“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2021, 21:20
ЎЗO‘Z

Saida Mirziyoyeva: «2013 yil oilamiz uchun og‘ir keldi…»

19 apr, 13:15 2 777 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Saida Mirziyoyeva: «2013 yil oilamiz uchun og‘ir keldi…»
Foto: Saida Mirziyoyeva
2013 yil oilamiz uchun og‘ir keldi, kutilmaganda yaqin bir insonimiz olamdan o‘tib qoldi. Bu musibat meni hayotga boshqacha qarashga majbur etdi. Aslida, Alloh panohidan boshqa himoyamiz yo‘qligini va O‘ziga mustahkam imongina bizni qutqara olishini tushundim.

O‘sha kunlari qalbimda bir Chaqiriqni his qildim. Buni so‘z bilan tushuntirish qiyin. Oldinlari bunday kuchli tuyg‘uni sezmagan ekanman. Ka’bani tavof qilish, Haj ibodatini ado etish istagi butun borlig‘imni qamrab oldi.

Balki kimdir: «Siz uchun bu muammo emas-ku?!» – deyishi mumkin hozir. Ammo unda vaziyat boshqacha edi.
Tashkiliy muammolar yetarlicha, yana o‘sha yili bedavo kasallik – Ebola virusi tarqalgani ham ortiqcha bo‘ldi. Lekin mening ko‘zimga u paytda hech qanday to‘siqlar ko‘rinmadi.

Biz kvota bo‘yicha navbat kutib, o‘zbekistonlik ziyoratchilar guruhida joy qidirdik. Bir yil deganda yo‘limiz ochildi va Saudiya Arabistoniga yo‘l oldik.

Haj ziyorati qoidasiga ko‘ra samolyotimiz Madina shahriga qo‘ndi. Havo 45 daraja issiq. Boshqa ziyoratchilar bilan birga 6-8 kishilik xonalarga joylashdik.

Ibodatni qattiq ushlaydigan buvijonim boshchiligida ammajonim, xolam, singlim va men – jami 5 ayolmiz.

Samolyotdan tushiboq, buvijonim hammamizni masjidga olib bordilar. Qorin och, tunu kun tayinli ovqat yemaganmiz. Ehson qilib xurmo bilan qora non tarqatib yurgan odamga duch kelganimizda singlim ikkimizning xursand bo‘lib ketganimizni ko‘rganingizda edi! Umrimda bunaqa mazali non yemaganman! O‘sha kundan xurmoga ham mehrim tushib qoldi. Doim o‘zim bilan (buvijonimning bir dunyo qurtlariga qo‘shib), bir juft xurmo olib yuradigan bo‘ldim.

Ertasiga avtobusda Makkaga yo‘l oldik. Yo‘l bo‘yi talbiya aytib ketdik. Shu narsa xotiramda muhrlanib qoldi. Makkaga yo‘limiz ancha mashaqqatlar bilan kechdi. Safar boshidanoq kimsasiz joyda avtobus buzilib qoldi. Haydovchi arabchada allanimalarni tushuntirdiyu bizni yaqin oradagi bekatga tushurib ketdi. Cho‘lning qoq o‘rtasi. Telefonda aloqaga chiqib bo‘lmaydi. Nima qilishni bilmay, bekatda o‘tiribmiz, changga botib. Orqamizdan so‘rab keladigan odam yo‘q. Bir soatdan keyin qandaydir avtobus ko‘rindi. Oynalari siniq. Ichi to‘la arab erkaklari. Ular ham Makkaga ketishayotgan ekan. Bir amallab avtobusga chiqib, joylashib oldik. Lekin bu bilan sarguzashtimiz tugagani yo‘q. 2 soatlik yo‘ldan keyin bu haydovchi ham bizni qandaydir blok-postda tashlab ketdi.

4 marta mashina almashtirib, 3 soatlik yo‘lni 8 soatda bosib o‘tdik. Ehromlarimiz ko‘rinishdan  uch kun sahroda piyoda yurgan sayyohlarning libosiga o‘xshab qolgandi.

Nihoyat manzilga yetdik, orzuimizdagi maskan – Masjidul-Haromga, muqaddas Ka’baga keldik.

Barcha mashaqqatlar ayni paytda yoqimli ham edi. Men atrofdagilar bilan birligimni his etib turardim. Allohga yaqin bo‘lish yo‘lidagi bu qiyinchiliklar men uchun quvonchga aylanib ketdi.

Biz Hajga borgan 2014 yili Arafa kuni jumaga to‘g‘ri keldi. Buni Hajjul-akbar, deyishar ekan. Bu biz uchun haqiqiy omad, baxtimiz bo‘ldi. Aytishlaricha, Makkaga o‘sha yildagichalik ko‘p odam kelmagan emish.

Ka’bani aylanar ekanmiz, odamlar oqimi bizni shunchalik o‘zi bilan tez tortib ketardiki, necha marta aylanganimizni sanashga zo‘rg‘a ulgurardik...

Men ko‘p davlatlarda bo‘lganman. Lekin bunday muhitni, bunchalik dunyodan uzilish hissini boshqa hech qayerda his qilmaganman.
Bu hisni tuyish barchaga nasib etsin. U muqaddas zaminga har bir dindoshimizning oyog‘i yetsin.  Yana bir bor Ramazon ro‘zasini go‘zal tarzda o‘tkazishni tilayman. Ibodatlaringiz qabul bo‘lsin, azizlar.
Saida Mirziyoyeva




 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Saida Mirziyoyeva o‘g‘illi bo‘ldi. Unga bobosining sharafiga Shavkat ismi qo‘yildi 11 sen, 22:01
  • Saida Mirziyoyeva: Og‘ir ahvolda qolganlarga dalda bo‘layotgan hamma-hammadan behad minnatdormiz 14 apr, 19:09
  • Saida Mirziyoyeva Telegram‘da rasmiy kanalini ochdi 16 avg, 15:15
  • Saida Mirziyoyeva oxirgi o‘qigan kitoblari ro‘yxati bilan bo‘lishdi 18 iyul, 22:25
  • Saida Mirziyoyeva unga nima kuch bag‘ishlashini aytdi 03 iyul, 09:56
  • Saida Mirziyoyeva: «Amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p» 15 apr, 23:46
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston avtomobillarini eng ko‘p qaysi davlatlarga sotdi? 08 мая, 20:50 0
  • Xomanaiy Isroilni «terrorchilar bazasi» deb atadi 08 мая, 20:20 2
  • Germaniyada kutilmaganda qor yog‘di (video) 08 мая, 19:48 51
  • Olimlar asalarilarni koronavirus infeksiyasini hid orqali aniqlashga o‘rgatdi 08 мая, 19:13 124
  • RPL. «Ufa» chempion «Zenit»dan ochko tortib oldi 08 мая, 18:53 198
  • MIB: Ota voyaga yetgunda qadar oldindan 2000 AQSH dollari miqdorida to‘lab berdi 08 мая, 18:28 174
  • «Bolg‘a va sandon»: Rossiya va Xitoyning yaqinlashuvidan yaponlar tashvishda 08 мая, 17:53 476
  • Mahalliy reyslarga chiptalar narxi e’lon qilindi 08 мая, 17:17 443
  • Liviyada jangarilar Prezident kengashi majlisiga hujum uyushtirdi 08 мая, 16:45 338
  • Internetda buklanuvchi iPhone’ning renderlari paydo bo‘ldi 08 мая, 16:22 149
  • Qozog‘istonda G‘alaba kunini nishonlash koronavirus tufayli bekor qilindi 08 мая, 15:45 307
  • Gollivud aktrisasi Sheron Stoun insult va klinik o‘limni boshidan o‘tkazganini so‘zlab berdi 08 мая, 15:00 378
  • Bo‘limlar