“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2021, 21:18
ЎЗO‘Z

Pashinyan iste’fo berdi. Lekin u butunlay ketmoqchi emas

25 apr, 23:32 1 409 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pashinyan iste’fo berdi. Lekin u butunlay ketmoqchi emas
Foto: EPA
Armaniston Qorabog‘dagi urushda mag‘lub bo‘lganidan besh yarim oy o‘tib mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan iste’fo berdi. Bu avvaldan kutilgan formal qadamdir: Pashinyan bosh vazir vazifasini bajaruvchi sifatida ishlashda davom etadi, iyun oyida esa yana saylovlarda g‘olib chiqishi mumkin.

Pashinyanning iste’fosi muddatidan oldingi parlament saylovlari o‘tkazilishi uchun kerak edi, saylovlarni o‘tkazishga esa o‘tgan yil kuzida Armaniston Tog‘li Qorabog‘dagi urushda mag‘lub bo‘lishi ortidan zarurat yuzaga kelgandi.

Bugun Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Facebook orqali xalqqa murojaat qilib, iste’fo berganini e’lon qildi.

«2020 yilda biz halokatli voqealarrni boshdan kechirdik, muammolar sabablari va yechimlar haqida deyarli hamma gapirdi: siyosiy kuchlar, hukumat a’zolari, ziyolilar, ruhoniylar, jamoat tashkilotlari. Endi xalq o‘z so‘zini aytish va o‘tmishga hamda bugunga baho berish va kelajak uchun qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Bunday imkoniyat hosil qilish uchun muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkaziladi.

Prezident va siyosiy kuchlar bilan kelishuvga ko‘ra, konstitutsiyaviy nizomlarni amalga oshirish va parlamentni tarqatib yuborish uchun men bugun iste’fo beryapman», deya Pashinyanning so‘zlarini keltirgan «Novosti-Armeniya» agentligi.
Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, bunday holatda Armaniston hukumati ham to‘liq tarkibda iste’fo beradi. Ammo hozirgi hukumat yangi hukumat shakllantirilguncha o‘z vazifalarini bajarishda davom etadi.

Pashinyan parlamentdagi muxolifat bilan kelishuvga ko‘ra, 20 iyun kuni muddatidan oldingi parlament saylovlari o‘tkazmoqchi, u bu saylovlarda ham g‘olib chiqishni ko‘zlagan - so‘rovlar unga g‘alaba uchun umid bermoqda.

«Aprelning oxirgi o‘n kunligida iste’foga chiqaman. Men buni ketish uchun emas, muddatidan oldingi saylovlar o‘tkazilishi uchun qilaman. Men bosh vazir vazifasini bajaruvchi sifatida ishlashda davom etaman. Saylovlarda saylovchilar ishonch bildirishsa, men mamlakatda yanada yaxshiroq xizmat qilishga va’da beraman. Ammo agar fuqarolar bizni qo‘llab-quvvatlashmasa, biz saylanadiganlarga hokimiyatni topshiramiz», degandi Pashinyan 28 mart kuni mamlakat bo‘ylab safar davomida fuqarolar bilan uchrashuvda.

Armaniston konstitutsiyasiga ko‘ra, muddatidan oldingi parlament saylovi o‘tkazilishi uchun bosh vazir iste’fo berishi, keyin parlament ikki urinishda ham yangi bosh vazir nomzodini tasdiqlamasligi kerak. Pashinyan, uning rahbarligidagi «Mening qadamim» partiyasi nazoratidagi Milliy majlis (parlament) va prezident Armen Sarkisyan aynan shu tartibga rioya qilmoqchi.

O‘tgan yilning sentabr-noyabr oylarida 44 kun davom etgan Qorabog‘ urushida Ozarboyjonga mag‘lub bo‘linganidan keyin Pashinyanning mavqeyiga putur yetgandi.
Armaniston jamoatchiligining bir qismi 9 noyabr kungi tinchlik kelishuvini mamlakat bosh vaziri tomonidan xalqqa qilingan xiyonat deb hisoblaydi.

O‘sha kelishuvga ko‘ra, Armaniston armiyasi amalda to‘liq taslim bo‘lgan, Ozarboyjon esa 1990-yillar boshida armanistonlik harbiylar tomonidan egallab olingan Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi barcha yetti tumanni qaytarib olgan, shuningdek, sobiq Tog‘li-Qorabog‘ avtonom oblastining bir qismi, shu jumladan, Shushi shahri ustidan nazorat o‘rnatgandi.

Urushdagi mag‘lubiyat armanlar uchun kutilmagan holat edi, chunki so‘nggi kunlargacha arman harbiy propagandasi va Pashinyanning o‘zi ham vaziyat Armaniston armiyasi uchun avvalboshdan halokatli tus olganini tan olmay kelgandi.

Shunga qaramay, Pashinyan va uning «Mening qadamim» bloki muxolifatchilardan ko‘ra yaxshiroq mavqe saqlab qolgan - 2018 yilda Pashinyan shu kuchlarni ag‘darib, hokimiyat tepasiga kelgandi.

Mart oyi oxirida Gallup International tomonidan o‘tkazilgan so‘rov ko‘rsatdiki, «Mening qadamim» har qanday muxolifat partiya bilan alohida raqobat holatida ustun keladi: so‘ralganlarning qariyb 32 foizi shu partiyaga ovoz berishini bildirgan, raqiblar orasida eng ko‘p ovoz to‘plagan partiya esa prezident Robert Kocharyanning bloki (hali tuzilmagan) bo‘lgan - atigi 6 foiz.

Boshqa tomondan, armanistonlik saylovchilar faol emas - barcha siyosatchilardan ularning hafsalasi pir bo‘lgan: saylovda ishtirok etish niyatini jami saylovchilarning 40 foizigina bildirgan.

So‘rovlarga ko‘ra, Pashinyanning o‘zi mashhurlik borasida faqat ombudsmen Arman Tatoyanga yutqazmoqda va boshqa barcha muxolifatchilarni ortda qoldirgan.

Jurnalist va muxolif siyosatchi Nikol Pashinyan hokimiyatga 2018 yilda tinch inqilob vositasida kelib, bosh vazir Serj Sargsyan o‘rnini egallagandi.

O‘sha yilning dekabrida «Mening qadamim» bloki 70 foiz ovoz olgan holda, navbatdan tashqari saylovlarda g‘olib chiqqandi. «Mening qadamim» shu vaqtgacha Milliy majlisdagi o‘rinlarning uchdan ikki qismiga egalik qilib keladi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Nikol Pashinyan iste’foga ketishga tayyorligini ma’lum qildi 26 dek, 10:57
  • Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha omadsizlikda javobgar ekanligini ma’lum qildi 11 noya, 12:20
  • «Bu mag‘lubiyatning tan olingani» – Ilhom Aliyev Armaniston bosh vaziri Putindan yordam so‘ragani haqida gapirdi 02 noya, 09:39
  • Pashinyan Armaniston Tog‘li Qorabog‘ bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha yon berishga tayyorligini ma’lum qildi 07 okt, 08:14
  • Pashinyan mamlakat aholisiga murojaat qilib, Ozarbayjon va Turkiyaning maqsadi armanlarni qirib tashlash ekanini aytdi 04 okt, 07:37
  • Pashinyan armanistonliklarga murojaat qildi: «Ozarboyjon urush e’lon qildi» 27 sen, 20:20
  • So'nggi yangiliklar
  • Moddalar almashinuvini tezlashtirishning 7 samarali usuli 24 okt, 20:30 0
  • Haqiqatni aytgan faqat Mikael Sekeyra emas 24 okt, 20:00 0
  • Legionerimizning goli jamoasini YECHLga olib chiqish imkonini berdi 24 okt, 18:48 142
  • AQSH vizasini olishi mumkin bo‘lgan rossiyaliklar “boshpanasiz millatlar” toifasiga kiritildi 24 okt, 18:38 90
  • Superliga. «So‘g‘diyona» o‘z uyida «Paxtakor»ni taslim etdi 24 okt, 17:27 103
  • Joze Mourino: “Roma” xo‘jayinlari bir uyum axlat qoldirgan! 24 okt, 17:00 214
  • Turkiyada o‘nta davlat elchilari «qora ro‘yxatga» kiritildi 24 okt, 16:30 191
  • Insult xavfidan ogohlantiruvchi alomatlar 24 okt, 16:23 197
  • “Bizga Rossiya harbiy bazasining o‘zi yetadi” – Sadir Japarov 24 okt, 15:21 264
  • Ichki ishlar vaziri saylovda qancha mahbus qatnashayotganini ma’lum qildi 24 okt, 15:19 191
  • AQSH Tojikistondagi afg‘on uchuvchilarini tezroq olib ketmoqchi 24 okt, 14:30 236
  • AQSHda «eng daxshatli» jinoyatchi qamoqqa olindi 24 okt, 14:12 338
  • Bo‘limlar