“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2021, 05:20
ЎЗO‘Z

Soliq organlari xodimlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga qabul qilishi tartibi bekor qilinadi

05 мая, 21:52 2 527 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Soliq organlari xodimlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga qabul qilishi tartibi bekor qilinadi
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan soliq xizmati organlari va jismoniy shaxslar daromadlari hamda aktivlarini deklaratsiyalash tizimini joriy qilish to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasi e’lon qilindi.

Farmon loyihasida qayd etilishicha, 2021 yil 1 iyulidan davlat soliq xizmati organlarining boshqaruv xodimlariga o‘z daromadlari va egaligida bo‘lgan aktivlarni majburiy deklaratsiyalash tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, soliq organlari xodimlari 2020 yil 1 yanvarga qadar mavjud bo‘lgan aktivlarining kelib chiqish manbasini tasdiqlashi talab etilmaydi.

2021 yil 1 apreldan boshlab davlat soliq xizmati organlariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining «Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali» orqali amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, jismoniy shaxslarning daromadlari hamda egaligida bo‘lgan aktivlar to‘g‘risida deklaratsiyalarni topshirish muddatlari etib:

2020 yil uchun 2021 yil 1 sentabrga qadar, 2021 yil va keyingi yillar uchun — har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalarda keltirilgan aktivlar va ularning daromadlarga muvofiqligini o‘rganish natijalari e’lon qilinadi.

2020 yil uchun 2021 yil 1 noyabrga qadar, 2021 yil va keyingi yillar uchun — hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayiga qadar deklaratsiyada keltirilgan aktivlar kelib chiqish manbasining asosliligi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bazasida hisobga olingani DSQ tomonidan o‘rganiladi.

2021 yil 1 avgustga qadar soliq organlari xodimlari tomonidan deklaratsiya taqdim etmaslik holati bo‘yicha javobgarlikni belgilash yuzasidan «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasining Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi belgilandi.

2021 yil 15 avgustga qadar deklaratsiyada keltirilgan aktivlar kelib chiqish manbasining asosliligi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bazasida hisobga olinganini tahlil qilish tartibi tasdiqlanadi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda davlat xizmatchilarini ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish amaliyotiga o‘tiladi 05 okt, 18:20
  • Soliq idoralarining soliq to‘lovchining bankdagi hisobini «muzlatib qo‘yish» vakolati bekor qilinadi 25 sen, 17:30
  • Davlat soliq xizmati organlariga oid nizomlar tasdiqlandi 18 apr, 09:53
  • Soliq xizmati organlarida yangi tizim joriy etiladi 03 okt, 11:25
  • Ba’zi yuridik shaxslarning qat’iy belgilangan soliq to‘lash tartibi bekor qilinadi 16 avg, 11:20
  • Davlat soliq qo‘mitasi tizimida 1245 nafar xodim ishdan bo‘shatildi 28 iyun, 21:30
  • So'nggi yangiliklar
  • Mushaklar spazmi: Oyoqlar tunda og‘rishining 9 sababi 22 iyun, 23:00 453
  • Niqobi yo‘q shaxslar transport vositalari saloniga chiqarilmaydi 22 iyun, 22:22 462
  • Toshkent shahar hokimligi qo‘shiqchi Sanjayga ish taklif qildi 22 iyun, 21:50 785
  • Artem Dzyuba: "Psixologiya — zaif nuqtamiz, bosim ostida o‘ynashni bilmaymiz. Yevropaliklar bundan zavqlanadi, biz esa..." 22 iyun, 21:16 583
  • Tashkilot rahbari muxbir qizni «yotoqqa» taklif qilgani aytilmoqda 22 iyun, 20:30 649
  • Dragan Skochich: "Natijaga qanday erishdik deysizmi? Chunki biz kuniga 20 soat ishladik" 22 iyun, 19:59 978
  • Biolog koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha «aniq maslahat» berdi 22 iyun, 19:28 897
  • Islom To‘xtaxo‘jayev: "Futbolni tushunadigan inson muammo faqat himoyada emasligini bilib turgandi" 22 iyun, 19:20 938
  • Artem Dzyuba: "Bizda hamma qarorlar — orqaga. Bizda darvozabon — pleymeyker" 22 iyun, 18:04 778
  • O‘zbekiston MTJ futbolchisiga Yevropa klublaridan taklif bor 22 iyun, 17:34 1 443
  • Sirdaryoda yengil va yuk mashinalari to‘qnashuvida ikki kishi jabrlandi 22 iyun, 17:00 495
  • «Barsa» prezidenti Ronalduni jamoaga taklif qilmoqchi 22 iyun, 16:26 745
  • Bo‘limlar