“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 01:14
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda agroklasterlar tizimini jadal rivojlantirishga xizmat qiluvchi qonun va hukumat qarori qabul qilinishi kutilmoqda

28 apr, 22:30 3 449 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda agroklasterlar tizimini jadal rivojlantirishga xizmat qiluvchi qonun va hukumat qarori qabul qilinishi kutilmoqda
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun butun dunyoda oziq ovqat xavfsizligini ta’minlash eng dolzarb masalaga aylandi. Ayni paytda qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish, uning iqtisodiy samaradorligini oshirish, qishloq ahlining turmush sharoitini yanada yaxshilash, manfaatdorligini ta’minlash masalalari bevosita qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning zamonaviy usuli — klasterlar tizimi bilan bog‘liq.

O‘zbekistonda ham, so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymatlar zanjirini yaratish, tabiiy va moddiy resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida klaster usuli keng tatbiq etilmoqda. Xususan, hozirgi kunda qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlarida 462 ta agrosanoat klasteri (2,2 million gektar yerlarda) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimi mutaxassislarining e’tirof etishicha, o‘tgan qisqa vaqtda ushbu tizim o‘zini har tomonlama oqlaganligi erishilayotgan natijalarda yaqqol nomoyon bo‘lmoqda. Lekin, o‘tgan davrdagi tajriba huquqiy jihatdan tartibga solish borasida qator masalalar borligini ham ko‘rsatdi.
Jumladan:Bugungi kunda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan o‘tgan davr tahlili hamda xorijiy davlatlarning tajribalarini chuqur o‘rgangan holda agrosanoat klasterlari faoliyatida mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tizimli ish tashkil etilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Xorijiy tajribalarga e’tibor qaratsak, AQSH, Kanada, Yaponiya, Xitoy, Yevropa mamlakatlari tajribasida agrosanoat klasterlari faoliyati qonun (normativ-huquqiy hujjat) bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan. Mazkur munosabatlar fuqarolik huquqiy munosabatlar asosida, jumladan sheriklik shartnomasi, kooperatsiyaga birlashishi orqali amalga oshiriladi.

Xalqaro tajribadan kelib chiqib, agroklasterlar va kooperatsiya munosbatlarini huquqiy asoslarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, sohaning yetuk mutaxassilari, olimlar, amaliyotchilar va ekspertlarni jalb qilgan holda «Qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Qonun loyihasi 2021 yil 3 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi. Bugungi kunda, qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari, ekspertlar va soha mutaxassislari tomonidan bildirilgan takliflar asosida ikkinchi o‘qishga tayyorlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
«Qishloq xo‘jaligida kooperatsiya to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarni shakllantirishning huquqiy asosini yaratish, kooperativlar faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, xo‘jalik sub’ektlari uchun munosabatlarni huquqiy tartibga solishga yordam beradi.

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi orqali qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarini tartibga soluvchi normalarni yagona hujjatda unifikatsiya qilish va tizimlashtirish, ushbu sohasidagi munosabatlarni kompleks huquqiy tartibga solish, qonun hujjatlaridagi ziddiyatlar va bo‘shliqlarni bartaraf etishga erishiladi.

Qonun loyihasi yirik kooperatsiyalarni tashkil etish, ular faoiyatini muvofiqlashtirish, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, moliyalashtirish bo‘yicha rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlarni qo‘llash masalalarini ko‘zda tutadi. Aynan, qishloq xo‘jalagi kooperatsiyalari tashkil etilishi, ularga ishlab chiqaruvchi, xizmat ko‘rsatvchi, tayyorlovchi va ta’minot korxonalarining birlashishi qishloq xo‘jaligida klaster tizimining jadal rivojlanishiga turtki bo‘ladi.

Shundan kelib chiqqan holda, «Agrosanoat klasterlari maqomi va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ham ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan kelishilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Qaror loyihasida agrosanoat klasterlari maqomi va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutilmoqda. Jumladan, ushbu qaror bilan:Agrosanoat klasterlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishini ta’minlashning huquqiy asoslarini yaratish klasterlarni tashkil etishda vakolatli davlat va mahalliy hokimiyat organlarini hamda klasterlarning huquq va majburiyatlarini aniq belgilanishiga hamda agrosanoat klasterlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishda davlat va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan yer ajratish, moliyalashtirish masalalariga ko‘maklashishni ta’minlashning asosi bo‘lib xizmat qiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
«Ushbu huquqiy asoslarning qabul qilinishi, mazkur tizimni jadal rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini keng joriy etish, investitsiyalarni faol jalb qilish, qayta ishlash va eksport infratuzilmasini rivojlantirish, fermer va dehqonlarning daromadini yanada oshirish, qishloq hududlarida yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi», — deydi Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 136
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 166
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 218
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 256
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 56
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 154
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 0
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 0
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 0
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 22
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 58
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 91
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 39
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 149
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 164
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 226
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 141
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 81
  • Bo‘limlar