“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2021, 18:28
ЎЗO‘Z

Shomurodov o‘ynayotgan chempionatda qo‘zg‘olon: “Yuventus”, “Inter” va “Milan” A Seriyani tark etsin!

19 apr, 19:30 1 931 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shomurodov o‘ynayotgan chempionatda qo‘zg‘olon: “Yuventus”, “Inter” va “Milan” A Seriyani tark etsin!
Yevropa Superligasining tashkil etilishi turli mojarolarni keltirib chiqarmoqda. Aksariyat mamlakatlarda yangi turnirga qarshiliklar avj olib bormoqda.

Yevropa Superligasi mashhur klublarni o‘ynatish orqali katta daromad topish va ishtirokchi klublarga ham mo‘may summalarni taqdim etish maqsadida tashkil etilgan. Bu g‘oya tashabbuskorlari “Real” prezidenti Florentino Peres va “Yuventus” rahbari Andrea Anelli. Ular tashkil qilayotgan ligani jahonga mashhur JP Morgan banki moliyalashtirishga tayyor.

Musobaqada jami 20 ta eng qudratli klub qatanashadi. Shular orasida beshtasi almashib turishi belgilangan. Superliga tashkil etilgani rasman e’lon qilingach, Yevropaning eng mashhur 12 klubi unda qatnashishini tasdiqladi. Bular  “Milan”, “Arsenal”, “Atletiko”, “Chelsi”, “Barselona”, “Inter”, “Yuventus”, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Real” va “Tottenxem” klublaridir. Keyinroq ular qatoriga “Bavariya”, “Leypsig”, “Portu” qo‘shiladigan bo‘ldi.

Yangi turnir Yevropa qit’asidagi futbolga mas’ul tashkilot – UYEFA tomonidan o‘tkazilayotgan Chempionlar ligasi va Yevropa ligasining kushandasiga aylanadi. Musobaqadan oqib keladigan daromad UYEFAni chetlab o‘tib, Superliganing tadbirkor tashkilotchilari va tashabbuskorlari g‘aznasiga quyiladi.

Shu bois, UYEFA va uning ortidan FIFA ham Superliga loyihasiga qarshilik qilmoqda. Bu ikki nufuzli muassasa Superligada qatnashadigan klublar va futbolchilar xalqaro o‘yinlarga qo‘yilmasligini uqtirdi. Terma jamoaga a’zo o‘yinchilar esa, FIFA miqyosidagi turnirlarda o‘z yurti jamoasiga yordam berishi taqiqlanadi.

Shuningdek, UYEFA joriy mavsumda yakuniy bosqichga yetib kelgan Chempionlar ligasi va Yevropa ligasini to‘xtatishi mumkinligini ham e’lon qildi. Chunki bu turnirda yarim finalga chiqqan jamoalardan beshtasi yangi Superligada qatnashishini tasdiqlagan klublardir. 

Masalaga sport tashkilotlaridan tashqari, ayrim mamlakatlar prezidentlari ham aralashmoqda. Fransiya rahbari Emmanuel Makron o‘z mamlakati klublariga bu turnirda qatnashishni taqiqladi.

Superturnir hali start olmay turib, A Seriyaga zarba berdi. Italiya chempionatida Eldor Shomurodov o‘ynayotgani bois, ligadagi o‘zgarishlarni kuzatib borishimiz tabiiy, albatta. Xullas,  A Seriyadan Superligada “Yuventus”, “Milan” va “Inter” qatnashadigan bo‘lgan. Skudetto uchun kurashda azaldan bu jamoalarga kuchi yetmay kelayotgan bir necha klublar Superligada qatnashmoqchi bo‘layotgan qudratli klublarni A Seriyadan chiqarib tashlashni talab qilmoqda. Xususan, “Atalanta”, “Kalyari” va “Verona” mutasaddilari shu taklifni ilgari surmoqda. Norozilar safi yanada kengayishi hech gap emas.

“Yuventus”, “Milan” va “Inter” chempionatdan chetlatish talabi A Seriya kengashining shoshilinch chaqirtirilgan majlisida o‘rtaga tashlandi. A Liga prezidenti Paolo Dal Pino bu masala UYEFAning Superliga tashkil etilishi haqidagi hujjatini qabul qildi.

Qiziq tomoni, “Yuventus” prezidenti Andrea Anelli Superliga tashabbuskorlaridan biri va liga vitse-prezidentligiga tasdiqlangach, 246 futbol klubi manfaatlarini himoya qiluvchi Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) rahbarligidan ham voz kechdi. U yangi loyiha tarafdori va Florentino Peresning hammaslagidir.

Yana bir e’tiborli tomoni, ular vaqti kelib, UYEFA va FIFA Superliga bilan hamkorlik qilishiga ishonch bildirmoqda.
Hozircha, g‘oyaviy kurashlar avj nuqtasi sari jadal ko‘tarilib bormoqda. Agar Superliga tashkilotchilarining qo‘li baland kelsa, Yevropa futbolida juda katta o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Bu jahon futboliga ham ta’sir qilishi, shubhasiz. Buyog‘ini vaqt ko‘rsatadi!



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda super professional boks kechasi tashkil qilinishi mumkin 23 fev, 09:13
  • «Tuttosport»: Shomurodov «Yuventus» nishonida 08 yanv, 11:30
  • “Yuventus” Ronalduni sotishga qaror qildi. Xaridor deyarli aniq 09 noya, 23:07
  • Anchelotti: Ronalduning yagona xatosi «Yuventus» safiga o‘tgani bo‘ldi 23 okt, 16:30
  • Tojikiston terma jamoasi a’zosi yangi mavsumni "Nasaf"da boshlashi mumkin 04 yanv, 23:02
  • Tailandlik biznesmen “Milan”ning 40 foiz aksiyasini sotib olishi mumkin 17 mar, 00:09
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev Gematologiya markazida davolanayotgan bolalar holidan xabar oldi 14 мая, 17:47 63
  • Muxlislar Gal Gadotni yozgan tviti sabab «Mo‘’jizakor ayol»dan haydab yuborishni talab qilmoqda 14 мая, 17:15 191
  • «Niyat qilib so‘rayotganda o‘zingizga chegara qo‘ymang» — Muhammad Ali Eshonqulov 14 мая, 16:35 230
  • Yil oxirigacha yapon vaksinasi ham foydalanishga tatbiq etilishi mumkin 14 мая, 16:06 180
  • Ramazon hayiti munosabati bilan odamlar ustidan pul sochgan yigit o‘z qilmishidan pushaymon ekanligini bildirdi 14 мая, 15:39 364
  • Murodjon Ahmadaliyev amerikalik bokschiga qarshi jang o‘tkazadi 14 мая, 15:13 368
  • O‘zbekistonda 15 may kuni qanday ob-havo kutilmoqda? 14 мая, 14:37 430
  • AQSHda COVID-19’ga qarshi emlangan fuqarolar niqob taqmasligi va masofa saqlamasligi mumkin bo‘ldi 14 мая, 14:04 281
  • Buxoroda XIX asrning ikkinchi yarmida qurilgan masjid aniqlandi 14 мая, 13:29 239
  • «OTMlarda chet tillari yo‘nalishidagi fakultetlarda qabul kvotalari oshiriladi» 14 мая, 12:37 387
  • Tojikiston hukumat delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi 14 мая, 12:14 465
  • Shaharlarda maksimal tezlikni pasaytirish taklif qilinmoqda 14 мая, 11:40 547
  • Bo‘limlar