“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2021, 18:03
ЎЗO‘Z

Gimnastikachi qizlarimiz Jahon kubogida ikkinchi bor shohsupaga ko‘tarilishdi

19 apr, 22:43 1 241 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Gimnastikachi qizlarimiz Jahon kubogida ikkinchi bor shohsupaga ko‘tarilishdi
Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kunida ham Yekaterina Pirojkova murabbiyligidagi jamoamiz guruh mashqlarida o‘zining g‘olibona odimini davom ettirdi.

Guruh mashqlarida O‘zbekiston terma jamoasi yana shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi va qizlarimizning olamshumul g‘alabasi sharafiga yana O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyasi yangradi.

Nilufar Shomurodova, Dinara Ravshanbekova, Kseniya Aleksandrova, Sevara Safoyeva hamda Kamola Irnazarova 5 to‘p bilan mashqlarni ajoyib tarzda bajarishdi va ularning xatti-harakatlari hakamlar tomonidan eng yuqori baholandi – 40.95.

2-o‘rinni ikki ochkodan ko‘proq farq bilan Belorus terma jamoasi egalladi. Ularning chiqishi 38,65 ball bilan baholandi. 5 to‘p bilan mashq bajarishda 37,60 ball jamg‘argan Isroil terma jamoasi kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Uch halqa va ikki juft bulava bilan mashq bajarishda beloruslik gimnastikachilar tengsiz ekanligini isbotlashdi – 38,65 ball bilan ular 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishda hamyurtlarimiz 37,70 ball bilan kumush medalni Toshkentda olib qolishdi. Bronza medali yana isroillik qizlarga nasib etdi. Ularning chiqishini hakamlar 34.95 ball bilan baholadi.

Jahon kubogining shaxsiy birinchiligida O‘zbekiston sharafini iste’dodli qizlarimizdan Sabina Tashkenbayeva hamda Yekaterina Fetisovalar himoya qilishdi. Har ikkala sportchimiz halqa bilan mashq bajarishda finalga yo‘l oldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Sabina 5-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Fetisova 8-o‘rin bilan kifoyalandi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Gimnastikachi qizlarimiz tarixiy natija qayd etishdi 18 apr, 21:30
  • Boks: Norasmiy jahon kubogida terma jamoamiz nechanchi oʻrinni band etdi? 14 dek, 22:55
  • O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iziston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi 20 okt, 09:43
  • Tarixda ilk bora kuchli uchlikdamiz! 19 sen, 12:15
  • Oksana Chusovitina Bokudagi jahon kubogida shohsupaga koʻtarildi 17 mar, 08:00
  • 42 yoshli Oksana Chusovitina navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritdi 18 mar, 08:04
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev Gematologiya markazida davolanayotgan bolalar holidan xabar oldi 14 мая, 17:47 63
  • Muxlislar Gal Gadotni yozgan tviti sabab «Mo‘’jizakor ayol»dan haydab yuborishni talab qilmoqda 14 мая, 17:15 191
  • «Niyat qilib so‘rayotganda o‘zingizga chegara qo‘ymang» — Muhammad Ali Eshonqulov 14 мая, 16:35 230
  • Yil oxirigacha yapon vaksinasi ham foydalanishga tatbiq etilishi mumkin 14 мая, 16:06 180
  • Ramazon hayiti munosabati bilan odamlar ustidan pul sochgan yigit o‘z qilmishidan pushaymon ekanligini bildirdi 14 мая, 15:39 364
  • Murodjon Ahmadaliyev amerikalik bokschiga qarshi jang o‘tkazadi 14 мая, 15:13 368
  • O‘zbekistonda 15 may kuni qanday ob-havo kutilmoqda? 14 мая, 14:37 430
  • AQSHda COVID-19’ga qarshi emlangan fuqarolar niqob taqmasligi va masofa saqlamasligi mumkin bo‘ldi 14 мая, 14:04 281
  • Buxoroda XIX asrning ikkinchi yarmida qurilgan masjid aniqlandi 14 мая, 13:29 239
  • «OTMlarda chet tillari yo‘nalishidagi fakultetlarda qabul kvotalari oshiriladi» 14 мая, 12:37 387
  • Tojikiston hukumat delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi 14 мая, 12:14 465
  • Shaharlarda maksimal tezlikni pasaytirish taklif qilinmoqda 14 мая, 11:40 547
  • Bo‘limlar