“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 18:42
ЎЗO‘Z

2.2 mlrd. so‘mlik qing‘ir reja chippakka chiqdi

18 apr, 17:33 2 062 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2.2 mlrd. so‘mlik qing‘ir reja chippakka chiqdi
Tovar-moddiy boyliklarni yurtimizga turli yashirin yo‘llar bilan olib kirishga hamda davlat budjetiga tushishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarini qing‘ir yo‘llar bilan to‘lamaslikka bo‘lgan urinishlar bojxonachilar tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hamda “Andijon” TIF bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda bojxona postiga viloyatda faoliyat ko‘rsatuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat nomiga xorijiy mamlakatdan olib kelingan trikotaj matolar bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan hujjatlar bojxonachilarda shubha uyg‘otdi. O‘rganishlar natijasida esa bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasida “Trikotaj mato” deb ko‘rsatilgan tovarlar aslida “sun’iy toladan bosilgan mato hamda sun’iy iplardan bosilgan mato” tovarlari ekanligi ma’lum bo‘ldi.

O‘tkazilgan bojxona ko‘rigi natijasida qiymati 2 265 980 000 so‘mni tashkil etgan mazkur “sun’iy tola hamda sun’iy iplardan bosilgan mato” tovarlari ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olindi.

Yakuniy hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu tovarlar uchun 50 mln. so‘mdan ziyod qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 18
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 27
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 13
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 37
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 113
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 66
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 4
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 18
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 26
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 13
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 32
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 37
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 27
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 176
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 27
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 113
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 224
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 112
  • Bo‘limlar