“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2021, 13:51
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda koronavirus, asosan, necha yoshlilar orasida qayd etilayotgani ma’lum qilindi

18 apr, 18:51 1 986 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda koronavirus, asosan, necha yoshlilar orasida qayd etilayotgani ma’lum qilindi
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari — sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev koronavirusga qarshi kurash komissiyasining 17 aprel kuni o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishida O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida ma’lumot berdi, deb yozmoqda «Gazeta.uz».

Bahodir Yusupaliyev mart oyining ikkinchi yarmidan boshlab mamlakatda kasallanish darajasi orta boshlaganini eslatdi. Agar yanvar—fevral oylarida kuniga 40-45 ta koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 300 ta holatdan oshib ketganini ta’kidlagan.

Uning ma’lum qilishicha, 15 martdan 15 aprelgacha mamlakatda 5500 dan ortiq kasallanish holati — kuniga o‘rtacha 183 ta holat qayd etilgan. Bu vaqt davomida koronavirusga qarshi testlar soni 2,5 baravarga — har kuni 40-42 mingtaga oshgan. Kasallik darajasi ham ortgan — har 100 ming kishiga 0,2 foizdan 0,8-0,9 foizgacha.

COVID-19 bilan kasallanishning yosh bo‘yicha tarkibi quyidagicha:Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari, shuningdek, mamlakatning chegara punktlarida o‘rtacha 6-7 kishida COVID-19 aniqlanayotganini ma’lum qilgan. Ular yuqumli kasalliklar shifoxonalariga olib borilmoqda.

Bahodir Yusupaliyevning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusning ko‘proq bolalar orasida uchraydigan va «Uxan» shtammiga qaraganda yuqumliroq bo‘lgan «britancha» shtammi bilan kasallanganlar aniqlay boshlandi. Bolalar kasallansa, ular ota-onalariga, keksalarga yuqtirishi ehtimoli mavjud. Shu sababli Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari jamoat va tarovih namozlarida 65 yoshdan kattalar va bolalarning ishtirok etishini cheklash taklifini bildirdi.

Ushbu yig‘ilishga boshchilik qilgan bosh vazir Abdulla Aripov infeksiya OTMlarning 6-7 foizida, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-15 foizida aniqlanganini ta’kidlab, o‘tgan yilning shu davrida maktab bolalarida kasallik qayd etilmaganini aytgandi.

«Yil boshida ‘britancha’ shtamm kirib keldi va u bolalarda ko‘p tarqalmoqda. Biz Toshkent shahar hokimligini taklifi bilan bir nechta maktab va bog‘chalarni yopishga majbur bo‘ldik. Ya’ni kasallik o‘zgarib, yanada xavfli bo‘lib qoldi. Agar ilgari bu bolalarga ta’sir qilmagan, endi aksincha, hatto bolalar bog‘chalarini ham qamrab olmoqda», — degan u.

Bosh vazir, shuningdek, mamlakatda Janubiy Afrika shtammi ham aniqlanganini, hozirda virusni o‘rganish ishlari olib borilayotganini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni oshib borayotgani sababli 18 apreldan boshlab mamlakat bo‘ylab karantin qoidalari kuchaytirildi.

O‘zbekistonda 17 aprel kuni koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 342 ta yangi holat ro‘yxatga olindi — bu kunlik kasallanish ko‘rsatkichi bo‘yicha 2021 yilning eng yuqori ko‘rsatkichidir. Shu kuni qurbonlar soni ikki nafarga ko‘paydi. Mamlakatda 17 aprel kuni jami 33 208 nafar kishi COVID-19’ga qarshi emlanib, jami emlanganlar soni 403 136 nafarga yetdi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Antitanacha hosil bo‘lishi uchun koronavirusga chalinish shart emas 09 noya, 00:05
  • O‘zbekistonda koronavirus bilan qayta kasallanish holatlari qayd etilmoqda 24 okt, 00:10
  • Fransiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik rekord qayd etildi 05 sen, 11:25
  • Koronavirus bilan qayta kasallanish sababi aniqlandi 21 avg, 21:20
  • Alkogolizmga qarshi foydalaniluvchi preparat koronavirusga qarshi samarali vosita bo‘lishi mumkin 08 avg, 14:18
  • Ekspert koronavirusga qarshi vaksina kuchi faqat bir necha yilga yetishi mumkinligi haqida gapirdi 19 iyul, 13:02
  • So'nggi yangiliklar
  • A Seriya skautlari Shomurodovni maqtayapti 06 мая, 13:30 0
  • Yevropada 31 nafar mafiya a’zosi hibsga olindi 06 мая, 13:03 0
  • Haydovchilik guvohnomalarini berishda endi xususiy sektor ham qatnashishi mumkin 06 мая, 12:35 1
  • Surxondaryo viloyatidagi AYOQSHda sodir bo‘lgan portlashda bir kishi qurbon bo‘ldi 06 мая, 12:13 0
  • Tramp ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarining bloklanishini «sharmandalik» deb atadi 06 мая, 11:53 51
  • Toshkent sudlarida 2021 yilning dastlabki 3 oyida 36 kishi oqlandi 06 мая, 11:25 99
  • Musulmon bo‘lmagan politsiyachi Ramazon oyida ro‘za tutadi 06 мая, 11:00 209
  • Lukashenko ommaviy ravishda Belorus kuch ishlatar tizimlari xizmatchilarini unvonlaridan mahrum qildi 06 мая, 10:30 265
  • O‘zbekistonda o‘quvchilar maktabda FACE ID tizimi orqali nazorat qilinadi 06 мая, 10:03 309
  • Klinik ordinatura kvotalari ikki baravar oshiriladi 06 мая, 09:33 292
  • To‘lagan Isoqov "Paxtakor"ning OCHLdagi omadsizligi, Xyuistra va o‘zining taklifi haqida 06 мая, 09:00 478
  • Isroil bosh vaziri hukumat tuzishni uddalay olmadi 06 мая, 08:30 328
  • Bo‘limlar