“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2021, 04:55
ЎЗO‘Z

Qonunchilik palatasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi yangi qonunni qabul qildi

05 мая, 23:30 1 596 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qonunchilik palatasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi yangi qonunni qabul qildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasini uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqib, qabul qildi.
Deputat Inomjon Qudratovning ma’lum qilishicha, qizg‘in muhokamalarga boy o‘tgan majlisda qabul qilingan qonun loyihasi 10 kun muddatda Senatga yuboriladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha e’lon qilinganidan buyon (2020 yil avgust oyida) aholi, xalqaro tashkilotlar va mahalliy ekspertlar tomonidan 700dan ortiq taklif kelib tushgan. Loyiha qo‘mita va partiyalar fraksiyalarida ham keng muhokama qilingan.
Deputatlar yangi qonun loyihasida aholini qiynab kelayotgan muammolardan biri – fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi cheklovni olib tashlashgan.

Loyihada diniy tashkilot tuzish uchun tashabbuskorlar soni 100 nafardan 50 nafargacha tushirilib, diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartib-taomillari yengillashtirilgan. Xususan, taqdim etiladigan hujjatlar soni qisqartirilib, ularni notarial va boshqa ko‘rinishlarda tasdiqlashga oid talablar bekor qilingan, davlat xizmatlari to‘liq elektron ko‘rinishda amalga oshirilishi va ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish asoslari aniq belgilangan. Diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha berilgan arizani ko‘rib chiqish muddati 3 oydan 1 oyga tushirilgan.

Shuningdek, Inomjon Qudratovning aytishicha, davlat idoralarining diniy tashkilotlar faoliyatiga aralashishi qisqartirilgan. Sohada vakolatli va ko‘maklashuvchi organ sifatida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita qoldirilgan.
Qonunchilik palatasining yana bir deputati Alisher Qodirovning ma’lum qilishicha, deputatlar fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi cheklov olib tashlanishi kerakligini to‘liq ma’qullashgan.

Lekin ushbu qonunga uzviy bog‘liq bo‘lgan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184-1-moddasi o‘z kuchida qolmoqda.
Qonunga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi».

Agar jamoat joylarida ibodat libosida yurishga doir cheklovlar olib tashlansa, bu modda yangi qonunga teskari kuchda bo‘lib qoladi. Shu sababli deputatlar Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga MJtKning 184-1-moddasini bekor qilish bo‘yicha taklif ishlab chiqish va bu boradagi ishlarda tashabbuskor bo‘lishlari kerakligini aytgan.Ta’kidlash kerak, o‘tgan oyda Xalqaro diniy erkinlik masalalari bo‘yicha AQSH komissiyasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasini xalqaro standartlarga mos kelmasligini, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda Yevropa Kengashining Venetsian komissiyasi qonun loyihasi bilan tanishib chiqib, unga tanqidiy xulosa berganini ma’lum qilgan edi.

Qonun loyihasidagi qator bandlar, xususan diniy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning davlat ro‘yxatidan o‘tishi shartligi, xususiy diniy ta’lim va missionerlikning taqiqlanishi, diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazishdagi ehtimoliy murakkabliklar, muayyan joylarda diniy marosimlarni o‘tkazish mumkin emasligi, diniy mazmunga ega barcha adabiyotlar va materiallar majburiy tartibda ekspertizadan o‘tishi kabi normalar xalqaro tashkilotlar tomonidan ma’qullanmayapti.

Shu va boshqa bir qancha sabablar ortidan komissiya O‘zbekistonni «maxsus kuzatuv ostidagi davlatlar» ro‘yxatiga qayta kiritishni tavsiya etdi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • «Haj» va «Umra» ziyoratini tashkil etish bo‘yicha yangi tartib joriy qilinishi mumkin 11 noya, 10:45
  • Siyosiy boshpana berish tartibi ishlab chiqiladi 06 okt, 00:03
  • Fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlari yanada mustahkamlanmoqda 22 avg, 11:15
  • Senat tomorqadan oqilona foydalanmaslik uchun javobgarlik haqidagi qonunni rad etdi 11 мая, 13:05
  • Diniy-ma’rifiy soha faoliyati takomillashtiriladi 08 sen, 16:28
  • Deputatlar «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama qilishmoqda 26 dek, 12:26
  • So'nggi yangiliklar
  • Mushaklar spazmi: Oyoqlar tunda og‘rishining 9 sababi 22 iyun, 23:00 453
  • Niqobi yo‘q shaxslar transport vositalari saloniga chiqarilmaydi 22 iyun, 22:22 462
  • Toshkent shahar hokimligi qo‘shiqchi Sanjayga ish taklif qildi 22 iyun, 21:50 785
  • Artem Dzyuba: "Psixologiya — zaif nuqtamiz, bosim ostida o‘ynashni bilmaymiz. Yevropaliklar bundan zavqlanadi, biz esa..." 22 iyun, 21:16 583
  • Tashkilot rahbari muxbir qizni «yotoqqa» taklif qilgani aytilmoqda 22 iyun, 20:30 649
  • Dragan Skochich: "Natijaga qanday erishdik deysizmi? Chunki biz kuniga 20 soat ishladik" 22 iyun, 19:59 978
  • Biolog koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha «aniq maslahat» berdi 22 iyun, 19:28 897
  • Islom To‘xtaxo‘jayev: "Futbolni tushunadigan inson muammo faqat himoyada emasligini bilib turgandi" 22 iyun, 19:20 938
  • Artem Dzyuba: "Bizda hamma qarorlar — orqaga. Bizda darvozabon — pleymeyker" 22 iyun, 18:04 778
  • O‘zbekiston MTJ futbolchisiga Yevropa klublaridan taklif bor 22 iyun, 17:34 1 443
  • Sirdaryoda yengil va yuk mashinalari to‘qnashuvida ikki kishi jabrlandi 22 iyun, 17:00 495
  • «Barsa» prezidenti Ronalduni jamoaga taklif qilmoqchi 22 iyun, 16:26 745
  • Bo‘limlar