyun, 22:43 1 113
  • O‘zbekiston va Qatar futbol assotsiatsiyalari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi 21 iyun, 22:32 661
  • Toliblar Tojikiston bilan chegaradagi tumanni egallab oldi 21 iyun, 21:00 1 540
  • Filippinda noyob McLaren buldozer yordamida yanchib tashlandi (video) 21 iyun, 19:25 537
  • Rasul Kusherbayev: «Uzr»larga quloq ham ko‘nikib qoladi 21 iyun, 18:48 791
  • Bo‘limlar