“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2021, 15:14
ЎЗO‘Z

«Qoplamaning xizmat qilish muddati belgilanmagan» — Senat avtoyo‘llar borasidagi kamchiliklar haqida

23 apr, 14:12 1 253 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Qoplamaning xizmat qilish muddati belgilanmagan» — Senat avtoyo‘llar borasidagi kamchiliklar haqida
Oliy Majlis Senati yig‘ilishida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhonov avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish borasida olib borilgan o‘rganishlarni ochiqlab, avtomobil yo‘llari sifati bo‘yicha nazorat va quruvchilar oldiga mas’uliyat qo‘yish ham ta’minlanmayotganini ta’kidladi.

«Qo‘mita tomonidan yo‘l-qurilish sohasini o‘rganish jarayonida yo‘llarni sifatsiz qurish va ta’mirlashga quyidagi omillar sabab bo‘lgan:

Birinchidan, avtomobil yo‘l-qurilish sohasida buyurtmachi, loyihachi, pudratchi, saqlovchi va yo‘l-qurilish materiallari ishlab chiqarish funksiyalari, loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish, sohaga oid hujjatlarni ishlab chiqish aksariyat hollarda Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va uning tasarrufidagi korxonalar tomonidan bajarilmoqda.

Avtomobil yo‘l-qurilishiga oid barcha funksiyalar bitta tashkilotda jamlangan, bu amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga zid va qolaversa, avtomobil yo‘llarining sifat ko‘rsatkichiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xalqaro tajribadan kelib chiqilsa, boshqa birorta xorijiy mamlakatlarda bunday tizim mavjud emas.

Ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 1 noyabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda avtomobil yo‘l-qurilish ob’ektlarida pudratchi tomonidan bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifatini aniqlash bo‘yicha sinov laboratoriyasini jalb qilish ushbu pudratchi tashkilotga yuklatilgani sababli o‘ziga ma’qul bo‘lgan laboratoriyani tanlash sharoiti mavjud. Buning oqibatida pudratchi tashkilot va laboratoriya tashkilotining bir-biriga moliyaviy manfaati borligi tufayli bajarilgan ishlarining sifati yuzasidan sinov laboratoriyasi xulosalari kelishilib, rasmiylashtirish holatlari ko‘p uchramoqda.

Bundan tashqari, bajarilgan ishlarni buyurtmachi tomonidan to‘lovga qabul qilishda pudratchi tomonidan jalb qilingan laboratoriya xulosalariga tayangan holda moliyalashtirilmoqda. Natijada yo‘l-qurilish ishlari sifati to‘liq ta’minlanmasligiga olib kelmoqda.

Uchinchidan, avtomobil yo‘lini joriy ta’mirlash ishlari bajarilgandan so‘ng uning xizmat qilish muddatiga 226-son qarorda ko‘rsatilgani kabi talab belgilanmagan. Shuningdek, bugungi kunda joriy ta’mirlash ishlarini loyihalash va sifatini nazorat qilish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar mavjud emas.

Joriy ta’mirlashda bajarilgan ishlarni ishchi komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi tuzish, ta’mirlash ishlari qilingan hududlarda bir yil davomida buzilishlar paydo bo‘lgan taqdirda pudratchining hisobidan bartaraf etilishi to‘g‘risida pudratchining kafolat muddati va eng muhimi, butun uzunlik bo‘yicha yotqizilgan qoplamaning xizmat qilish muddatlari belgilanmagan.

Oqibatda amalga oshirilgan yo‘l ishlarining sifatsiz bajarilishiga va o‘z navbatida, joriy ta’mirlash ishlari bajarilganidan so‘ng ma’lum muddat foydalanmasdan, yana ta’mirga muhtoj holatga kelishiga sabab bo‘lmoqda», dedi Qutbiddin Burhonov.

Shuningdek, u mavzu qamrovi kengligi sababli qo‘mita tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘rganishlar davom etayotganini, o‘rganish yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Jizzaxda chiqariladigan avtomobillar modeli ma’lum bo‘ldi 09 yanv, 23:56
  • Avtomobil yonib ketishining oldini olish bo‘yicha maslahatlar 03 yanv, 21:50
  • O‘zbekistonda har 5 yilda ishlab chiqarilayotgan avtomobil turlari yangilanadi 15 sen, 10:41
  • Olimlar banan bargidan avtomobil ishlab chiqarishni taklif qilishmoqda 02 avg, 11:45
  • Toshkent shahrida jami 1500 ta yangi yengil avtomobil navbatsiz sotila boshlandi 02 sen, 21:38
  • NASA kelajak avtomobilini yaratdi 20 apr, 17:26
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda 15 may kuni qanday ob-havo kutilmoqda? 14 мая, 14:37 0
  • AQSHda COVID-19’ga qarshi emlangan fuqarolar niqob taqmasligi va masofa saqlamasligi mumkin bo‘ldi 14 мая, 14:04 0
  • Buxoroda XIX asrning ikkinchi yarmida qurilgan masjid aniqlandi 14 мая, 13:29 85
  • «OTMlarda chet tillari yo‘nalishidagi fakultetlarda qabul kvotalari oshiriladi» 14 мая, 12:37 105
  • Tojikiston hukumat delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi 14 мая, 12:14 278
  • Shaharlarda maksimal tezlikni pasaytirish taklif qilinmoqda 14 мая, 11:40 353
  • O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 291 kishida koronavirus aniqlandi 14 мая, 11:15 329
  • Farg‘onada 34 mln so‘mlik kimyoviy dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi 14 мая, 10:43 277
  • Andijonda haydovchi YPX xodimini do‘pposladi (video) 14 мая, 10:14 678
  • 6 ta gol urilgan o‘yinda "Liverpul" MYU ustidan g‘alaba qozondi 14 мая, 09:55 404
  • Usmon Toshev: Tojikiston termasidagi taqdiri, "Buxoro"ga qaytishiga nima turtki bergani haqida 14 мая, 09:35 512
  • 8-o‘rindan chempionlikgacha: Xosep Gvardiolaning muvaffaqiyat siri nimada? 14 мая, 09:00 389
  • Bo‘limlar