“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 12:58
ЎЗO‘Z

«Bizga, iqtisodiyotimizga katta to‘siq — bank bilan soliq» — Shavkat Mirziyoyev

01 мая, 14:57 2 697 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Bizga, iqtisodiyotimizga katta to‘siq — bank bilan soliq» — Shavkat Mirziyoyev
30 aprel kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda mahalliy sanoatni rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Yig‘ilishda ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari muhokama qilingan. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalining lavhasida so‘z boradi.

Yig‘ilishda davlat rahbari mahalliy sanoatni rivojlantirish ham hokimlarning qo‘lidagi masala ekanligini ta’kidlagan. Shavkat Mirziyoyev haftada bir marta bank va soliq idoralari rahbarlari bilan viloyat hokimlarining o‘zlari gaplashishini, har bir tumanning kim bo‘lishidan qat’iy nazar, bank bilan soliqchisining ko‘ziga qarab baho berish kerakligini qayd etgan.

«Bizga katta to‘siq — bank bilan soliq. Iqtisodiyotimizga to‘siq. Har bir viloyat hokimi bank va soliq bilan har hafta bir marta gaplashadi. Xalqimiz bizni boqib oladi, oldin xalqimizni ozgina oyoqqa turg‘izib olaylik.

Korrupsiyani ildizi bilan yo‘q qilmasak, islohotlarimiz amalga oshmaydi. Iqtisod nuqtai nazaridan bankning kapitali bo‘lishi uchun qancha pul beryapmiz? Shu paytgacha bank qolarmidi? Bankrot bo‘lardi. Chet eldan kelib bankimizni sotib oladiganlar juda ko‘p, men bunga ruxsat bermayapman. O‘zimizning xalqimizga o‘zimiz xizmat qilishga o‘rganaylik, deyapman. Soliqlar o‘zimizda qolsin deyapman…
», — deydi davlat rahbari.
Shuningdek, Prezident qaysi tumanda ishsizlar ko‘p bo‘lsa, bu o‘sha tumanning rahbarlari, to‘rtta sektori chiqargan qarorlar bo‘yicha ishlamayotganidan dalolat berishini aytib o‘tgan. «Hozir sizlarga hamma sharoitni yaratib, xalqqa xizmat qilgin, deb pul beryapmiz», — deydi Shavkat Mirziyoyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 73
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 54
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 68
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 116
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 217
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 142
  • So'nggi yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 16
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 82
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 101
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 39
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 82
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 44
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 233
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 215
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 37
  • Bo‘limlar