“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2021, 19:02
ЎЗO‘Z

Bizga shunday legioner kerak! Muxlislar o‘zbek futbolchisini o‘rnidan turib olqishladi

19 apr, 09:38 1 468 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bizga shunday legioner kerak! Muxlislar o‘zbek futbolchisini o‘rnidan turib olqishladi
Belarus chempionatini yoritayotgan jurnalistlar BATE yetakchisiga aylanib borayotgan Shahboz Umarovning o‘yiniga alohida e’tibor qaratmoqda. Shahboz aslida o‘tgan yili “Energetik-BGU” tarkibida muvaffaqiyatli o‘ynagan bo‘lsa-da, muxlisu mutaxassislarning nigohi to‘purarlik mahoratini namoyish qilgan Jasur Yaxshiboyevga qadalgan edi. Aytish mumkinki, Shahboz do‘stining soyasida qolib ketgandi.

Bu yil vaziyat o‘zgardi. Jasur Yaxshiboyev baxtini Polsha chempionatidan izlamoqda. Shahboz esa, Belarus oliy ligasida yangi mavsumning dastlabki turidan hammaning e’tiborini o‘ziga qarata boshladi. Hatto, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Belarusga borib, uning xatti-harakatlarini bevosita kuzatib keldi. Har holda jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurashda murakkab vaziyatga tushib qolgan terma jamoamiz uchun yangi va istiqbolli nomzod paydo bo‘lgani rost bo‘lsin.

Belarus oliy ligasining beshinchi turida Shahboz sobiq jamoasi “Energetik-BGU”ga qarshi to‘p surdi va borisovliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Mezbonlarning har ikki goliga Stanislav Dragun mualliflik qildi. G‘alaba goliga esa, Shahboz Umarov assistentlik qildi. Hamyurtimiz jarima zarbasidan jamoadoshiga to‘pni aniq yetkazib berdi va Dragun boshi bilan to‘pni darvozaga joyladi.

Uchrashuv tahlili bilan shug‘ullangan mutaxassislar legionerimiz o‘yinini yuqori baholadi.
- Ta’kidlash joizki, Umarov o‘z fintlari va to‘p bilan muomala qilish qobiliyati bilan muxlislarga ajoyib tomosha ko‘rsatdi. Uning ikki, uch, kerak bo‘lsa, to‘rt nafar raqibni turli usullarda aldab o‘tishi uchrashuvni kuzatgan ishqibozlarga juda manzur bo‘ldi. Himoyaga kuchli bosim o‘tkazdi. Raqib futbolchilari texnikasi mukammal shakllangan Shahbozni faqat futbolkasidan tortish orqali to‘xtata oldi xolos, - deb yozadi kp.by sayti tahlilchisi Sergey Shyogolov.

Albatta, Shahboz bu harakatlari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi. Bir vaziyatda Shahboz Umarov jamoadosh Stanislav Dragunning xet-trik qilishiga ko‘maklashmoqchi bo‘ldi. O‘zi qulay vaziyatda turganiga qaramay, to‘pni unga oshirdi. Biroq, Dragun bundan foydalana olmadi. Shuningdek, legionerimiz o‘tgan yilgi chempionat to‘purari Maksim Skavishni ham qulay pozitsiyaga chiqardi. Biroq, hujumchi mo‘ljaldan adashdi.

Sobiq jamoasiga qarshi faol o‘ynab, ko‘p energiya sarf qilgan Shahboz Umarov uchrashuvning 79-daqiqasida o‘z o‘rnini jamoadoshi Pavel Nixaychikka bo‘shatib berdi.

Umuman olganda, Shahboz Umarov joriy mavsumda jamoaning haqiqiy yetakchisiga, muxlislarning yoqimtoyiga aylanib bormoqda. Legionerimiz dastlabki bahslarda uchta chiroyli gol urdi va turlardan birida eng yaxshi futbolchi, deb topildi.  Bu gal jamoadoshini golli pas bilan ta’minlagan Shahboz gol+pas tizimi bo‘yicha to‘rt ball jamg‘ardi va bu borada musobaqaning eng foydali o‘yinchilaridan hisoblanadi.  

Belarus chempionatida amaldagi chempion – “Shaxtyor” yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Yana bir hamyurtimiz – Shahzod Ubaydullayev to‘p tepayotgan Soligorsk jamoasi beshta uchrashuvning barchasida zafar quchgan. O‘n bir ochko to‘plagan BATE esa, “Dinamo-Brest” bilan birga ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Oliy liga jamoalari navbatdagi tur uchrashuvilarini 23 aprel sanasida o‘tkazadi. Shu kuni BATE safarda “Isloch” bilan raqobatlashsa, “Shaxtyor” Soligorskda mag‘lubiyatsiz o‘ynayotgan “Rux” jamoasini qabul qiladi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • BATE - "Dinamo Brest" bahsida Shahboz Umarov qanday harakat qildi? (video) 21 mar, 09:15
  • BATE bosh murabbiyi Shahboz Umarovning o‘yiniga baho berdi 24 yanv, 20:38
  • Rossiya U-19 terma jamoasi "Lokomotiv"ni mag‘lub etdi 07 sen, 22:02
  • "Energetik-BGU" ustozi Shahboz Umarov haqida gapirdi 27 iyul, 07:57
  • Tojikiston terma jamoasi a’zosi yangi mavsumni "Nasaf"da boshlashi mumkin 04 yanv, 23:02
  • O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Falastinni 6:0 hisobida mag‘lub etdi 12 mar, 13:31
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroildan G‘azoga eng yirik hujum: 40 daqiqada samolyotlar 150 ta nishonni o‘qqa tutdi (video) 14 мая, 18:30 0
  • Shavkat Mirziyoyev Gematologiya markazida davolanayotgan bolalar holidan xabar oldi 14 мая, 17:47 63
  • Muxlislar Gal Gadotni yozgan tviti sabab «Mo‘’jizakor ayol»dan haydab yuborishni talab qilmoqda 14 мая, 17:15 191
  • «Niyat qilib so‘rayotganda o‘zingizga chegara qo‘ymang» — Muhammad Ali Eshonqulov 14 мая, 16:35 231
  • Yil oxirigacha yapon vaksinasi ham foydalanishga tatbiq etilishi mumkin 14 мая, 16:06 180
  • Ramazon hayiti munosabati bilan odamlar ustidan pul sochgan yigit o‘z qilmishidan pushaymon ekanligini bildirdi 14 мая, 15:39 367
  • Murodjon Ahmadaliyev amerikalik bokschiga qarshi jang o‘tkazadi 14 мая, 15:13 368
  • O‘zbekistonda 15 may kuni qanday ob-havo kutilmoqda? 14 мая, 14:37 431
  • AQSHda COVID-19’ga qarshi emlangan fuqarolar niqob taqmasligi va masofa saqlamasligi mumkin bo‘ldi 14 мая, 14:04 281
  • Buxoroda XIX asrning ikkinchi yarmida qurilgan masjid aniqlandi 14 мая, 13:29 240
  • «OTMlarda chet tillari yo‘nalishidagi fakultetlarda qabul kvotalari oshiriladi» 14 мая, 12:37 387
  • Tojikiston hukumat delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi 14 мая, 12:14 465
  • Bo‘limlar