“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 09:59
ЎЗO‘Z

Ramazonda ro‘za tutganlar

04 мая, 00:30 4 078 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ramazonda ro‘za tutganlar
Duo qilib necha oy oldin,
Ramazonni intiq kutganlar.
Mohi Sharif muborak bo‘lsin,
Ramazonda ro‘za tutganlar.

Masjidlar sari bosib qadam,
Tarovihda bo‘lib jamul-jam,
Qur’on tinglab ko‘zlarida nam,
Ramazonda ro‘za tutganlar.

Savob ko‘zlab iftorlar qilar,
Har bir damni g‘animat bilar,
El-u yurtga yaxshilik tilar,
Ramazonda ro‘za tutganlar.

Ibodatda peshqadamdirlar,
Saxovatda peshqadamdirlar,
Kamolotda peshqadamdirlar,
Ramazonda ro‘za tutganlar.

Kunduz soim, tunlari qoim,
Robbisining zikrida doim,
Nasib etsin jannat un-na’iym,
Ramazonda ro‘za tutganlar.

Qadr tuni bo‘lishar bedor, 
Yuzida tahajjud nuri bor,
Ming oylik savobdan umidvor,
Ramazonda ro‘za tutganlar.

Ikki dunyo baxtingiz kulsin, 
Savob poygasida yutganlar,
Hayitingiz muborak bo‘lsin,
Ramazonda ro‘za tutganlar!

Dovud Abdulg‘afur




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 1
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 291
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 336
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 31
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 120
  • Xonanda Farhod rafiqasi bilan ajrashdi 21 apr, 23:33 1 442
  • So'nggi yangiliklar
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 0
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 0
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 4
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 82
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 86
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 280
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 127
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 45
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 213
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 227
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Bo‘limlar