“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2021, 16:01
ЎЗO‘Z

1 iyundan ayrim tadbirkorlar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin

23 apr, 12:12 1 140 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
1 iyundan ayrim tadbirkorlar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin
Joriy yil 21 aprel kuni prezidentning «Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan tadbirkorlik sub’ektlarini uzliksiz faoliyat ko‘rsatishi uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida, soliq majburiyatlarini bajarishda imtiyozlar taqdim etilmoqda.

2021 yil 1 iyundan soliq qarzini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi berish nazarda tutilmoqda. Ushbu imtiyoz uch yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan hamda soliqlarni muddatida to‘lab kelgan xo‘jalik sub’ektlariga tatbiq etiladi.

Tahlillarga ko‘ra, soliq to‘lovchi yuridik shaxslarning 201,3 mingdan ortig‘i (67,7 foizi) uch yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Ular bilan o‘tkazilgan muloqotlar natijasida 43,5 mingtasining muammolari segmentlab olindi. Shundan 13 mingtasi bevosita budjet bilan munosabatlarini optimallashtirishni so‘ragan, deyiladi Soliq qo‘mitasi xabarida.

Bildirilishicha, o‘tgan yili pandemiya oqibatlarini yumshatish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlariga 7,7 trln so‘mdan ortiq soliq imtiyozlari va yengilliklar berildi. 224 mingta sub’ektning 1,3 trln so‘mlik soliq qarzini majburiy undirish choralari to‘xtatib turildi. Bunga javoban tadbirkorlik sub’ektlari soliqlarining 95 foizini ixtiyoriy ravishda o‘z muddatida to‘lagan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Buxoroda 3,3 mlrd. so‘mlik soliqlar tadbirkorlik sub’ektlarining ixtiyorida qoladi 02 iyun, 22:35
  • Prezident aholi va tadbirkorlarga qo‘shimcha imtiyozlar berdi 18 мая, 21:50
  • Prezident farmoni bilan qator soliq imtiyozlari berildi 19 mar, 23:10
  • Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash qanday amalga oshiriladi? 17 yanv, 10:56
  • Soliq to‘lovchilarga bir qator imtiyozlar berilmoqda 09 dek, 11:30
  • Tadbirkorlik sub’ektlariga umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tish tartibi tushuntirilmoqda 28 noya, 08:45
  • So'nggi yangiliklar
  • Ramazon hayiti munosabati bilan odamlar ustidan pul sochgan yigit o‘z qilmishidan pushaymon ekanligini bildirdi 14 мая, 15:39 88
  • Murodjon Ahmadaliyev amerikalik bokschiga qarshi jang o‘tkazadi 14 мая, 15:13 155
  • O‘zbekistonda 15 may kuni qanday ob-havo kutilmoqda? 14 мая, 14:37 271
  • AQSHda COVID-19’ga qarshi emlangan fuqarolar niqob taqmasligi va masofa saqlamasligi mumkin bo‘ldi 14 мая, 14:04 199
  • Buxoroda XIX asrning ikkinchi yarmida qurilgan masjid aniqlandi 14 мая, 13:29 183
  • «OTMlarda chet tillari yo‘nalishidagi fakultetlarda qabul kvotalari oshiriladi» 14 мая, 12:37 312
  • Tojikiston hukumat delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi 14 мая, 12:14 401
  • Shaharlarda maksimal tezlikni pasaytirish taklif qilinmoqda 14 мая, 11:40 485
  • O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 291 kishida koronavirus aniqlandi 14 мая, 11:15 398
  • Farg‘onada 34 mln so‘mlik kimyoviy dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi 14 мая, 10:43 318
  • Andijonda haydovchi YPX xodimini do‘pposladi (video) 14 мая, 10:14 811
  • 6 ta gol urilgan o‘yinda "Liverpul" MYU ustidan g‘alaba qozondi 14 мая, 09:55 465
  • Bo‘limlar