“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2021, 01:56
ЎЗO‘Z

Tesla haydovchisi soatiga 160 kilometr tezlikda uylardan biriga borib urilib, omon qoldi

19 apr, 17:30 1 436 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tesla haydovchisi soatiga 160 kilometr tezlikda uylardan biriga borib urilib, omon qoldi
Foto: Local 10
Florida shtatining Miramar shahrida soatiga 160 kilometr tezlikda harakatlangan Tesla Model S bir nechta daraxt, avtoturargohdagi ikkita avtomobil va yo‘l chetidagi uylardan biriga borib urildi, deb xabar berdi Motor'ga tayanib "Daryo".

Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘ngilsiz hodisa Miramar shahridagi 65-avenyuda tonggi soat 04:00 da sodir bo‘lgan. Qora Tesla Model S shu qadar tez harakatlanganidan domofon videokamerasidagi tasvir chaqnoq kabi ko‘ringan — mahalliy politsiyaning ta’kidlashicha, avariya vaqtida elektrokar soatiga 160 kilometr tezlikda harakatlangan.

Mashina uyga borib urilguniga qadar yo‘lda bir nechta daraxt va avtoturargohdagi avtomobillarga shikast yetkazgan, Mazda 3’ni tom ma’noda pachaqlab ketib, ortida RAM pikapiga ham urilgan. Yapon sedani qayta tiklanishga yaroqsiz holga kelib qolgan, pikapning esa biroz omadi kelgan.

Uyga qattiq zarar yetganidan u yerda yashaydiganlar hozirda ichkariga kiritilmayapti — maxsus ekspertlar komissiyasi binoni tekshirib, tegishli xulosa berishi zarur. Qiziq jihati, elektromobil haydovchisi omon qolgan va u shifoxonaga yetazilgan — hushsiz holatda. Yo‘l-transport hodisasiga aynan nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda Tesla’ning dunyodagi eng katta quvvatlantirish stansiyasi ochildi 06 yanv, 17:07
  • Katta tezlikda daraxtga urilgan Tesla’ning batareyasi sochilib ketdi (foto) 23 noya, 22:22
  • Tesla aksiyalari narxi 20 foizga tushib ketdi 09 sen, 07:30
  • Tesla Model S otga qarshi poygada ishtirok etdi (video) 01 apr, 14:33
  • Ilon Mask koronavirus borasidagi vahimani ahmoqlik deb atadi 07 mar, 21:32
  • Ilon Mask Xitoyda Tesla zavodi ochilishida raqsga tushib ketdi (video) 08 yanv, 06:00
  • So'nggi yangiliklar
  • Britaniyaliklar Chempionlar ligasi finalini Turkiyadan Angliyaga ko‘chirishni talab qildi 07 мая, 00:30 0
  • «Nasaf» vakili hakamlarni sotib olishga uringani uchun klub O‘FA tomonidan 50 million so‘m jarimaga tortildi 07 мая, 00:00 0
  • Mirjalol Qosimov: "Termizda haqli g‘alabaga erishdik. "Jo‘jani kuzda sanaymiz" 06 мая, 23:53 50
  • Xyuistra: "Paxtakor"ning moliyaviy holati avvalgidek emas. Shu bois yoshlarga ko‘proq e’tibor beramiz" 06 мая, 23:30 102
  • Rasul Kusherbayev «Milliy tiklanish» partiyasini fitna, ig‘vo va muammolarni sun’iy yaratishda aybladi 06 мая, 23:05 191
  • Davlat idoralariga ishga qabul qilishda chet tilini bilish majburiy qilib qo‘yiladi 06 мая, 22:44 221
  • Qadr kechasi - fazilati, belgilari va unda o‘qiladigan duo 06 мая, 22:09 331
  • Haddan tashqari ko‘p uxlash jiddiy kasallik alomati bo‘lishi mumkin 06 мая, 21:45 297
  • O‘zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazadi 06 мая, 21:20 336
  • Bag‘dodda tadbirkordan 2,5 mlrd. so‘m soliq undirildi 06 мая, 20:58 315
  • Taksi avtomobillari uchun yangi talablar tasdiqlandi 06 мая, 20:30 560
  • Jismoniy shaxslarga YATT sifatida taksichilik qilishga ruxsat berildi 06 мая, 19:58 547
  • Bo‘limlar