“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2021, 08:54
ЎЗO‘Z

Isroil bosh vaziri hukumat tuzishni uddalay olmadi

06 мая, 08:30 875 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Isroil bosh vaziri hukumat tuzishni uddalay olmadi
Binyamin Netanyaxu.
Foto: «RIA Novosti»

Isroilda 23 mart kuni o‘tkazilgan muddatidan avvalgi parlament saylovlaridan so‘ng bosh vazir, «Likud» partiyasi rahbari Binyamin Netanyaxuga hukumat koalitsiyasini tuzish uchun ajratilgan vaqt tugadi. Bu haqda Isroil prezidenti Reuven Rivlin Twitter’da ma’lum qildi, deb yozadi «RBK».

«Bosh vazir Binyamin Netanyaxuga hukumatni tuzish uchun ajratilgan 28 kunlik muddat tugadi», — deyiladi prezident xabarida.
Rivlinning ta’kidlashicha, muddat tugashidan biroz avval Netanyaxu hukumat tuzolmasligini aytgan va prezidentga mandatni qaytarib bergan. Rivlin knesset partiyalari (Isroilning bir palatali parlamenti) bilan hukumat tuzish masalasini muhokama qilmoqda.

The Times of Israel nashrining yozishicha, Netanyaxu hukumat tuzish vakolatini rasmiy muddati tugashidan bir necha daqiqa oldin qaytarib bergan. Nashrning ta’kidlashicha, agar mamlakat prezidenti mandatni parlamentga topshirsa, knessetda hukumat tuzadigan nomzod topish uchun 21 kun vaqt bo‘ladi. Nomzodni 120 deputatdan kamida 61 nafari qo‘llab-quvvatlashi kerak.

Shuningdek, prezident Vazirlar Mahkamasini tuzish vakolatini parlament fraksiyalari bilan maslahatlashuvlardan so‘ng deputatlardan biriga topshirishi mumkin.

Agar shunda ham hukumat tuzilmasa, Isroil parlamenti tarqatib yuboriladi va mamlakatda yangi saylovlar o‘tkazishga to‘g‘ri keladi, bu hol 2019 yil aprelidan beri besh marta kuzatilgan.

2019 yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan saylovlar natijalariga ko‘ra, partiyalarning hech biri hukumatni shakllantirish uchun zarur ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritmagan va koalitsiya ham tuzilmagan. O‘sha yilning sentabr oyida takroriy saylovlar muvaffaqiyatsiz tugagach, keyingi saylov 2020 yil mart oyida bo‘lib o‘tdi.

O‘shanda Netanyaxu o‘zining asosiy raqibi — Isroil Bosh shtabining sobiq rahbari Beni Gans boshchiligidagi «Kaxol-Lavan» («Oq-ko‘k») partiyalar bloki bilan koalitsiya tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Tomonlar hukumatni navbatma-navbat boshqarishga kelishib oldi, Gans 2021 yil noyabrda Netanyaxu o‘rniga bosh vazir lavozimini egallaydi.

Biroq keyinchalik parlament a’zolari mamlakatning 2021 yilgi budjetini tasdiqlay olmadi, natijada parlament yana tarqatib yuborildi va yangi saylovlar tayinlandi. Ular mart oyi oxirida bo‘lib o‘tdi va yana boshi berk ko‘chada tugadi. Na Netanyaxu va na uning raqiblari parlamentdagi ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kirita olmadi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Isroil koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qildi 05 mar, 10:52
  • «Poyga tugadi» – Bayden prezident saylovida g‘alaba qozonganligini e’lon qildi 07 noya, 23:26
  • Qirg‘iziston prezidenti hukumat va bosh vazirni iste’foga chiqardi 09 okt, 16:53
  • Gavayida ishsizlarning restoranda ovqatlanishi uchun 500 dollardan pul ajratiladi 04 okt, 22:53
  • Dunyodagi eng yosh bosh vazir futbolchiga turmushga chiqdi 02 avg, 22:43
  • TIV: Qozog‘iston bu yil Evroittifoq bilan sheriklik haqida bitim imzolaydi 16 fev, 14:17
  • So'nggi yangiliklar
  • Abramovning chiroyli ibtidosi sharmandali intiho bilan yakunlandi 17 iyun, 23:41 340
  • Esingizdan chiqmasin, terma jamoa - bu xalqniki! Navbatdagisi shunchaki muvaffaqiyatsizlik emas, bunga kim javob beradi? 17 iyun, 23:19 915
  • Murod Rizayev: Abramovning eng asosiy xatosi – yettinchi qit’ani kashf qilgani 17 iyun, 22:30 1 179
  • MIB: Oqoltin tumanida uch yoshli bola onasi tarbiyasiga olib berildi 17 iyun, 22:06 499
  • Ishdan keyin oyoq og‘rishining asosiy sabablari va bundan xalos bo‘lish yechimlari 17 iyun, 21:30 704
  • Kolbasa o‘g‘risi qo‘lga tushdi 17 iyun, 21:16 597
  • Erkaklar salomatligi uchun juda foydali mahsulot 17 iyun, 21:14 994
  • Fatvo hay’ati: «Chigirtka halol. Ko‘ngli ko‘targan bemalol yeyishi mumkin» 17 iyun, 19:45 892
  • Putin va Bayden uchrashuvda bir-biriga qanday sovg‘a bergani ma’lum bo‘ldi 17 iyun, 19:01 1 158
  • «Endi har bir xonadonga biznes-reja yozib beriladi» — Prezident 17 iyun, 18:30 482
  • Ochiqlik sari katta qadam. Prezident farmoni e'lon qilindi 17 iyun, 17:47 1 169
  • Vadim Abramov iste’foga chiqarildimi? 17 iyun, 17:17 1 105
  • Bo‘limlar